Ich sinflarda matematika o



Download 239,5 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi239,5 Kb.
#305526
  1   2
Bog'liq
matematikadan maqola gulruh


boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishda izchillik

Abduraimova Gulruh Samad qizi


Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida yangiliklar, o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda va dunyoning ilg‘or davlatlari tajribalari o‘rganilib ijobiy tomonlari amaliyotga tadbiq etilmoqda. Shu jumladan, ta’lim sohasida ham qator yangi qaror va farmonlar imzolanmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2018-yil 5-sentabrda “ Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmonida “ Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish; Xalq ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni, shu jumladan, ta’lim berishning innavatsion usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish” 1 bo’yicha topshiriq berdilar. Mana shu farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim tizimida bir qator ishlar amalga oshirildi va bu jarayon davom etmoqda.

Ta’lim sifatini oshirishni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 2018-yil 8-dekabrda “ Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 997-sonli qarori qabul qilindi.

Unda - “Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang‘ich 4-sinf o’quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun; Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8- sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun; The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun”2, - kabi xalqaro baholash dasturlarida qatnashish xaritasi ko‘rsatib o‘tildi.

Yuqoridagi farmon va qarorlarning amaldagi tadbiqi sifatida 2019-yil noyabr oyida o‘zbek-amerika loyihasi doirasida boshlang‘ich sinfda o‘qish (EGRA) va matematika (EGMA) ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha tadqiqotlar bo‘lib o‘tdi. 14-noyabr kuni Toshkent shahridagi 238-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov hamda AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum ishtirokida EGRA va EGMA pilot loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bugungi kunga qadar o‘quvchilar bilimini baholashning ob’ektiv tizimi yo‘qligini ta’kidladi. AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyumning ta’kidlashicha, EGRA va EGMA boshlang‘ich sinf o‘qivchilarning savodxonligi va matematika bo‘yicha ko‘nikmalarini baholovchi oddiy, arzon va kuchli vositadir. EGMA boshlang‘ich sinflarda matematika bo‘yicha ko‘nikmalarga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi va yondoshuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija ko‘rsatishi uchun moslashtiriladi3” -deyiladi xabarda.

Yuqoridagi amaliy ishlarda samarali natijalarga erishish uchun matematika fanini o‘rganishning fundamenti bo‘lgan boshlang‘ich ta’lim matematika o‘qitish mazmuni izchillik bilan tuzilganmi? va amalda berilayotgan topshiriqlar, misollar, masalalarni o‘rganib xalqaro baholash dasturlarida yuqori natijalarga erishsa bo‘ladimi? degan savol tug’iladi, albatta. Hozirgi kunda boshlang‘ich 1 va 2-sinflar matematika mazmuni quyidagi bilimlar asosida olib borilyapti:

“Boshlang‘ich matematika dasturi, avvvalo, natural sonlar va ular ustida to‘rt arifmetik amallar bajarishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birgalikda algebra va geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar kiritilgan. Ular to‘rt arifmetik amallar bilan qo‘shib o‘rgatiladi4”. Hozirgi kunda boshlang‘ich ta’lim matematika mazmuniga yuqorida keltirilganidek natural sonlar va ular ustida to‘rt arifmetik amallar bajarish, asosiy miqdorlar, vaqt o‘lchov birliklari, uzunlik o‘lchov birliklari, sig‘m o‘lchov birliklari, yuza o‘lchov birliklari hamda so‘ngi yillarda kasr tushunchalari, kombinatorikaga oid masalalar, mantiqiy masalalar, mulohazalar kabi yangi tushunchalar bilan boyitildi. Bu tushunchalar soddadan murakkabga qarab izchillik va uzviylik asosida yoritilib borgan. Amaldagi 1-sinf matematika darsligi mazmuni quyidagicha: “- Narsalarning o‘lchamlari va xossalari, ularni taqqoslash; -to‘plamlar, 1dan 10gacha sonlarni atalishi, ular ustida amallar; - nuqta,to‘g‘ri chiziq kesmasi, siniq chiziqlar; -vaqt tasavvurlari, qo‘shish va ayirish amallari ma’nosi, ularning xossalari; -11 da 20 gacha sonlarning o‘nli tarkibi, o‘nlikdan o‘tib qo‘shish va ayirish; - 21 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni o‘qish, ular ustida amallar bajarish; -geometrik tushunchalar, burchaklar, to‘rtburchaklar, ko‘p burchaklar, simmitriyaga oid topshiriqlar,narsalarning shakllari; -massa (kg) va sig’im (l) o’lchov birliklari, uzunlik o’lchov birligi (dm, m) sodda va tarkibli masalalar; -sodda yassi va fazoviy shakllar, sonli ifodalar, sodda va tarkibli masalalar, jadvallar;- Qismlardan butunni, butundan bo‘laklarni hosil qilish”.



2-sinfda bu mavzular quyidagi izchillikda davom ettirilgan: -
Download 239,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish