A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Falsafadan 
oldingi 
qarashlar 
Dastlabki 
miflarda 
olam 
boshlang‘ich holatida xaosdan iboratligi, ulami tartibga keltiruvchi 
qarama-qarshi kosmik kuchlar - osmon (Yan) va Yer (In) kuchlarining 
mavjudligi, ularning yengil zarrachalaridan Osmonni, og‘irlaridan Yemi 
yaratishi to ‘g‘risidagi fikrlar o ‘z ifodasini topgan. Boshqa bir mifga 
ko‘ra, xaosni tartibga keltirgan va olam strukturasini shakllantirgan kuch 
g ‘ayritabiiy insondir (Pan-Gu). Xususan, u osmonni yer ustiga ko‘taradi. 
Dunyoning tuzilmasi o‘lgan Pan-Gu tanasi qismlaridan, shamol va bulut 
uning uxlashidan, momoqaldiroq uning ovozidan, Quyosh chap 
ko‘zidan, Oy o ‘ng ko‘zidan, olamdagi to ‘rt mamlakat uning oyoq- 
qo‘llaridan, daryolar qonidan, y o ila r tog‘ayidan, tuproq tana etidan, 
yulduzlar sistemasi boshidagi sochlari va m o‘ylovlaridan, o‘tlar, gullar, 
daraxtlar teri va tanadagi tuklardan, metallar va toshlar tish va 
suyaklaridan, yom g‘ir va shudring terdan, chaqmoqlar к о ‘z yaltirog‘idan 
tashkil topgan. Pan-Gu tanasidagi parazitlardan odamlar paydo bo‘lgan 
va shamol ulami turli joylarga tarqatib yuborgan. Bu Qadimgi 
mifologiyaga ham antropomorfizm xos ekanligini ko‘rsatadi.
Qadimgi Xitoy falsafasigacha bo‘lgan fikrlar “Qo‘shiqlar kitobi” 
(Shi-szin), “Tarix kitobi” (Shu-szin), “0 ‘zgarishlar kitobi” (I-szin), “ Urf- 
odatlar kitobi” (Chun-syu)da o‘z aksini topgan bo ‘lib, ular birgalikda 
“Besh kitob” (U-szin)ni 
tashkil 
etgan 
va u ilmli 
xitoyliklar 
dunyoqarashining asosini hosil qilgan.
50


“Shu-szirfda zikr etiladigan dunyoning besh boshlang'ich asosi: 
suv, olov, daraxt, metall, yerga e’tibor qarataylik. “Suvning (doimiy 
tabiati) xususiyati — ho'llik va pastga qarab oqish, olovniki — yonish va 
yuqoriga ko‘tarilish, daraxtniki - egilish va to‘g ‘rilanish, metallniki -
(tashqi ta’sirga) bo‘ysunish va o'zgarish, yerning xususiyati esa shunda 
namoyon bo‘ladiki, ekin-tekinlarni qabullaydi va hosil beradi”59. Shu 
bilan birga, tabiatning beshta hodisasi — yom g'ir, quyosh shu’lasi, issiq, 
sovuq, shamol alohida qayd etiladiki, ularning o ‘z vaqtida va m e’yorida 
bo‘lishi aholining farovonligini ta'minlaydi. Tabiatning bu hodisalari 
ijtimoiy 
voqealar, 
axloq 
bilan 
bog‘lanadi. 
Xususan, 
ular 
boshqaruvchining, 
davlat 
rahbarining 
xulq-atvori, 
mamlakatdagi 
o ‘rnatilgan tartib, boshchining donoligi, ehtiyotkorligi, oldindan ko'ra 
olish qobiliyatiga bog‘liq.
“I-szin” ( 0 ‘zgarishlar kitobi) qadimgi Xitoydagi afsonaviy davlat 
boshlig‘i Fu-Si nomi bilan bogMiq. U - xitoy yozuvi asoschisi. Xalqni 
baliq ovlashga o ‘rgatgan. Fu-Si ot-ajdarho belida rasm ko‘radi va uni 8 
ta trigrammada aks ettiradi. Yan va Inning uchtadan qo‘shilishi aynan 
ana shu 8 ta trigrammani keltirib chiqaradi. Bunda uch Yan — 
osmonning, uch In — Yerning ramzi bo‘lib hisoblanadi. Oradagi olti 
trigramma osmon suvi, osmon olovi, momoqaldiroq, shamol, yerdagi suv 
va havoni bildiradi. Yan va In yalpi va uzilgan chiziqlar bilan 
ko‘rsatiladi. 
Masalan, 
ikki 
yalpi 
(biri 
ikkinchisining 
ustiga 
joylashtirilgan) chiziq katta Yan - Quyosh va issiq, ikki uzilgan chiziq -
katta In — Oy va sovuqning ramzidir. Kichik Yan (yalpi chiziq ustidagi 
uzilgan chiziq) - kunduzgi yorug‘lik. Kichik In (uzilgan chiziq ustidagi 
yalpi chiziq) - tun ramzi. Quyoshli In va Yan uch martalab 8 ta 
trigrammani (Ba-Guani) hosil qiladi. “Osmon 5 ta boshlang‘ich asosni 
yaratadi”, degan fikr asoslanadi.
Qadimgi 
Xitoyda 
falsafagacha 
bo‘lgan 
fikrlar 
matematika, 
astronomiya, 
tibbiyotga 
oid 
bilim 
kurtaklarini 
ham 
o'zida 
mujassamlashtirgan. Xususan, ular 30 000 gacha sanashni, Quyosh va 
Oy tutulishini bilishgan, astronomik hodisalarni Yerdagi sikllar bilan 
bog‘lashgan.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish