SHu kabi maqsadlar atrof-muhit muhofazasi bo`yicha konvetsiya va bitim doirasida ishlab
chiqilgan xalqaro dasturlarga ega.
1993 yilda Markaziy va Sharqiy Yevropa uchun tabiat muhofazasi bo`yicha harakat dasturi
qabul qilindi va mintaqada harakat qiluvchi xalqaro tashkilot va xususiy
investorlarning Yevropa
kengashi komissiyasi tashkil etildi. Dastur asosini uchta narsa tashkil etadi:
- Siyosatni isloh qilish.
- Institutsion tizimni mustaxkamlash.
- Investitsiya.
Harakat dasturi strategik yondoshuv uchun barcha tadbirlarni qamrab olgan. Asosiy e`tibor
birinchi navbatda o`tkaziladigan harakatlarga qaratiladi, ammo shu shart bilan, ya`ni uzoq
muddatli ekologik-iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilinishi bilan kelishilgan holda
amalga oshiriladi. ekologik yondoshish harajat va nafni sinchkovlik bilan
tahlil qilinishiga
asoslanish kerak.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi mavjud pecypclar atrof-muhit holatini
yaxshilash uchun juda chegaralangan imkoniyatga ega. Nari borsa kelasi, besh-o`n yilni o`z
ichiga olishi mumkin. Chegaralangan resurslar birinchi navbatda eng zarur muammolarni echish
uchun ishlatishi kerak. Imkoniyat bor erlarda ifloslanishni nazorat qilish uchun bozor
mexanizmidan foydalanish mumkin. Ifloslanganlik uchun soliq to`lash, yoqilg’i
uchun soliqlar,
harajatlarni qoplash sxemasi kabi bozor mexanizmi elementlaridan foydalanish, atrof-muhitni
orzu qilingan holatga keltirishda yordam beradi. Bunga albatta tartibga solishda odatiy
yondoshuvlar bilan erishiladi. Tartibga solish chora-tadbirlarini o`tkazish asosan mayda
ifloslantiruvchi zarrachalarni zararini sinash nazoratida talab qilinadi. (Og’ir metallar, ayniqsa
qo`rg’oshin zarralari zaharli, kimyoviy vositalar).
Birinchi navbatda diqqat e`tiborni lokal muammolarga qaratish kerak. Ko`pgina
odamlar
ularning sog’ligiga ta`sir ksrsatuvchi atmosfera, tuproq tarkibidagi qo`rg’oshin, havodagi
oltingugurt changlari, nitratlar, hamda ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi
zararli vositalardan jabrlanadilar. Bu muammoni echish sog’liqni saqlash va farovonlikni
oshirishga katta naf keltiradi.
Zararli chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar keng miqyosli
transchegaraviy va sayyoraviy muammolarni xal qilishda ham o`z hissasini qo`shishi kerak.
Oldin ekologik zarar keltirganlik uchun javobgarlik to`g’risidagi masalalarni xal qilish
muhimdir. Buni aniqlamaslik moliyalashtirish va xususiylashtirishda qiyinchiliklar tug’diradi.
Hukumat amaliy maqsadlarda oldin ifloslanish bilan bog’liq zararlarni qoplash bilan
shug’ullanishi kerak. Hukumat ekologik standartlarni aniq belgilashi kerak, chunki bugungi
korxonalarning yangi egalari rioya qilishlari kerak hamda yangi sharoitga o`tib ishlash
davrini
ham aniqlash kerak. Homiy mamlakatlar Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida
transchegaraviy va sayyoraviy muammolarni echimini tezlashtirish uchun mablag’ ajratish
masalalarini ko`rib chiqishlari kerak. Sarf harajatlarni minimum darajasiga kamaytirpsh Yevropa
mamlakatlarini ko`plarini diqqat e`tiborida turibdi. Agar transchegaraviy
oqimlarga sof harajatlar
qisqarsa, mamlakatlar boshlang’ich bosqichlarda erkin harakat qiladilar yoki eng muhim
vazifalarni bajaradilar.
Ekologik - iqtisodiy dastur vazifalarini amalga oshirnsh uchun qator xalqaro
tashkilotlarining moliyaviy yordami imkoniyati xalqaro hamkorlikning muhim aspekti
hisoblanadi. Bu yordamni Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki,
Xalqaro Valyuta fondi, qishloq
xo`jaligi taraqqiyoti bo`yicha Xalqaro fond, YUNEP fondi va boshqalar ajratishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: