Aim.Uz
Sana: 22.01.2018
Mavzu : Bir xonali sonlarni o‘nlik orqali o‘tib qo‘shish. Sodda va tarkibli misol va masalalar yechich.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga bir xonali sonlarni o‘nlik orqali o‘tib qo‘shish, sodda va tarkibli misol va masalalar yechich malakasini mustahkamlash;
Tarbiyaviy: O’quvchilarni hayotda uchraydigan turli o’lchamlarga ongli ravishda munosabatda bo’lishga chaqirish kitobga bo`lgan mehrini uyg`otish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni, yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish. O’quvchilarning faolligini oshirish, olingan bilimlarini hayot bilan bog’lash.
Tayanch kompetensiyalar:
KK: sodda matematik matn ma’nosini so‘zlab bera olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish, ifodalay olish, qismlarga ajrata olish;
Fanga oid kompetensiyalar: sodda sonli ifodaning qiymatini og‘zaki va yozma hisoblay oladi;
Dars turi : Yangi bilim va tushunchalarini shakllantiruvchi.
Dars metodlari : Suhbat, tushuntirish, munozara, ko’rgazmalilik. Savol-javob.”Darchani to`ldir”didaktik o`yini””
Dars jihozlari : Matematika darsligi, daftar va mavzuga oid rasmlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
- Davomatni aniqlash
O’quvchilarni va sinf daftarlarini darsga hozirlash.
O’quv qurollarini tekshirish.
II . O’tilgan mavzularni takrorlash.
O’tgan darsda mavzuga asosan misollar og`zaki bajariladi. O’quvchilarning og’zaki qo’shish va ayirish xotiralarini mustahkamlanadi. Masalan : 10 sonini hosil qilish uchun darchalar ichiga qaysi sonlarni qo‘yish kerak?”Darchani to`ldir”o`yini .
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
9 ga 2 ni qo‘shish uchun 2 soni bo‘laklab qo‘shiladi. Bu quyidagicha bajariladi:
a) Avval 10 sonini hosil qilish uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘shiladi:
9 +1= 10
b) 2 – bu 1 + 1 ekanligi ma’lum. 9 ga 1 qo‘shildi, 10 hosil bo‘ldi. 10 ga yana 1 ni qo‘shish kerak. Demak, 10 + 1 = 11 bo‘ladi.
9+2=11 9+2=
9 +1 + 1 = 11
2-masala Dilshodning 9 ta yong‘og‘i bor edi. Akasi unga yana 2 ta yong‘oq berdi. Dilshodda nechta yong‘oq bo‘ldi?
Bor edi – 9 ta Yechish: 9+2=11(ta)
Yana berdi – 2 ta Javob: Dilshodda 11 ta yong`oq bo`ldi
Bo`ldi - ? ta
3-misol
14 + 1=15 18-10=8 10 +5 =15
15 -1 = 14 16-10 =6 10 +3 =13
Dam olish daqiqasi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
4-masala. Qisqa yozuv asosida masala tuzing va uni yeching:
Ertak kitoblar – 9 ta
She’riy kitoblar – 2 ta ? ta
Yechish: 9+2=11(ta)
Javob: Hammasi 11 ta kitob
O’quvchilar bajargan ishlari tekshiriladi va xatolari muhokama qilinadi.
V. Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish .
Bugungi darsda o’tilgan mavzu yana bir bor eslatiladi va dars davomida qatnashgan o’quvchilar baholanadi va rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa 5-misol 90-bet
Ko’rildi: O’IBDO’
Sana: 23.01.2018
Mavzu:9+2 ,9+3, 8+3 ko`rinishdagi misollarni yechish
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga bir xonali sonlarni o‘nlik orqali o‘tib qo‘shish, sodda va tarkibli misol va masalalar yechich malakasini mustahkamlash;
Tarbiyaviy: mavzuni o`uvchilar ongiga singdirish jarayonida ularga o`tkir zehnli bo`lishga yo`nalish bera olish, chaqqonlikka o`rgatish, birodarlik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni bilimdon, zukko bo`lishga, hayotdagi har bir narsani qadrlashga, atrofga mehr bilan munosabatda bo`lishga undash;
Tayanch kompetensiyalar:
KK: sodda matematik matn ma’nosini so‘zlab bera oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa oladi, ifodalay oladi, qismlarga ajrata oladi;
Fanga oid kompetensiyalar: sodda sonli ifodaning qiymatini og‘zaki va yozma hisoblay oladi;
Dars turi : Yangi bilim va tushunchalarini shakllantiruvchi.
Dars metodlari : Suhbat, tushuntirish, munozara, ko’rgazmalilik. Savol-javob, didaktik o`yin
Dars jihozlari : Matematika darsligi, daftar va mavzuga oid rasmlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
- Davomatni aniqlash
O’quvchilarni va sinf daftarlarini darsga hozirlash.
O’quv qurollarini tekshirish.
II . O’tilgan mavzularni takrorlash.
O’tgan darsda mavzuga asosan misollar og`zaki bajariladi. O’quvchilarning og’zaki qo’shish va ayirish xotiralarini mustahkamlanadi.”Darchani to`ldir” o`yini o`ynaladi
Do'stlaringiz bilan baham: |