terdamskiy xristian gumanizmi va Platonning «Davlat»
asari
beqiyos ta’sir ko‘rsatdi.
«Utopiya» so‘zi T.Mor tomonidan ilk bor qo‘llangan bo‘lib,
«yo‘q joy», «hech qayer», degan ma’noni anglatadi. Ushbu so‘z
yordamida ifodalangan orolda baxt-saodatli kishilar farovon tur
mush kechiradilar. Bunday turmush qat’iy antiindividualizmning
joriy etilishi orqali yo'lga qo'yilgan. Antiindividualizm xususiy
mulkni bekor qilishni, jamiyat a’zolarining mulkiy va iste’moliy
tengligini ta’minlashni talab etadi. Bunday fikrlami bayon etishda
Tomas Mor xristiancha gumanizm g‘oyalariga asoslanadi.
Tomas Mor Platon va Abu Nasr Forobiyning adolatparvar
shoh haqidagi mulohazalarini davom ettiradi. Maksimal tenglik
joriy etilgan orolda faqat har tomonlama ilmli, ma’rifatli,
turli
illatlardan xoli zotgina hukmdorlik qilishi mumkin. «Hukmdor
shunday bir manbaki, undan butun xalqqa ham ezgulik ham
yovuzlik yog‘ilib turishi mumkin», — deb yozadi mutafakkir.1
Asarda bunday afsonaviy hukmdor Utop deb ataladi. U maz
kur orolni kashf etgach, unda o'z ijtimoiy, siyosiy va axloqiy
qonun-qoidalarini joriy etadi. Hukmdor, birinchi navbatda, na
faqat xususiy mulkning batamom bekor qilinishiga,
balki pul
va oltinga bo‘lgan salbiy munosabatning shakllanishiga muvaffaq
bo‘ladi. Orolda pul batamom yo‘q qilingan, oltindan esa eng
iflos ishlar uchun ishlatiladigan buyumlar tayyorlanadi. Buyuk
gumanist odamlar boshiga mislsiz kulfatlar keltirgan oltin-u
zarga boMgan nafratini shunday tarzda ifodalaydi.
Albatta, maksimal tenglikni saqlab turish, ijtimoiy mulkchi-
likning mutlaq ustuvorligini ta’minlash uchun Utopning sa’y-
harakatlari kifoya emas edi. Buning
uchun orolda yashovchilar
mehnat faoliyatida ham teng ishtirok etishlari zarur. Tabiiyki,
bunda, birinchi navbatda, jismoniy mehnat haqida gap boradi.
Utopiyada hunarmandlar va dehqonlaming mehnati har qanday
davlat uchun zarur shart-sharoit ekanligini isbotlashga harakat
qiladi. Afsuski, ayrim davlat arboblari mehnat faoliyatidan yi-
roqlashib ketganliklari bois hunarmand va dehqonlar haqida
qayg'urmay qo'yadilar.
Utopiyada odamlar hunarmandchilik va qishloq xo'jalik ishlari
bilan shug‘ullanadilar. Unda ishtirok
etish barcha kishilar uchun
www.ziyouz.com kutubxonasi
majburiyatdir. Hatto sifograntlar (boshliqlar) ham el qatori mehnat
qiladilar, chunki mehnat orolda axloqiy zaruriyatga, ehtiyojga
aylangan. Orol xalqi 6 soat mehnat qiladi (o‘sha davr Angliyasi
uchun 6 soatlik ish kuni orzu edi). Eng og‘ir mehnatni jino-
yatchilar bajaradilar. Shu bois utopiyaliklar bo‘sh vaqtlarini o'z
axloqiy qiyofalarini takomillashtirish uchun sarflaydilar.
Aqliy mehnat bilan orolda eng iste’dodli
kishilar
shug'ullanadilar. Boshqa yurtlarda esa «hanuzgacha fan bilan
to‘nkalar va galvarslar mashg‘ullar, yuksak aql sohiblari esa
behuda qurbon bo‘lib ketmoqdalar»1.
Aynan shu yuksak aql
sohiblari Utopiyada turli lavozimlarda mehnat qiladilar, din
peshvolari sifatida faoliyat ko'rsatadilar.
Darvoqe, Utop orolidagi turmush tarzi, ishlab chiqarish
aqlga muvofiq joriy etilgan bo‘lishiga qaramasdan, ular hayotida
axloq ustuvorligicha qolaveradi. Aynan axloq nuqtayi nazaridan
orolda inson eng oliy qadriyat, deb e’lon qilingan.
Inson eng
qadrli mavjudot bo'lgani tufayli hamisha huzur-halovatda
yashamog‘i lozim. Ushbu huzur-halovatlaming eng asosiysi salo-
matlikdir. Salomatlikning birinchi sharti esa me’yorida ovqatla-
nish bilan bog'lanadi.
Utopiyaliklarning tinchliksevarligi ham orolda axloq norma-
lari ustuvorligidan dalolat beradi. Orol xalqi urushni hayvoniy
qiliq, deb hisoblaydi, o‘z tashabbusi bilan urush ochishdan
hazar qiladi. Biroq orol saodati
uchun kurashishga majbur
bo‘lganlarida jonlarini jabborga beradilarki, orolni kulfatlardan
saqlab qoladilar.
Umuman oroldagi hayot ko'proq huquqiy normalar emas,
axloqiy normalar asosida boshqariladi. Shu boisdan qonunlar
shu qadar kamki, ularni butun aholi yaxshi biladi. Darhaqiqat,
xalq uchun qonunlarning ko‘p bo‘lishi shart emas.
Orolda axloq ustuvor bo'lgani bois aholining dinga munosa
bati ham o'zgacha. Bunda T.Mor asl dinni xurofot-u irim-
sirimdan ajratib olish zarurligiga ishora qiladi.
Asl din deganda
mutafakkir Florensiya platoniklari talqin etgan universal dinni
tushunadi. Utopiyani qachonlardir kashf etgan Utop, asar qah-
ramoni Gotlodeyning aytishiga qaraganda, bunday dinni orolda
Iso payg'ambar tavalludidan 144-yil awal joriy etgan emish.
Ushbu dinga ko'ra, Xudo bittadir, u vaqti-vaqti bilan turli
Do'stlaringiz bilan baham: