safiy merosi musulmon madaniyatining shakllanishiga ijobiy
ta’sir o‘tkazdi.
Tarjimonlikning rivojlanib borishi bilan birga asta-sekin
qomusiylik ham shakllana boshladi. Qomusiylikning rivojlanishi
turli bilimlarga bo'lgan qiziqishni orttirib yubordi. Turli lug'atlar,
ma’lumotnomalarga ehtiyoj kuchaydi. Kitob bozorlari, maxsus
kutubxonalar vujudga kela boshladi. Kutubxonalar,
awalo mas-
jidlarda, madrasalarda, olim-u fuzalolar, shayxlar va vazirlar
xonadonlarida, saroylarda vujudga kelgan bo'lsa, keyinroq yirik
shaharlarda vujudga keldi. Chunonchi, birgina Qurdoba (Ispa-
niya) hokimi AI-Hakim kutubxonasidagi kitoblar ro'yxatining
o'zi 44 jildni tashkil etgan. Xalifa al-Aziz xazinasida esa 120
ming kitob saqlangan. Xolbuki, IX asrda Fransiyaning Kons-
tans shahri kutubxonasida 356 jild, 1032-yili Benediktbeurend
shahrida 100 dona, 1130-yili Bambergdagi soborda atigi 96
dona kitob bo'lib, ularning ham
asosiy qismi diniy adabiyo-
tlar edi2.
IX
asming oxiriga kelib, Eron, Movarounnahr va Xuroson
mustaqillikka erishdi. Mustaqillikka erishgan musulmon davlatla-
rida ham kutubxonachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi.
Xususan, IX—X asrlarda Eron,
Movarounnahr, Xuroson, Gur-
ganj, G'azna, Kat, Marv, Hirot, Samarqand,
Buxoro shahar-
larida ham somoniy hukmdorlaming yirik kutubxonalari bor edi.
Shuningdek, IX—X asrlarda musulmon mamlakatlarida davlat
kutubxonalaridan tashqari, barcha fuqarolar foydalanishiga im-
kon beriladigan kutubxonalar — «Xazinatul-hikma»lar soni ham
ortib bordi. Kutubxonalar sonining ko'payib borishi, shubhasiz,
musulmon ziyolilarining intellektual salohiyatlari ortib borishi
uchun real imkoniyat yaratdi.
O'rta asr musulmon ziyolilari intellektual
imkoniyatlarining
ortib borishi bilan, ular nafaqat olam va Xudo borlig'i, balki
inson borlig'i, xususan, uning xulq-atvori, xatti-harakatini
o'zgartirishga, barkamol inson shaxsini shakllantirishga qaratil
gan g'oyalami bayon eta boshladilar. Shuning uchun ham IX—
XII asr musulmon madaniyati, xususan, falsafasi barkamol
inson
shaxsini qaror toptirish, uning barkamolligi darajasini
2
М е ц А .
Мусульманский Ренессанс. 1966, 146-bet. Iqtibos N.Komilovning
«Tafakkur karvonlari» (Toshkent, 1999, 58-bet) kitobidan olindi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
aniqlash borasidagi fikr-mulohazalari bilan o‘tmishdan keskin
farq qilar edi.
Bunday tendensiyani o‘rta asr musulmon faylasuflari asar-
laridan darhol ilg‘ab olish mumkin. Aniqroq qilib aytganda,
o‘rta asrlar musulmon faylasuflari barkamol inson shaxsini shakl -
lantirishda adabiyotning pand-u nasihat janridan ustalik bilan
foydalandilar. Pand-u nasihat janriga
Unsurulmaoliy Kaykovus-
ning «Qobusnoma» («Nasihatnoma»), Nizomulmulkning «Siyo-
satnoma», Nosir Xusravning, «Safamoma», Nizomiy Aruziy
Samarqandiyning «Navodirun-hikoyat» («Nodir hikoyatlar») asar
larida asos solindi. Shuningdek, IX—X asrlar musulmon fayla
suflari barkamol inson g‘oyasini shakllantirishda o‘rta asrlarda
keng tarqalgan adabiyotning munozara janridan ham unumli
foydalandilar. Bunday tendensiyani Ahmadiyning «Sozlar mu-
nozarasi», Yusuf Amiriyning «Bang va Chog'ir manzarasi»,
Yaqiniyning «0‘q va Yoy munozarasi» asarlaridan darrov ilg‘ab
olish mumkin1.
Musulmon madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida Eron,
Movarounnahr, Xuroson xalqlarining madaniy an’analarining
hissasi ham beqiyos bo‘ldi. Chunki, Movarounnahr, Xuroson
xalqlari qadimiy madaniy an’analarga boy va ma’naviy mavqei
baland edi. Shuning uchun ham, qadimgi Eron va Turon arab
xalifaligi tasarrufiga kirgandan so'ng musulmon madaniyatining
shakllanishi va rivojlanishida yetakchi o‘rinlardan birini egalladi.
Madaniy-ma’rifiy aloqalarning rivojlanib borishi bilan xalifa
lik hududida yashovchi xalqlar madaniyati biri ikkinchisiga o‘z
ta’sirini o'tkaza boshladi. Turli xalqlar madaniyatining bir-biriga
yaqinlashuvi, turli madaniyatlarning aralashuvi sodir bo'ldi.
Qadimgi Hind, Xitoy, Yahudiy,
Eron va Turon, Yunon xalqlari
madaniyati qo‘shilib-qorilib ketdi. Ana o'sha yaqinlashuv, ana
o'sha aralashuv oqibatida, jahon sivilizatsiyasi tarixida «Mu
sulmon madaniyati»2 deb nomlangan mutlaqo yangi madaniyat
vujudga keldi.
Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: