braxmanlar
(“braxmana” -
braxmanni tushuntirish) bo‘lib, ular samxitlarga mifologik tushuntirishlar
va marosimlar bayonidan iborat. Gimnlarni shoirlar to ‘qishgan b o isa ,
braxmanlami kohinlar yaratishgan. Braxman tarkibiga
Aranyaki
(“0 ‘rmon kitobi”) kiradi. U o ‘z uyini tashlab chiqib ketgan
tarkidunyochilarga m o‘ljallab bitilgan. Ular amaliyotchi bo‘lishlariga
39
Iqtibos quyidagi m anba ho'yicfia: Н иж пиков С. А. И стория ф илософ ии.
К ур с
лекций. —М.: Э кзам ен, 2004. - С . 29.
34
qaraganda, ko‘proq aqliy mushohada yurituvchilardir. Aynan shular
braxmanlar marosimlari bilan upanishadlar falsafasini bog‘laydigan
bo‘g‘in bo‘lishgan.
Veda adabiyotining turi bilan hayot kechirish bosqichlari o‘rtasida
muayyan muvofiqlik bor. Xususan, samxitlar vedalarni ustoz uyida
o Lrganishni boshlagan o ‘quvchining ta’limi asosini tashkil etadi.
Braxmanlar oilada yashayotgan va barcha marosimlarni bajarayotgan uy
egasi maqomida hayot kechirayotgan inson uchun m o‘ljallangan.
Aranyaki tarkidunyochilar uchun m o‘Ijallangan, ulardan m a’lum bir
vaqtda upanishadlar ajrab chiqqan. U qashshoq sayyoh uchun bitilgan
boMib, qashshoqlik upanishadlar va umuman, butun Hindiston ma’naviy
madaniyatidagi idealdan iborat.
Oriylaming
ilk
dunyoqarashi
mifologik
tabiatga
ega
va
k o‘pxudolikka asoslanadi. Rigvedada uch mingdan ko‘proq xudolar
nomi mavjud. Oriylar mifologik dunyoqarashining qadimgi qatlami
matriarxatga borib taqaladi. Aditi Pritxivi (“Cheksiz ona-yer”) 12
o ‘g‘ilga ega. Varuna - tungi yulduzli osmon ifodasi (Elladada bu - Uran)
va ayni paytda, tun hukmdori. Mitra - kun boshqaruvchisi, Aryaman -
o ‘lgan ajdodlar ruhlarining boshqaruvchisi, Soma — oy xudosi, Vayu —
shamol xudosi, Yama - o ‘lim va adolatli sud xudosi, Ushas - tong
xudosi va h.k. Dunyo (jagat) uch olam (loka)dan tashkil topgan deb
tushuniladi. Agan - Yemi, Indra — havoli makonni, Surya - osmonni
boshqaradi. Inson - xudolar ijodi mahsuli, u tabiatning bir bo‘lagi. Tana
o ‘ladi. jon yashashni davom ettiradi, boshqa tanalarga ko‘chib o‘tadi; u
sam ara
deb ataladi.
Dxarma
— dastlab, qonun va adolatli sud xudosi, keyinchalik
qonunning o‘zi. Har bir vam a o‘z dxarmasiga ega. Insonning xulq-atvori,
qurbonlik qilishi, o ‘z varnasining qonunlariga bo‘lgan munosabatiga
qarab joni yo quyi, yo yuqori varnaga ko ‘chib, qayta tug'iladi.
Boshqacha aytganda, jon uning egasining xulq-atvoriga qarab jazolanadi
yoki rag‘batlantiriladi. Xudoning jondan qasos olishi qonuni
karma
deb
ataladi.
Vedalarda ifoda etilgan fikrlar mifologik dunyoqarashdan falsafiy
dunyoqarashga o ‘tishni o‘zida aks ettiradi.
Vedanga -
vedalaming tarkibiy qismi, u
smiriti
(eslab qolingan),
inson tafakkuri mahsuli. Unda bilimlar to‘plangan. Aql - vedalarda
yuqori baholangan sifat bo‘lib, u odamlarga va xudolarga xos, deb
ta’kidlanadi. Rigveda xudolari donishmandlardir. Ular orasida Brixaspati
— xudolar ustozi, Dxanvatari — shifokor, Dxarma - qonun xudosi,
35
Sarasvati - notiqlik xudosi; fan va san’at himoyachisi b o ig an xudoiar
ham bor.
Vedalar davrida dastlabki ilmiy tasavvurlar, xususan, geometrik
o ‘lchamlar, arifmetik hisoblar, xususan, o ‘nlik sanoq sistemasiga oid
fikrlar mavjud bo'lgan. Ilk upanishad davridayoq vujudga kelgan ilmiy
bilim kurtaklari mifologik dunyoqarashdan keyingi hind falsafasining
ikkinchi m a’naviy manbai bo‘lib xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |