К а м п а н е л л а
Т .
Город солнца. М., 1954, 46—48-betlar.
ii6
3. M USULM ON FALSAFASIDA INSON TAFSIRI
Musulmon faylasuflari ham odam va olam orasidagi o‘zaro
aloqadorlik muammolarini bilishga intildilar. Odam deb ataluvchi
mavjudotni kim yaratgan? Odam qanday unsurlardan tashkil
topgan? Odamning inson darajasiga ko'tarilishi qanday sodir
bo'ladi? Insonning jismi bilan uning ruhiyati, ma’naviyati orasi
dagi aloqadorlik mavjudmi? kabi savollarga javob topmoqchi
bo'ldilar. Turgan gapki, bunday savollarga javobni, eng awalo,
musulmon faylasuflari «Qur’oni Karim»dan izladilar.
«Qur’oni Karim»ning yettinchi — «A’rof» surasining o'n
birinchi, o'n ikkinchi, o'n beshinchi — «Xijr» surasining yi-
girma oltinchi oyatlarida dastlabki Odam (Odam Atoni) surati-
ni, Olloh qora botqoqdan, ya’ni loydan yasaganligi1, keyin
unga tiriklik, ya’ni jon ato etganligi, Momo Havo esa Odam
Atoning «chap biqinidan» yaratilganligi xabar qilinadi. Islom
qoidalariga muvofiq butun kishilik jamiyati Odam Ato bilan
Momo Havodan tarqalgan. Rivoyatlarga qaraganda Odam Ato
bilan Momo Havo bir ming-u qirq yosh umr ko'ribdilar. Shu
davr mobaynida, ulardan qirq bir farzand vujudga kelibdi. O'sha
qirq bir farzanddan yigirma bir nafar o'g'il va yigirma nafar
qiz tug'ilibdi. Ulardan paydo bo'lgan nabiralar ming nafarga
yetibdi2. Odam Ato o'g'lonlarining qirq mingga yetganini ko'rib,
dunyodan ko'z yumibdi3.
Ko'rinib turibdiki, musulmon falsafasining inson to'g'risidagi
fikr-mulohazalari islom dinining paydo bo'lishi (VT asming bosh-
lari) va uning shakllanishi bilan bog'liq. Islom dinining vujudga
kelishi Arabistonning Makka shahrida tavallud topgan, yirik din
va davlat arbobi Muhammad ibn Abdulloh4 nomi bilan bog'liq.
Qur’oni Karim. Toshkent, 1992, 101, 181-betlar.
M i r z o
U lu g 'b e k .
T o‘rt ulus tarixi. Toshkent, 1994, 21-bet.
A b u lg 'o z iy B a h o d ir x o n .
Shajarai turk. Toshkent, 1994, 19-bet.
M uham m ad ibn Abdulloh 570-yilda tug‘ilgan. Otasi Abdulloh hali u
tug‘ilmasdanoq, onasi Amina esa olti yoshligida vafot etgan. Bobosi Abu Mutalib,
amakisi Abu Tolib qo‘lida tarbiya olgan. 595-yilda badavlat beva ayol Xadichaga
uylangan. Savdo ishlari bilan shug‘ullangan. Shimoliy Afrika shaharlarini kezib,
xristianlar va yahudiylarning turmush tarzi, ayniqsa, ularning diniy dunyoqa-
rashlarini har tomonlama o‘rgangan. 610-yildan e’tiboran Makkaga qaytib, o‘z
diniy qarashlarini ta rg'ibot va tashviqot qila boshlagan. M akkada vaziyat
og'irlashgach, 622-yilda Madinaga ko‘chib o ‘tgan va o ‘zini Ollohning yerdagi
vakili ~ «Payg‘ambar» deb e’lon qilgan. 632-yilda vafot etgan. Uning diniy
qarashlari Q ur’onu Karimda o‘z aksini topgan.
Muhammad qabilasi, jinsi, ijtimoiy mavqei, iqtisodiy ah-
volidan qat’iy nazar, barcha arablami yagona Xudoga — Ollohga
sig‘inishga da’vat etgan. O'zini Xudoning yerdagi vakili —
«Payg‘ambar» deb e’lon qilgan.
Muhammad payg'ambar tomonidan aytilgan islom dinining
asosiy qoidalari, axloqiy va huquqiy normalari, musulmonlar-
ning muqaddas kitobi hisoblangan «Qur’on»da rasmiylashtirilgan.
Islomshunos, «Qur’on»shunos olimlarning fikriga ko'ra, Mu-
hammadning yagona Xudoga sig'inishga asoslangan qarashlari,
yaxlit bir sistema sifatida, uning tirikligi paytida yozib olinma-
gan. Muhammad vafot etgandan so‘ng uning fikr-mulohazalari
xalifa Abu Bakr ko‘rgazmasiga asosan to'plangan. Bunday mu
rakkab ishni bajarish, Muhammad tiriklik vaqtida uning kotibi
bo‘lib ishlagan Zaid ibn Sobitga yuklatilgan. Shunday sa’y-hara-
katlar tufayli 632-yilda «Qur’on»ning dastlabki matni vujudga
kelgan. Ilmiy-tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, «Qur’on»ning
dastlabki matni «Suhur» («Sahifalar») deb nomlangan. 651-yilda
«Qur’on»ning yangi matni yaratilgan, uni «Mushaf», deb ata-
ganlar. Ushbu matn xalifa Usmon ko'rgazmasiga asosan yaratil-
gani uchun «Usmon mushafi», deb ham yuritiladi1.
«Qur’on» 114 suradan iborat. Har bir sura oyatlarga bo'lingan.
Suralaming har biri nomlangan. Ular «Qur’on»da mazmuniga
qarab emas, balki hajmiga, ya’ni har bir suradagi oyatlaming
miqdoriga qarab joylashtirilgan. Shuning uchun ham ularda
mantiqiy va xronologik izchillik yo'q. Suralar, asosan, Makka va
Madinada yaratilgan. Chunonchi, ularning 90 tasi Makkada (610—
632-yillarda), 24 tasi Madinada (622—632-yillar) yaratilgan2.
«Qur’on»ning qariyb uchdan bir qismini yahudiy, xristian
diniy manbalari va qadimiy afsonalari, rivoyatlari tashkil etadi.
Shuningdek, «Qur’on»ning shakllanishida zardushtiylikning ham
ta’siri borligini unutmaslik darkor.
Alqissa, islom dinining paydo bo'lishi, jahon davlatchiligi
tarixida markazlashgan yirik Arab davlatining vujudga kelishiga,
shuningdek, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib hissa
qo'shgan musulmon madaniyatining vujudga kelishi va rivojla
nishiga ham sabab bo'ldi.
1 «Usmon m ushafbdan ko‘chirilgan eng qadimiy qo‘lyozmalardan to ‘rttasi
hozirgacha saqlanib qolgan. Ulardan biri Toshkentda saqlanadi.
2 Qarang: Ислом. Справочник. Тошкент, 1989, 298—301-betlar.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |