A n V a r c h o r iy e V


Ismoil Buxoriy 809-yilda Buxoroda tavallud topdi. 0 ‘n yoshidan boshlab arab


bet149/392
Sana26.02.2022
Hajmi
#466555
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   392
Bog'liq
Inson falsafasi

Ismoil Buxoriy 809-yilda Buxoroda tavallud topdi. 0 ‘n yoshidan boshlab arab
tilini o ‘rgandi. Arab tilini mukammal o ‘rgangan 16 yoshli yigitcha onasi va akasi
Ahmad bilan haj safariga otlandi. Balx, Basra, Kufa, Bag'dod, Xums, Damashq,
Misr, Makka va Madina shaharlaridagi hadisshunos olimlar suhbatida bo4di. Ularning
hadis ilmi sohasidagi asarlarini o ‘rgandi. Hadisshunoslik ilmi bo'yicha buyuk al­
loma darajasiga ko‘tarildi. Umrining oxirida o ‘z vatani Buxoroga qaytdi. Madrasa
toliblariga hadisshunoslikdan saboq berdi. Hasadgo‘y shaxslarning fitna va ig‘volari
tufayli Buxoro amiri Zuhaliyning farmoni bilan o‘z vatanidan badarg'a qilindi.
Samarqandga borayotgan ulug‘ mutafakkir Xartang qishlog‘ida 870-yilda vafot
etdi.
2 Ismoil Buxoriyning «Al-Jomi’-as-sahih» asari ingliz, fransuz, olmon, turk,
fors va o ‘zbek tillariga tarjima etilgan.


vositalami aniqlashga harakat qildi. Uning fikricha, im on-e’tiqod 
ba’zi birovlar o‘ylaganidek faqat insonning kalima keltirishini 
ifodalovchi tor tushuncha emas, u o ‘ziga oltmishdan ziyod 
holatlar, tuyg‘ular, xususiyatlarni mujassamlashtiradigan tushun- 
chadir. Xususan, hayo inson im o n -e’tiqodini xarakterlovchi 
holatlardan biridir. Vatanni sevmoq ham, ilm olmoq ham, 
kattalarni hurmat qilmoq ham, tozalik-pokizalikka amal qilmoq 
ham im on-e’tiqod bilan bog'liq. Binobarin im on-e’tiqodni ifo­
dalovchi xususiyatlar, chinakam insoniy fazilatlar, xislatlardan 
boshqa narsa emas1.
Ismoil Buxoriy musulmon kishisining insoniy xislatlari ha­
qida fikr-mulohaza yuritib, har qanday mo‘min qo'rqoq yoki 
baxil bo'lishi mumkin, lekin yolg‘onchi, chaqimchi bo'lishi 
mumkin emas, deydi. Uning fikriga ko‘ra mo‘min va yolg‘onchi 
tushunchalari biri ikkinchisiga ziddir. Shuning uchun ham o‘zini 
musulmon deb hisoblagan har bir kishi yolg‘on so'zlashi aslo 
mumkin emas. Musulmon fuqarosining m a’naviy-axloqiy qiyo- 
fasi haqida juda ko‘p bosh qotirgan buxorolik alloma musulmon 
kishisi o ‘zining ota-onasi, qavmi-qarindoshlariga, aka-ukalariga 
doimo m uruw at ko'rsatib turishi zarur, deb hisoblaydi2. Ismoil 
Buxoriyning m a’naviy-axloqiy qarashlari to r diniy aqidalar 
doirasiga o ‘ralashib qolgan emas, balki umuminsoniy axloq 
normalari va tamoyillarini ham o ‘zida aks ettirdi. Boshqacha 
aytganimizda, to ‘plamda nafaqat musulmon m a’naviy madani­
yatining, balki eng buyuk umuminsoniy qadriyatlar — inson­
parvarlik va insoniylikning turli qirralari: m ehr-oqibat, ochiq 
ko‘ngillik, saxiylik, ota-ona, qavm-qarindoshlarni hurmat qi­
lish, yetim-esirlarga m uruw at, faqir-bechoralarga himmat, Va- 
tanga muhabbat, mehnatsevarlik, halollik, turli xalqlaming o‘zaro 
do ‘st-u birodar, tinch-totuv yashashlari kabi um um insoniy 
fazilatlar aks etgan. Insonning ijtimoiy qiyofasi umuminsoniy 
axloq normalariga mos bo‘lmog‘i uchun zarur hisoblangan yo‘l- 
yo‘riqlar, pand-u nasihatlar o‘z ifodasini topgan. Xuddi shu-

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish