A n t ik d a V r fa L sa fa si


Takrorlash uchun savollar



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Takrorlash uchun savollar
1. Qadimgi Bobilda ijtimoiy-tarixiy vaziyat qanday edi?
2. Qadimgi BobiJdagi ilk ilmiy tasavvurlar haqida nimalami bilasiz?
3.Qadimmigi Shumer va Akkad-Bobil mifolgiyalarida qanday 
dunyoqarash masalalari ko‘tarilgan?
4. Gilgamesh 
eposida hayot va o ‘lim 
masalasi 
muhokama 
etilishining ahamiyati nimada?
5. Qadimgi Misr mifologiyasining o‘ziga xosligi nimada?
6. Qadimgi Misrda shakllangan dastlabki ilmiy bilimlarning amaliy 
ahamiyati nimalarda namoyon bo'ladi?
7. Qadimgi Misr lirikasining mifologiya bilan bog‘liqligi nimada 
ko‘rinadi?
8. Qadimgi Bobil va Misr old falsafasining sotsioantropomorfik 
dunyoqarash, ilmiy bilim kurtaklari va mantiqiy tafakkurning 
z i d d i y a t l i
birligi ekanligini qanday tushunasiz?
9. Turon va Eronda falsafagacha bo‘lgan fikrlar qanday edi?
32


QADIMGI SHARQ FALSAFASI
QADIMGI HINDISTONDA FALSAFIY FIKRLARNING
YUZAGA KELISHI
Qadimgi hind tarixini olti davrga boMishadi: 1) Industan aborigen- 
larining ibtidoiy jam oa tuzumi; 2) Ind vohasida Xarappi va Moxenjo- 
Daro hind old sivilizatsiyasi (eramizgacha ikkinchi ming yillikda); 3) 
eramizdan avvalgi ikki minginchi yillar o ‘rtalarida Ind va Gang vohasiga 
shimoli-g‘arbdan ko‘chib kelgan oriylar ibtidoiy qabilalari davri; 4) 
eramizgacha birinchi ming yillikning birinchi yarmida oriylarning bir- 
biri bilan kurashgan bronza asri ilk quldorlik davlatlari davri; 5) 
Magadxa davlatining yuksalish davri (eramizgacha birinchi ming 
yillikning o ‘rtasi); 6) Maurya davlatining yuksalish davri (eramizgacha 
322-185-yillar).
Bu davrlar Qadimgi Hindistonning siyosiy jihatdan ibtidoiy 
tuzumdan quldorchilik tuzumiga o ‘tishi, davlatchiligining shakllanishi; 
iqtisodiy jihatdan 
mehnat taqsimotining 
chuqurlashuvi, 
xo'jalik 
faoliyatining tarmoqlashuvi, tovar-pul munosabatJarining paydo bo'Iishi; 
ijtimoiy sohada sotsial tabaqalashuvning kelishi; ma’naviy hayotida esa 
mifologiyaning rivojlanishi va falsafiy sistemalarning yaratila borishi 
bilan xarakterlanadi.
Xususan, qadimgi hind jamiyati sotsial strukturasi xalqning turmush 
tarzi, ma’naviy hayotiga katta ta’sir o‘tkazgan. Uning xarakterli 
xususiyatlaridan biri varna (Yevropada u kasta degan nom bilan 
ataladi)larga bo' linishidir. Ular braxmanlar, kshatriylar, vayshlar, 
shudralar bo‘lib, har bir varna o'zining ramziy rangiga ega: braxmanlar — 
oq, kshatriylar — qizil, vayshlar - sariq, shudralar - qora rangda. Har bir 
varna kishilarning o ‘z-o‘zi bilan chegaralangan yopiq guruhidan iborat 
bo‘lib, jamiyat hayotida aniq o'm iga va mavqeiga ega; nikohlar ham 
varna ichida tuzilgan, varnaga mansublik avloddan avlodga o‘tgan. 
Vamalaming faoliyat yuritish turi ham belgilab qo‘yilgan: aqliy mehnat 
bilan oliy tabaqa — braxmanlar (kohinlar), harbiy ish bilan — kshatriylar, 
yer ishlari, hunarmandchilik, savdo bilan - vayshlar; og‘ir jismoniy 
ishlar bilan — shudralar shug'ullanishgan. “Braxman” (shavkatli hayot) 
so‘zi qadimgi hindlaming bosh xudolaridan birining nomidan olingan. 
“Kshatriy” so'zi “kish” — egallamoq, egallash, boshqarish fe’lidan 
olingan. 
“Vaysh” 
sodiqlik, 
bog'liqlik, 
degan 
m a’nolarga 
ega. 
“Shudra”so‘zining ma’nosi va kelib chiqishi noaniq. Dastlabki uchta 
varna oriylardan tashkil topgan. Ular uchun jamiyatda bilim o‘choqlari,
33


eshiklari ochiq edi. Hokimiyat, boshqaruv ishlari braxmanlar qoTida 
boigan.
Hindistonda 
falsafagacha 
bo‘lgan 
fikrlar 

ta 
manbada 
mujassamlashgan: vedalar (veda-muqaddas bilim). Maxobxorot (18 
kitobdan 
tarkib 
topgan 
epik 
asar; 
falsafiy 
g‘oyalar, 
asosan, 
Mokshadxarma - qutulish, saqlanish yo‘lida, o ‘z ifodasini topgan), 
Bxagavadgita (Uohiy qo'shiq) va Anugite. Hozirgi hind faylasufi -
Aurobindo Gxoshning ta’kidlashicha, “Maxobxorot” -y a k k a , indivudual 
ong emas, milliy ong ijodi. “ U xalqning o ‘zi to ‘g ‘risida yozgan 
poemasidir”39.
Qadimgi hind falsafasi evolyutsiyasi to ‘rt davrga bo‘linadi.
1. Veda davri (eramizdan avvalgi 1500-600-y.). Bu davr oriyiaming 
joylashishi 
va 
ular 
madaniyatining 
yoyilishi, 
“o ‘rmondagi 
universitetlar”ning paydo bo‘lishi davri.
2. Epik davr (eramizdan avvalgi 600-200-y.) - ilk upanishaddan 
darshanlar, ya’ni falsafiy sistemalargacha bo‘lgan davr. Bu davrda 
buddizm, jaynizm va boshqa ko‘plab diniy ta’limotlar paydo bo‘ladi.
3. Sutra davri (eramizdan avvalgi 200-y. - eramizning II asri 
boshlarigacha) - qisqa va umumlashgan falsafiy ta ’limotlar-sxemalar 
shakllanishi davri. Sutralarni talqinsiz tushunish qiyin. Bunday talqinlar 
anchagina bo‘lib, ular k o‘p hollarda asl manbalardan kam ahamiyatga 
ega boim agan muhim falsafiy matnlardir.
4. Sxolastik davr (eramizning II asridan boshlanadi). U mohiyatan 
avvalgi davrga o ‘xshab ketadi.
Vedalar eramizgacha uchinchi ming yillikda yig‘ila boshlagan. 
Vedalar jami 4 ta: Rigvedalar — gimnlar to ‘plami, Samavedalar — 
(“Saman” qo‘shiqlar to ‘plami), Yajurveda - (yajus - qurbonlik qilish 
formulasi) 
qurbonlik 
qilishning 
formulalari, 
qoidalari 
to‘plami, 
Atxarvaveda (Atxarvak afsonaviy koxin nomi) - magiya va qasamlar 
to‘plami. Har bir veda adabiyoti samxitlardan, ya’ni matnlardan iborat 
bo‘lgan. Xususan, Rigvedalar 1028 gimndan tashkil topgan.
Veda adabiyotining keyingi bo‘limi 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish