o'zining mavjudligi bilan moddiy asoslarga borib taqaladi. Ular bilish
masalalarida sensualizm pozitsiyasida turishadi: aql, g ‘ayritabiiy
g'oyalarni inkor etishadi, barcha bilimlami faqat hissiy tajriba asosida
paydo bo‘ladi deb ta’kidlashadi.
Axloq masalalarida lokayatachilar gedonistlardir.
Ular hayotning
mazmun-mohiyatini
baxt-saodatda
deb bilishib,
uni lazzatlanish
m a’nosida tushunishadi.
Astikaga mansub falsafiy ta’limotlar
Yoga va yoginlar.
“Yoga” sanskrit tilidan olingan so'/. bo‘lib,
muvofiqlashtirish, birlashtirish, boshqarish degan ma’nolarga ega.
Texnik termin sifatida ishlatilganda azob-uqubatdan qutulish sistemasini
ariglatadi. Yoganing bir qancha turlari mavjud:
Birinchisi jiyana
— yoga yoki bilish egasi bo'lib, unga muvoflq ozod
bo‘lish uchun atmanning mavjudligini, olamning
illyuziya ekanligini
tushunib yetish kifoya.
Ikkinchisi Radja -
yoga yoki “shohona yoga” o‘z ichki olamiga
chuqur kirib borish texnikasini ishlab chiqqan.
Uchinchisi Karma
- yoga zaruriy, munosib amalni o ‘rgatadi.
Karma yoganing mohiyati dunyo ishlaridan voz kechib, butun
e'tiborni atman-braxmanga qaratish, uni sevishdan iborat, ya’ni unda
xudoga muhabbat targ‘ib qilinadi. Xudoni sevish — bu turmush tarzi.
Yogada bilim “ko‘nikish,
halollik, birovga zarar yetkazmaslik,
chidam, samimiylik., ustozni ulug'lash, o ‘zini tuta bilish, mustahkam
irodalilik, hissiyot manbalaridan yuz o ‘girish, takabburlikdan xolilik
demakdir, ayni paytda, tug'ilish kasallik, qarilik, o'lim ning
kulfat
ekanini tushunish, dunyo ne’matlaridan voz kechish, xotinga, o'g'ilga,
uyga
bogManib
qolmaslik,
fikrda
doimo
muvozanatda
bo'lish
demakdir”52.
Yoga mashqlarini bajarishdan maqsad aqldan voz kechish, ma'no-
mazmunsiz ehtirosga sho‘ng‘ish.
Vedanta
vedalar va upanishadlar avtoritetiga tayangani holda, ulami
rivojlantiradi, tizimlashtiradi va yakunlaydi (Vedanta so'zining ma’nosi
- “vedalar yakuni” ekanligi bunga ishora qiladi). Vedanta keng m a’noda
Braxman va Atman haqidagi ta ’limotlar, diniy-falsafiy maktablar
majmuasidir. Mazkur falsafiy sistema braxmanizm o'rniga kelgan va
hozirga qadar mavjud. Induizm uchun g'oyaviy asos hisoblanadi.
Vedanta xudoni olam yaratuvchisi deb qabul qiladi.
Unda oliy haqiqat
^
А нтология м ировой философии. В 4-х т.т. Т .1 ., 4 .1 . -М .: М ы сль, 1969. С. 107.
45
deganda, xudoni kishilarning g ‘ayritabiiy ravishda anglashi, o‘zi uchun
kashf qilishi, borliqning va inson hayotining mohiyatini tushunishi
nazarda tutiladi. Vedantada inson ma’naviy olamida Atman-Braxman
siymosi ustuvorligi, jonning tana o'lganidan keyin ham yashashi tan
olinadi.
Mimansada,
Vedantadan farqli o‘laroq,
xudoning olam yaratuvchisi
ekanligi inkor qilinadi, lekin dxarma, karma, qayta tug'ilish, boshqa
olamlar va g‘ayritabiiy narsalaming mavjudligi e’tirof etiladi hamda
ularning sababi muqaddas va abadiy vedalarda deb tushuntiriladi.
Vedalar muqaddas kitoblardir, ulaming inson tomonidan yaratilganligini
isbotlab bo‘lmaydi, shuning uchun ularni mangu deb qabul qilish zarur5j.
Mimansada bilishning olti vositasi farq qilinadi: idrok,
xulosalash,
dalillash, analogiya, faraz va faktning (hodisaning) yo‘qligi. Idrok -
nosoz bo‘lmagan hissiy organlaming obyektlar bilan to ‘qnashishi
natijasida hosil bo‘ladigan bilim. Xulosalash Atmanga xos bo‘lib, unda
bilim predmet xususiyatidan aql yordamida keltirib chiqariladi. Dalillash
mangu vedalardan hosil qilinadigan bilim. Analogiya kam o ‘rganilgan
predmet to ‘g ‘risida uni shunga o ‘xshash, lekin yaxshi o‘rganilgan narsa
bilan qiyoslash yordamida bilim olish usulidir. Farazda tushunib
bo‘lmaydigan hodisa mavjudligi taxmin qilinadigan narsa yordamida
tushuntiriladi (masalan, to ‘lishib ketayotgan
odamning kunduz kuni hech
narsa yemaganini kuzatishadi va semirishining sababini faqat kechasi
to‘yib ovqatlansa kerak, degan faraz asosida tushuntirishadi). Agar mana
shu beshta bilim vositasi mavjud predmetlarni bilishga ojizlik qilsa, unda
oltinchisi — faktning yo‘qligi qayd etiladi (masalan, stol ustida turgan
narsani odam payqamay qolganda ana shu holat ro‘y beradi)54.
Mimansa vedalardagi so‘zlaming abadiyligini mutlaqlashtiradi,
y a’ni ulami vedalar singari mangu deb hisoblaydi hamda ular
mavjudligini ilohiy sabab bilan bog‘lamaydi. Xudo, garchi u mavjud
bo‘lganida ham, tanasizdir va shu sababli u yeda so‘zlarini ayta
olmaydi55.
Nyaya
falsafiy sistemasida ham bilish masalasi ustuvordir. Unda
inson hayotining m a’no-mazmunini bilish muhimligi ta’kidlanadi
va ana
shundan kelib chiqib, maqsad belgilanadi. U bilishning manba va
shakllarini, ayniqsa, bilish obyektini mantiqiy isbotlash qoidalari asosida
tadqiq etishdan iborat. Nyayada uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
53 А н тология м ировой ф илософ ии. В 4-х т.т. Т. 1., Ч. 1. —М .: М ысль. 1969
.
С. 156
.
54 0 ‘sha joyda: С. 151.
55 Н и ж н иков С.А. И стори я философ ии. Курс лекций. —М .: “Э кзам ен ”, 2004. С .34.