batlarda
keng foydalanilishi, bir tomondan, xalifalikka zo‘rlab
kiritilgan xalqlarning arablar yaratgan madaniy-ma’naviy boy-
liklar bilan yaqindan tanishishi uchun real imkoniyat yaratgan
bo'lsa, ikkinchi tomondan, yerli xalqlar ma’naviy-ma’rifiy
boyliklarini boshqa xalqlarga yetkazishda ishonchli vosita vazifa-
sini bajardi. O'sha vosita musulmon madaniyatini shakllantrish
uchun asos bo'lib xizmat qildi.
VIII
asr oxiri IX asr o'rtalariga kelib arab xalifaligi Sharqda
eng kuchli rivoj topgan imperiyaga aylandi. Xususan, xalifalar
Abu Mansur (754—775-yillar), Xorun ar-Rashid (786—809-yil-
lar), Ma’mun (813—833-yillar) hukmronlik qilgan davrlarda xali-
falikning markaziy shaharlari, xususan, Bag'dod iqtisodiy va
madaniy jihatdan rivojlangan yirik shaharga aylandi.
Madaniyat,
ilm-fan taraqqiy topdi. Bu yerda turli ilmiy anjumanlar o'tkazish
avj oldi, turli mamlakatlardan kelgan ilm vakillari tomonidan
ilmiy muhokamalar uyushtiriladigan bo'ldi, ilmgohlar vujudga
keldi, kitob ko'chirish — hattotlik avj oldi.
Xalifalikda, ayniqsa, Xorun ar-Rashidning o'g'li Ma’mun
hukmdor bo'lgan yillarda ilm-fan, madaniyat yanada tez rivo-
jlana boshladi. Poytaxt Bag'dodda «Bilimlar uyi» («Baytul hik-
ma») tashkil etildi. Uning zaminida Bag'dod akademiyasi vu
judga keldi. Akademiyada ishlash uchun xalifalikning turli mam-
lakatlaridan, jumladan, Movarounnahr va Xurosondan ham
olimlar, donishmandlar taklif etildi. Ular orasida Marvdagi
Ma’mun akademiyasining iste’dodli allomalari xorazmlik Mu
hammad Xorazmiy (vafoti 847-yil) va farg'onalik Ahmad
Farg'oniy (vafoti 861 -yil)lar bor edilar.
Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg'oniy musulmon
madaniyatini shakllantirishda va uni yangi bosqichga ko'tarishda
munosib hissa qo'shishdi.
Chunonchi, Muhammad Xorazmiy
«Bilimlar uyi» zaminida vujudga kelgan Bag'dod akademiyasiga
uzoq yillar rahbarlik qildi. U kashf etgan «Algebra» jahon si-
vilizatsiyasining buyuk durdonasi bo'lib qoldi. Algebra zaminida
keyinroq 50 dan ortiq turli fanlar vujudga keldi. Ahmad
Faig'oniy astronomiya fanini yaratdi. Qasyun va Shammosiya degan
joylarda rasadxonalar qurdirdi. Nil daiyosi suvini o'lchash uchun
xizmat qiladigan nilometmi yaratdi. Astronomik tadqiqotlar uchun
ishlatiladigan usturlab deb nomlangan asbobni yasadi. Astro-
lyabiya nazariyasini yaratib, jahon olimlarini hayratga soldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xalifa Ma’mun
ilm-fanni, ayniqsa, astronomik tadqiqotlarni
yanada takomillashtirish maqsadida rasadxonalar qurilishiga alo
hida e’tibor berdi. Chunonchi, 828-yilda Bag'dodda, 831-yilda
Damashq yaqinida rasadxonalar ishga tushirildi. Ilm-fanni yanada
rivojlantirish uchun nafaqat Bag‘dodda, balki xalifalikning boshqa
yirik shaharlarida ham akademiyalar, yangi-yangi madrasalar
bunyod etildi. Chunonchi, IX—X asrlardayoq Xorazmda «Ma’mun
akademiyasi», Termizda ayollar akademiyasi, birgina Samarqandda
17 madrasa faoliyat ko‘rsatar edi. Madrasalarda diniy ilmlar
bilan birga dunyoviy bilimlardan ham saboq berilardi.
Xuddi shu
madrasalarda tahsil ko‘rgan Abu Mansur Moturidiy, Abdulqosim
Samarqandiy, Abu Abdullo Rudakiy, Ahmad Juzjoniy, Ibro-
him Shoshiylar musulmon madaniyatini shakllantirish uchun
fidoyilik qiladilar1.
Bag'dod akademiyasi musulmon madaniyatini shakllantirish-
da ulkan hissa qo'shdi. Akademiya faoliyat boshlashi bilan tar-
jimonlikning rivojlanishiga asosiy e’tiborni qaratdi. Taijimonlik-
ning rivojlanib borishi bilan nafaqat Hind, Xitoy, Yahudiy,
balki xalifalik
tasarrufidagi mamlakatlar, xususan, qadimgi Eron
va Turon xalqlari tilida yaratilgan asarlar ham arab tiliga taijima
qilindi. Shuningdek, tarjimonlikning rivojlanib borishi bilan
qadimgi Yunon olimlari, ayniqsa, faylasuflarining asarlari arab
tiliga o‘girildi.
IX asrning yigirmanchi yillarida xalifalik poytaxti Bag'dodda
taijimonlar uchun maxsus maktab tashkil etildi. Xalifa Ma’mun
taijimonlar maktabiga Husayn ibn Is’hoqni bosh taijimon qilib
tayinladi. U o'zining 90 shogirdi bilan Yunon olimlari: Bo'qrot
(Gippokrat), Batlimus (Ptolomey), Aflotun (Platon), Arastu
(Aristotel), Jolinus (Galen), Orbaziy asarlarini arabchaga tar
jima qildi. Xususan, taijimonlar AI Xajjoj ibn Yusuf al-Mator
Batlimusning «Amajistiy», Masaxiy Abu Zakariyo ibn al-Batrik
Aflotunning «Siyosat», «Fazo», «Jon», «Meteorologiya», So-
bit ibn Qurra Arximed asarlarini arab tiliga taijima qildilar2.
Natijada, xalifalik hududida yashovchi
turli xalqlar ziyolilari
qadimgi Yunon madaniy merosidan bahramand bo'la boshladi-
lar. O'z navbatida, qadimgi Yunon madaniyati, xususan, fal-
1 Qarang:
Do'stlaringiz bilan baham: