A n V a r c h o r iy e V


a) Musulmon madaniyati va uning o‘ziga xos


bet142/392
Sana26.02.2022
Hajmi
#466555
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   392
Bog'liq
Inson falsafasi

a) Musulmon madaniyati va uning o‘ziga xos
xususiyatlari
Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda islom dini tarqalgan hududlar va 
unga e’tiqod qilgan xalqlar madaniyatini yaxlit qilib, bir ibora 
bilan «musulmon madaniyati» deb ta’riflash urf bo‘ldi. Mu­
sulmon madaniyatining shakllanishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari 
haqida fikr-mulohaza yuritganda quyidagi holatlarga e’tiborni 
qaratish zarur.
Awalo, ta’kidlash zarurki, musulmon madaniyatining vu­
judga kelishi o'rta asrlar tarixida, Arab xalifaligi deb nomlangan 
yirik va qudratli imperiyaning vujudga kelishi bilan bevosita bog'liq. 
Markazlashgan yirik davlat vujudga kelishi bilan arab urf-odat- 
lari, rasm-rusumlariga asoslangan madaniyat, xalifalik tasarrufiga 
zo'rlab kiritilgan Shimoliy Afrika, Yaqin va O'rta Sharq, Kavkaz 
mamlakatlari xalqlari madaniyatiga o'z ta’sirini o'tkaza boshladi. 
Xususan, arab urf-odatlari, rasm-rusumlari qadimiy Eron va 
Turon xalqlari madaniyatiga ham sezilarli ta’sir ko'rsatdi.
Arab madaniyatining Shimoliy Afrika, Yaqin va O'rta Sharq, 
Kavkaz mamlakatlariga kirib kelishi, bu yerlarda yashovchi ma­
halliy xalqlarning islomga qadar bo'lgan madaniy-ma’naviy urf- 
odatlarining, rasm-rusumlarining yo'qolib ketishiga sabab bo'ldi. 
Xususan, Eron, Turon, xalqlari turmush tarzida, fikrlash 
madaniyatida islomgacha mavjud bo'lgan: zardushtiylik, buddiy- 
lik, moniylik, mazdakiylik kabi diniy-falsafiy ta’limotlar bilan 
bog'liq bo'lgan an’analar zo'rlik bilan yo'qotib yuborildi. Zar­
dushtiylik ta’limotiga oid barcha kitoblar olovda yondirildi. Unga 
e’tiqod qilganlar qatl qilindilar.
Qadimiy Eron va Turon shaharlari, qishloqlari zo'rlab arab- 
lashtirildi. Ko'plab yirik aholi yashash joylarida arab an’analarini 
targ'ibot va tashviqot qilish uchun masjidlar qurildi. Juma nomozi- 
ga kelgan har bir fuqaroga ikki dirham pul berildi. Islom dinini 
qabul qilganlardan olinadigan soliqlar kamaytirildi. Ana shunday 
yo'llar bilan arab urf-odatlari, rasm-rusumlari xalifalik tasarru­
figa kiritilgan mamlakatlar xalqlari turmush tarziga tiqishtirildi.
Arab xalifaligi hududida yashovchi xalqlar turmush tarziga 
islom dini bilan birga arab tili ham kirib keldi. Arab tili va 
yozuviga davlat tili, davlat yozuvi maqomi berildi. Arab tilining 
yerli ziyolilar tomonidan o'zlashtirilishi va xalqlararo munosa-


batlarda keng foydalanilishi, bir tomondan, xalifalikka zo‘rlab 
kiritilgan xalqlarning arablar yaratgan madaniy-ma’naviy boy- 
liklar bilan yaqindan tanishishi uchun real imkoniyat yaratgan 
bo'lsa, ikkinchi tomondan, yerli xalqlar ma’naviy-ma’rifiy 
boyliklarini boshqa xalqlarga yetkazishda ishonchli vosita vazifa- 
sini bajardi. O'sha vosita musulmon madaniyatini shakllantrish 
uchun asos bo'lib xizmat qildi.
VIII 
asr oxiri IX asr o'rtalariga kelib arab xalifaligi Sharqda 
eng kuchli rivoj topgan imperiyaga aylandi. Xususan, xalifalar 
Abu Mansur (754—775-yillar), Xorun ar-Rashid (786—809-yil- 
lar), Ma’mun (813—833-yillar) hukmronlik qilgan davrlarda xali- 
falikning markaziy shaharlari, xususan, Bag'dod iqtisodiy va 
madaniy jihatdan rivojlangan yirik shaharga aylandi. Madaniyat
ilm-fan taraqqiy topdi. Bu yerda turli ilmiy anjumanlar o'tkazish 
avj oldi, turli mamlakatlardan kelgan ilm vakillari tomonidan 
ilmiy muhokamalar uyushtiriladigan bo'ldi, ilmgohlar vujudga 
keldi, kitob ko'chirish — hattotlik avj oldi.
Xalifalikda, ayniqsa, Xorun ar-Rashidning o'g'li Ma’mun 
hukmdor bo'lgan yillarda ilm-fan, madaniyat yanada tez rivo- 
jlana boshladi. Poytaxt Bag'dodda «Bilimlar uyi» («Baytul hik- 
ma») tashkil etildi. Uning zaminida Bag'dod akademiyasi vu­
judga keldi. Akademiyada ishlash uchun xalifalikning turli mam- 
lakatlaridan, jumladan, Movarounnahr va Xurosondan ham 
olimlar, donishmandlar taklif etildi. Ular orasida Marvdagi 
Ma’mun akademiyasining iste’dodli allomalari xorazmlik Mu­
hammad Xorazmiy (vafoti 847-yil) va farg'onalik Ahmad 
Farg'oniy (vafoti 861 -yil)lar bor edilar.
Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg'oniy musulmon 
madaniyatini shakllantirishda va uni yangi bosqichga ko'tarishda 
munosib hissa qo'shishdi. Chunonchi, Muhammad Xorazmiy 
«Bilimlar uyi» zaminida vujudga kelgan Bag'dod akademiyasiga 
uzoq yillar rahbarlik qildi. U kashf etgan «Algebra» jahon si- 
vilizatsiyasining buyuk durdonasi bo'lib qoldi. Algebra zaminida 
keyinroq 50 dan ortiq turli fanlar vujudga keldi. Ahmad 
Faig'oniy astronomiya fanini yaratdi. Qasyun va Shammosiya degan 
joylarda rasadxonalar qurdirdi. Nil daiyosi suvini o'lchash uchun 
xizmat qiladigan nilometmi yaratdi. Astronomik tadqiqotlar uchun 
ishlatiladigan usturlab deb nomlangan asbobni yasadi. Astro- 
lyabiya nazariyasini yaratib, jahon olimlarini hayratga soldi.


Xalifa Ma’mun ilm-fanni, ayniqsa, astronomik tadqiqotlarni 
yanada takomillashtirish maqsadida rasadxonalar qurilishiga alo­
hida e’tibor berdi. Chunonchi, 828-yilda Bag'dodda, 831-yilda 
Damashq yaqinida rasadxonalar ishga tushirildi. Ilm-fanni yanada 
rivojlantirish uchun nafaqat Bag‘dodda, balki xalifalikning boshqa 
yirik shaharlarida ham akademiyalar, yangi-yangi madrasalar 
bunyod etildi. Chunonchi, IX—X asrlardayoq Xorazmda «Ma’mun 
akademiyasi», Termizda ayollar akademiyasi, birgina Samarqandda 
17 madrasa faoliyat ko‘rsatar edi. Madrasalarda diniy ilmlar 
bilan birga dunyoviy bilimlardan ham saboq berilardi. Xuddi shu 
madrasalarda tahsil ko‘rgan Abu Mansur Moturidiy, Abdulqosim 
Samarqandiy, Abu Abdullo Rudakiy, Ahmad Juzjoniy, Ibro- 
him Shoshiylar musulmon madaniyatini shakllantirish uchun 
fidoyilik qiladilar1.
Bag'dod akademiyasi musulmon madaniyatini shakllantirish- 
da ulkan hissa qo'shdi. Akademiya faoliyat boshlashi bilan tar- 
jimonlikning rivojlanishiga asosiy e’tiborni qaratdi. Taijimonlik- 
ning rivojlanib borishi bilan nafaqat Hind, Xitoy, Yahudiy, 
balki xalifalik tasarrufidagi mamlakatlar, xususan, qadimgi Eron 
va Turon xalqlari tilida yaratilgan asarlar ham arab tiliga taijima 
qilindi. Shuningdek, tarjimonlikning rivojlanib borishi bilan 
qadimgi Yunon olimlari, ayniqsa, faylasuflarining asarlari arab 
tiliga o‘girildi.
IX asrning yigirmanchi yillarida xalifalik poytaxti Bag'dodda 
taijimonlar uchun maxsus maktab tashkil etildi. Xalifa Ma’mun 
taijimonlar maktabiga Husayn ibn Is’hoqni bosh taijimon qilib 
tayinladi. U o'zining 90 shogirdi bilan Yunon olimlari: Bo'qrot 
(Gippokrat), Batlimus (Ptolomey), Aflotun (Platon), Arastu 
(Aristotel), Jolinus (Galen), Orbaziy asarlarini arabchaga tar­
jima qildi. Xususan, taijimonlar AI Xajjoj ibn Yusuf al-Mator 
Batlimusning «Amajistiy», Masaxiy Abu Zakariyo ibn al-Batrik 
Aflotunning «Siyosat», «Fazo», «Jon», «Meteorologiya», So- 
bit ibn Qurra Arximed asarlarini arab tiliga taijima qildilar2. 
Natijada, xalifalik hududida yashovchi turli xalqlar ziyolilari 
qadimgi Yunon madaniy merosidan bahramand bo'la boshladi- 
lar. O'z navbatida, qadimgi Yunon madaniyati, xususan, fal-
1 Qarang: 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish