A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Upanishad
(atrofida o ‘tirish) ustoz oyog‘i oldida o ‘tirib bilim olishni 
bildiradi. Bu upanishadga mansub asarlarda ko‘rsatmalar, o ‘gitlar 
ko‘pligidan dalolat beradi. Ayni paytda, upanishadalarda shoh saroyidagi 
disputlar, suhbatlar o‘z aksini topgan. Upanishadlar soni 200 tadan 
ko‘proq. Ulardan ba’zilari she’r, boshqalari proza, uchinchi bir turlari 
aralash ko‘rinishda bitilgan. Upanishadlar ikki yarim ming yildan 
ko‘proq vaqt davomida yaratilgan (eramizgacha ikkinchi ming yillik 
oxiridan boshlab eramizning ikkinchi ming yillari o ‘rtalarigacha). 
Upanishadlar mualliflari ismlari yashirilgan, lekin unda real shaxslar, 
xususan, braxmanlar va bilimli kshatriylar harakati sezilib turadi.
Upanishadlar vedalarga talqinlar bo ‘lib xizmat qilgan. Shuning 
uchun ham ularni 
vedanta
(vedalar oxiri, yakuni) deb atashgan. 
Keyinchalik bu termin manbaini vedalar tashkil etadigan falsafiy 
maktabga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘ldi (Vedanta falsafiy maktabi). 
Upanishadlarda vedalarda ilgari surilgan fikrlar rivojlantiriladi. Masalan, 
Rigvedadagi Purusha gimni va kosmogonik gimnlarda ifodalangan 
dunyoning tuzilishi to ‘g ‘risidagi fikmi olaylik. Purusha gimnida 
antropomorfizm g ‘oyasi aks etadi. Ming boshli, ming ko‘zli, ming oyoqli 
Purusha gavdasi bilan yemi yopib, o ‘nta barmog‘iga tayanib, ko'kka 
ilgarilaydi. Purusha barcha mavjud narsalami yaratadi va boshqaradi. Bu 
upanishadlarda yagona boshlang‘ich asos-substansiya g ‘oyasining 
shakllanishiga turtki beradi va u kosmogonik gimnda aks etgan: 
“Yagona, butun narsa nima edi... Uni Indra, Mitra, Varuna, Agni... deb 
atashadi. Borliq yagonadir, donishmandlar uni turlicha atashadi”40.
Upanishadlarda ongning to ‘rt holati ajratilib, tavsiflanadi: uyg‘oqlik, 
uyqu, chuqur uyqu (tushsiz) va so f ong -
turiya.
Shuningdek, 
upanishadlarda “hayot nafasi” tushunchasi 
(pranlar
) muhim o Lrin tutadi. 
Asta-sekin jonning ko‘chib yurishi konsepsiyasi 
{sansara),
o ‘tmishdagi 
xulq-atvor, amallar uchun javob berish 
(karma)
to‘g ‘risida qarashlar 
shakllana boradi. Taqdimi aynan karmaning belgilashi aytib o‘tiladi. 
Insonning xulq-atvorini, axloq qonunini 
dxarma
belgilaydi.
40 А н тология м ировой ф илософ ии. В 4-х тт. Г. 
I
, ч Л . —М.: М ы сль, 1969. —1С .71.
36


Yuksak maqsadlarga insonni eltadigan narsa - bu biJim; 
upanishadlar hissiy bilim emas, balki aqliy mushohada natijasidir. 
Bilimga magiya kuchi xos deb sanaladi. Upanishadlarda birinchi o‘ringa 
ikkinchi darajali xudo
-Braxman
ko‘tariladi: “Kim braxman ekanligini 
bilsa, upanishadlar butun borliqdan iborat bo ‘lib qoladi. Hatto xudolar 
ham unga qarshilik ko'rsata olmaydi. Chunki u ularning atmani bo‘lib 
qolgan. Kimda-kim boshqa xudoga ta’zim qilsa va “men bir narsa, u 
boshqa narsa” desa, u bilimli emas”41. Braxman — tanasiz birlamchi 
sabab, borliqning boshlang‘ich asosi. Braxman — bu butun dunyo.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqadi: mutlaq bilim 
insonning ozod bo‘lishi, ya’ni o ‘lmas, mangu hayot kechirishi, o ‘z- 
o ‘zini, individual “Men”ini ilohiy kuch - “Braxman” bilan birlashtirishi
“Men Braxman” degan fikrda bo‘lishidan iborat.
Atman
ham upanishadlardagi markaziy tushunchalardan biridir. U, 
birinchidan, 
tanani, 
ikkinchidan, 
“M en” 
atamasini, 
uchunchidan 
individual borliqning subyektiv, ma'naviy asosini - jonning jonlanishini 
anglatadi. Hind old falsafasining xarakterli xususiyatlaridan birini aynan 
ana shu tushuncha tashkil etadi. “Atman” (ap - nafas olish, at -
harakatlanmoq) tushunchasi insonning doimo harakatda ekanligini, 
faolligini, shu jumladan, jonning harakatini ifoda etadi. Braxman -
Atman barcha mavjudotning genetik-substansial asosi hamda yakuni, 
yagona, abadiy, o‘zgarmas mohiyat. Bundan tashqari, ularning har 
ikkalasi 
purusha
bilan bir xil. Masalan, upanishadlarda purusha “ barcha 
narsaning ichiga kirib boruvchi Braxman sifatida tavsiflanadi”42.
Upanishadlarda mifologiyaga xos xususiyat - subyekt bilan obyekt- 
ning qorishtirilib yuborilishi kuzatiladi: upanishadlarda ta’kidlanishicha, 
Men - butun borliq; agar atman bilib olinsa, barcha mavjudot bilib 
olingan bo‘ladi.
Hayotning oliy maqsadi - hayot davomidayoq atman-braxman bilan 
qo‘shilib ketish, sansaradan ozod bo‘lish, “Braxman dunyosi”ga o4ish 
(o'limdan keyin). Bu o‘g ‘illardan, boylikdan voz kechishdan iborat: 
“ Boylik doimiy emas, chunki abadiy bo‘lmagan narsa bilan mangu 
narsaga erishib bo‘lmaydi”43. Upanishadlar “harakat, sadaqa, hallollik, 
kuch ishlatmaslik, to‘g ‘riso‘zlik”ni targ‘ib qiladilar. Pradjapatining o‘z 
farzandlariga uchta vasiyati bor: “Ehtiroslarni bosish, kambag‘allarga
41 А нтология м ировой философии. В 4-х тт. Т. 1, ч.1. —М.: М ы сль, 1969.-С .82.
42
0 ‘sha joyda: -С .8 1 .
43 Q ‘sha joyda: - С . 90.
37


sadaqa berish, yaqin kishiga hamdard bo‘lish”44. Haqiqiy braxman — bu 
atmanga erishgan; qaramlikdan, bog‘liqlikdan, qayg'udan, hasaddan, 
umiddan ozod bo‘lgan; bosiq, sog‘lom fikrlaydigan, aldanmaydigan, o ‘z- 
o‘zini anglagan odam. Braxman yo‘li - bu “xudolar yo‘(i”. A n’anaviy 
marosimlami bajarish yo‘li — ajdodlar yo‘li, sansara va karma yo'li, 
mashaqqatli dunyoda mangu qolish yo‘li.
Upanishadlar dunyoqarashida ham idealizm, ham materializm 
elementlari mavjud: boshlang‘ich asos — ovqat, suv, vaqt, fazo, shamol, 
yorug‘lik, yer birgalikda materiya 
(prakriti
) bo"lib. butun mavjudot 
sababchisidir. Zero, bu 
asuralar
(demonlar, farishtalar) fikri. Xudolar 
ulami inkor etadi.
“Bxagavadgita”..
Eramizgacha birinchi ming yillik o‘rtalarida 
himarmandchilikning qishloq xo‘jaligidan ajralib chiqishi natijasida 
savdo-hunarmandchilik markaxlari — shaharlar, pul-tovar munosabatlari 
paydo bo ‘la boshladi. Kastachilik inqirozga yuz tuta bordi: vayshlaming 
kshatriylarni ularning braxmanlarga qarshi kurashida qo‘llab-quvvatlashi 
natijasida jamiyat hayotida braxmanlaming mavqei pasayib, kshatriy- 
laming mavqei kuchayadi. Bu davrda o‘ntadan ko'proq kshatriylar 
davlati paydo bo‘ladi, ulardan esa, Magatxa davlati barpo bo ‘ladi. Ammo 
bu hindlaming birlashishiga olib kelmaydi. Birlashish hindlaming 
oltinchi dinastiyasi - Maurya davrida, davlatni Ashoki boshqargan 
paytda (eramizga qadar 273-232-yy.) sodir bo‘ladi.
Kshatriylar jamiyatni boshqargan davrda braxmanizmga muxolifatda 
bo'lgan ilk falsafiy sistemalar paydo bo‘la boshlaydi. Ularning 
muhimlaridan biri “Bxagavadgita”dir. U 18 jildlik “Maxobxorot”ning 
oltinchi kitobining bir qismidan iborat bo‘lib, unda “bxartlar jangi” 
hikoya qilinadi. Bu qism pandavalar (Pandu shoh bolalari) va kauravalar 
(pandavalaming amakivachchalari) o ‘rtasidagi jangga tayyorlanishni 
tasvirlashdan boshlanadi. Pandavalaming qo‘mondoni Arjuna shubha 
ostida qoladi. Bu shubhani uning jangovor g ‘ildirakdoshi Krishna -
Vishnu xudosining gavdalanishi, siymosi tarqatadi. Arjuna shubhasining, 
qo‘rquvining asosini quyidagi mulohazalar tashkil etadi: oldinda turgan 
jangda u va aka-ukalari o ‘z qarindoshlarini urib-yiqishi kerak; biroq o ‘z 
um g‘ini yiqitib, u taxtli bo‘la olmaydi-ku?! “Axir urug‘ning halokati 
bilan birga, urug‘chilik qonunlari ham barham topadi-ku?!” Qonunlar 
o ‘limi butun urug‘ning baxtsizligiga olib keladi, baxtiqarolik qaror 
topadi, urug' ayollari buzilib ketadi, bu esa kastalaming qo‘shilib 
ketishiga, 
“xalq qonunlarining yo‘qolib ketishiga” olib keladi.
44 А нтология м ировой ф илософ ии. В 4-.\ тт. Т.1, ч.1. -М .: М ы сль, 1969. - С . 91.
38


Krishnaning bunga bergan javobida zarur amal, yoga va yoginlar, 
Braxman haqidagi ta ’limotlarni ajratish mumkin.
Zarur amal haqidagi t a ’limotda
Krishna Arjuni kamqalblikda 
ayblaydi hamda jangning kshatriylar burchi (dxanna) ekanligini eslatadi. 
Arju undan so'raydi: “Donolikni amaldan, harakatdan yuqori qo‘ya turib, 
nega meni dahshatli ishlarga undaysan?”. Unga javoban Krishnu harakat, 
faollik bilan ozodlikning o‘zaro munosabatini tushuntirib ketadi. Uning 
fikricha, inson barcha turmush urinishlaridan ozod bo'lib, dunyo 
lazzatlaridan voz kechib, ular bilan bog‘lanib qolmasdan o‘z burchini 
bajarishi, zarur amalni sodir etishi lozim. Bunda u o ‘z harakati, amali 
natijalaridan, 
ya’ni 
lazzatlardan 
I'o rig" 
bo‘ lishi 
kerak. 
Demak, 
“Bxagavadgita”ning axloqiy ideali - inson turmushning mayda-chuyda 
tashvishlari bilan, ne’matlar lazzati bilan o ‘ralashib qolmaslik, barcha 
tashvishlardan ozod bo‘lgan holda, zarur amallarni ado etish. Unda ozod, 
qat’iyatli, takabbursiz inson hayot ne’matlari bilan o ‘ralashib qolgan, 
hasadgo‘y, порок odamga qarama-qarshi qo‘yiladi. Mazkur ta’limotning 
ratsional mag‘zi aynan ana shunda45.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish