A n V a r c h o r iy e V



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

M a h m u d o v M .
Komil inson ajdodlar orzusi. Toshkent, 2002, 156— 
157-betIar.
7
Qarang: 
X a y r u lla y e v M .
O'rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati. Toshkent, 
1994, 11-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Musulmon madaniyati vujudga kelishi bilan ilm-fanda, ada- 
biyotda va san’atda, madaniy-ma’rifiy aloqalarda uyg'onish, jon- 
lanish, ko'tarinkilik, ya’ni musulmon renessansi sodir bo'ldi. 
Ayniqsa, Movarounnahr va Xurosonda ilm-fan, ma’naviy- 
ma’rifiy sohada tub sifatiy o'zgarishlar ro'y berdi. Yevropa mam­
lakatlarida Renessans XIII—XV asrlarda sodir bo'lgan bo'lsa, 
Sharq mamlakatlarida bunday qudratli voqea IX—XII asrlarda 
ro'y bergan edi.
Musulmon renessansi o'zining shakllanishi va rivojlanishi 
jarayonida ikki yirik bosqichni bosib o'tdi. Musulmon renessansi 
birinchi bosqichining o'ziga xos xususiyati ratsionalizm rivojlanib 
boiganligi bilan xarakterlanadi. Aniqroq qilib aytganda, IX—XII 
asrlarda musulmon madaniyati, xususan, uning mag'zi hisoblan­
gan musulmon falsafasida, fikrlash madaniyatida ratsionalizm 
ustuvorlik qila boshladi. Aql dalillariga, xususan, flkriy quwatga 
tayanish avj oldi. Aqlga erk berish, shubhasiz, aqidaparstlikning 
burdini ketkazar edi. Inson borlig'idagi g'ayriinsoniy illatlarni aql 
imkoniyatlaridan foydalanib bartaraf etish mumkinligiga ishonch 
hosil bo'la boshladi. Aqlni ulug'lash o'rta asr musulmon madani­
yatining, xususan, falsafasining o'ziga xos xususiyati edi.
Ratsionalizm musulmon olimlariga erkin fikrlash uchun real 
imkoniyat yaratdi. Xuddi shuning uchun ham ratsionalizm shar- 
qona hurfikrlilikning nazariy asosi vazifasini bajardi. Ana shun­
day nazariyaga suyangan ilg'or musulmon faylasuflari nafaqat 
olam borlig'i, hatto Xudo borlig'i muammolarini ham aql 
dalillari chig'irig'idan o'tkazib tahlil qila boshladilar. Aql dalil­
lariga tayangan musulmon allomalari olam va odam muammo­
larini o'rganib, umumbashariy yutuqlarga erishdilar. Diniy fana- 
tizmni qattiq tanqid qildilar. O'rta asr musulmon madaniyati 
yutuqlariga suyanib fikr-mulohaza yuritgan faylasuflar odam va 
olam orasidagi o'zaro aloqadorlik mexanizmining sir-u asror- 
larini aql imkoniyatlari yordamida o'rganib, odam bisotida mavjud 
bo'lgan, hali foydalanilmagan imkoniyatlarni qidirib topishga 
harakat qildilar. Inson tabiati, uning taqdirini o'zgartirishni orzu 
qildilar.
O'rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida musulmon renessansi- 
ning ikkinchi bosqichi XIV—XV asrlarda ro'y berdi. Musulmon
www.ziyouz.com kutubxonasi


renessansining ikkinchi bosqichi birinchisidan farqli o‘laroq Mo­
varounnahr va Xuroson bilan chegaralanib qoldi. Bunday qudratli 
o‘zgarishning ro‘y berishi Temur va temuriylar sulolasining jahon 
sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi bilan dialektik aloqador edi.
Temur va temuriylar hukmronlik qilgan davr Eron, Mova­
rounnahr, Xuroson tarixida alohida ahamiyatga ega. Bu davrda 
musulmon madaniyati yangi bosqichga ko‘tarildi. Mug‘ul bos- 
qinchilari tomonidan xonavayron qilingan shahar va qishloqlar- 
ga fayz kira boshladi. Madrasalar, masjidlar, kutubxonalar tik- 
landi, karvonsaroylar ishlay boshladi. Ilm-fan rivojlandi. Mam­
lakat poytaxti Samarqandga minglab olimlar, shoirlar, yozuv- 
chilar, rassomlar, xattotlar, me’morlar, musavvirlar boshqa 
yurtlardan ko‘chirib keltirildi. Mamlakatda islom dinining obro‘- 
e’tibori kundan kunga oshib bordi. IX—XII asrlar musulmon 
madaniy merosini o'rganish va uni qayta tiklash harakati avj 
oldi.
Barkamol insonni ulug‘lovchi tasawuf Eron, Movarounnahr, 
Xuroson madaniy-siyosiy hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega 
boMgan yirik diniy-falsafiy ta’limotga aylandi. Xuddi shu davrga 
kelib, tasawuf davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarildi. Tasawuf 
nafaqat barkamol insonni shakllantirish, balki fuqarolami ya­
gona davlatga birlashtirishda, xalqlar o'rtasidagi turli nizolarni 
bartaraf etishda, ulami bir-biriga yaqinlashtirishda, Temur va 
temuriy shahzodalar uchun yirik g‘oyaviy-nazariy qurol vazifa- 
sini bajardi.
XIV—XV asrlarda Eron, Movarounnahr va Xurosonda tibbi- 
yot, riyoziyot, xandasa, jug‘rofiya, falakiyot, mantiq, adabi- 
yot, falsafa, axloqshunoslik fanlari har tomonlama rivojlandi. 
Musawirlik, naqqoshlik, xattotlik san’atining mohir ustalari 
paydo bo‘ldi. Miroq Naqqosh (vafoti 1507-y), «Shoh Rafael» 
nomini olgan Kamoliddin Behzod (1455— 1530-yillar) va shoh 
Muzaffar nomlari el orasida ma’lum va mashhur bo'ldi.
Insonning kundalik quvonchlari, tashvishlarini musiqa 
ohanglarida ifodalash avj oldi. Bunday holatni XIV—XV asrlar- 
ning movarounnahrlik mashhur sozandalari; Abduqodir Nayi, 
Husayn Udiy, Xoja Yusuf Andijoniy, Mavlono Najmiddin 
Kavkabiy, Shohquli G‘ijjakiy, Darvesh Ahmad Qonuniy, Us-
www.ziyouz.com kutubxonasi


tod Shodiy ijodlarida ko‘rish mumkin. Bir ibora bilan aytganda, 
XIV—XV asrlar musulmon madaniyati go‘zallikni ulug'lash, 
go'zal inson qiyofasini tasvirlash avj olganligi bilan IX—XII 
asrlar musulmon madaniyatidan keskin farq qilar edi.
XIV—XV asrlar musulmon madaniyati kutubxonachilikning 
ommaviylashayotganligi bilan IX—XII asrlar musulmon madani­
yatidan keskin farq qilar edi1. Buni birgina Movarounnahr
Xuroson misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Chunonchi, Amir 
Temur hokimiyat tepasiga kelishi bilan o'zining ona shahri Keshda 
(Shahrisabzda) ulkan saroy kutubxonasi tashkil etdi. 0 ‘sha sa- 
roy kutubxonasida yunon, lotin, arman, arab, fors va boshqa 
tillardagi noyob qo‘lyozmalarni to‘plattirdi. Bu qo'lyozmalaming 
aksariyat qismi Amir Temuming harbiy yurishlari vaqtida bosib 
olingan mamlakatlardan olib kelingan edi. Xususan, Turkiya 
zabt etilgach Bruss shahridagi mashhur antik Pergam kutub- 
xonasining fondi, Armaniston zabt etilganda Gayev monastri 
qoshidagi universitet kutubxonasining katta qismi ham Samar- 
qandga olib kelindi. Amir Temur kutubxonasidan faqat saroy 
ahli emas, balki ilm-fanga qiziquvchi barcha kishilar ham foy­
dalandilar.
Temuriylar davrida barcha kitobxonlar foydalanishi mumkin 
bo‘lgan jamoatchilik kutubxonalari ham bor edi. Bulardan biri 
taniqli shayx Muhammad Pars tomonidan XV asr boshlarida 
Buxoroda tashkil etildi. Shuningdek, Movarounnahr, Xurosonda 
yirik olimlar, yozuvchilaming kutubxonalar tashkil etish ha- 
rakati avj oldi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Kamoliddin 
Behzodlaming kutubxonalari ana shunday kutubxonalardan edi.
Shunday qilib, XIII asrning boshlari va XIV asrning 70- 
yillarigacha bo'lgan davrda mug‘ullar istilosi tufayli rivojlanish- 
dan to'xtab qolgan musulmon renessansi o‘z taraqqiyotining 
yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Aniqroq qilib aytganda, XIV 
asming 70-yillarida sohibqiron Amir Temur hokimiyatga erishib, 
Samarqandni poytaxt qilib olgandan so'ng musulmon renes- 
sansining ikkinchi bosqichi boshlandi. Temur va temuriylar davrida 
sodir bo'lgan madaniy-ma’naviy yuksalish, birinchidan, Mo-

Qarang: 

Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish