© «O 'zbekiston faylasuflari m illiy jam iyati nashriyoti», 2007.
K IR IS H
Inson hamma zamonlarda ham o‘zining kimligini, o‘zligini bi-
lishga intilgan. Inson muammosiga bag‘ishlangan turli gipotezalar,
nazariyalar va konsepsiyalar yaratildi. Lekin zamonlar o‘tishi bilan
inson deb nomlanuvchi mavjudotda hali o'rganilmagan, yechilishi
zarur bo‘lgan muammolar, jumboqlar ko'payib boraverdi.
Qadimgi zamon falsafasi namoyandalari, xususan, qadimgi
Hind va Xitoy faylasuflari inson ikki yirik qudrat — tana bilan
jonning uyushmasidan iborat, jon tanani tark etib, ruhga aylanib
turadi, ruh esa o'lmaydi, deb tushuntirgan bo‘lsalar, qadimgi
Eron va Turon faylasuflari inson borlig'i olam borlig'i bilan bevosita
aloqador, inson borlig‘ida olam borlig‘i o'z ifodasini topadi, olam
borlig'i esa to'rt asosiy unsurdan: tuproq, suv, olov, havodan
tashkil topgan, olam borlig'ining murakkab shakllaridan bin
bo'lgan inson tabiati ham, shubhasiz, o'sha to'rt unsur bilan
bog'liq bo'ladi, deb ishontirishga harakat qildilar.
Qadimgi Eron va Turon falsafasi ta’sirida vujudga kelgan
Yunon falsafasining namoyandalari esa inson kosmosning bo'lagi,
allaqanday o'ziga xos xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirgan
mikrokosmosdir, deb tushuntirishar edi. Qadimgi Yunon fayla
suflari inson bilan olamdagi boshqa tirik mavjudotlar o'rtasida
jiddiy farq borligiga shubha qilmasdilar. Inson — «aqlli ijtimoiy
maxluq» ekanligini har tomonlama isbotlashga urindilar. Shunday
qilib, qadimgi zamon faylasuflari inson olamdagi tirik mavjudot-
laming toji, cho'qqisi ekanligini ta’kidlab, uni birinchi o'ringa
ko'tarib qo'ydilar. Inson olamda mavjud bo'lgan tirik mayjudot-
larning birortasiga ham o'xshamasligini qayta-qayta ta’kidladilar.
O'rta asr faylasuflari esa insonning eng muhim xususiyati uning
«Xudoga o'xshashligidir», deb tushuntirdilar. O'sha insonga o'xshash
Xudoni koinotdan tashqarida deb bildilar. Endilikda Xudo butun
koinotning xo'jayini bo'ldi. Xuddi shuning uchun ham musulmon
va xristian faylasuflari o'rta asr sharoitida Xudoda mavjud bo'lgan
jamiki yaxshi fazilatlarni, xislatlarni, xosiyatlarni, karomatlarni
o'rganishga intildilar. Xudoga xos barkamollikning ko'rinishlarini
insondan izladilar. Olloh vasliga yetishni orzu qilgan ruhiy-ma’naviy
barkamol inson qiyofasini tasvirlashga urindilar.
Yangi zamon faylasuflari o'rta asr faylasuflaridan farqli o'laroq,
inson-ijtimoiy mavjudot, deb saboq berishdi. XVIII—XIX asrlarda
Yevropada shakllangan nemis klassik falsafasi namoyandalarining
Download Do'stlaringiz bilan baham: |