Xitoy falsafasining o‘ziga xosligi.
Xitoyda falsafa Xitoy tarixidagi
uchinchi davrda — Chjo-Lego (alohida davlatlar)da paydo bo‘lgan.
Keyingi davrda - Chjangoda esa rivojlangan. Bu davmi Xitoy
falsafasining oltin davri deb atashadi. Xitoy falsafiy tafakkuri
54 Iqtibos quyidagi m anba b o 4 ic h a : Ч аны ш ев Л.Н. К урс лекц и й по древней
ф илософ ии. -М .: В ы сш ая ш кола, 1981. - С . 30.
evolyutsiyasini tadqiq etgan Sim Tan otasi Sim Syanning "Olti maktab
to ‘g‘risida asosiy ko‘rsatmalar” asariga tayanib, avvalgi davrlar
faylasuflari maktablarini oltitaga ajratadi.
Birinchi maktab - “in-yan szya” yoki “in-yan” maktabi, natur-
faylasuflar maktabi nomi qadimgi xitoy kosmologiyasining ikki prinsipi
— in va yandan kelib chiqqan, xususan, in — ayollik asos, yan - erkaklik
asos. Xitoyliklar fikricha, barcha kosmik hodisalar ana shu in va yan
ning o ‘zaro ta’siri natijasida sodir bo‘ladi.
Ikkinchi maktab - “ju szya” yoki “olimlar maktabi”. G ‘arb
adabiyotida u Konfutsiya maktabi deb ataladi, lekin oku ieroglifi so‘zma-
so‘z tarjima qilinganda “ilmli odam”, “olim” m a’nolarini beradi. Mazkur
m a’noda qo‘llash qisman adashtiradi, chunki bu maktab vakillarining
nafaqat olim, balki mutafakkirlar ham ekanligi e’tibordan chetda qoladi.
Ular, awalam bor, qadimgi klassika muallimlari bo‘lishgan va shu tariqa,
qadimgi madaniy qadriyatlar merosxo'rlari edilar. Konfutsiy, shubhasiz,
bu maktabning yetakchi figurasi va haqli ravishda, uning asoschisi
hisoblanadi.
Uchinchi maktab - “mo szya” yoki moistlar maktabidir. U o‘zining
Mo-szi rahbarligida jips holdagi tashkillashuvi va qattiq intizomi bilan
ajralib turadi. Uning izdoshlari o‘z-o‘zlarini monetalar deb atashgan.
Mazkur maktab nomi, boshqalarinikidan farqli o‘laroq, Sim Tan
tomonidan kiritilmagan.
To‘rtinchi maktab - “min szya” yoki “ismlar”maktabi. Uning
vakillarini xitoylik tadqiqotchilar “ismlar” va “faktlar” deb atashgan
narsalar o'rtasidagi aloqalar va tafovutlar qiziqtirgan.
Beshinchi maktab — “fa szya” yoki legistlar maktabi. Fa ieroglifi
“qoidani”
anglatadi.
Bu
maktabning
g‘oyaviy
negizini
davlat
arboblarining yuritadigan siyosati, optimal boshqaruv olimlar ta ’kidlagan
axloqiy normalarga emas, qonunlar kodeksida tasdiqlangan normalarga
tayanishi kerak, degan fikr tashkil etadi.
Oltinchi maktab - “dao-de szya” yoki “Yo‘l va baxt-saodat
kuchlari”. Uning asosida mazkur maktab vakillari falsafasining
“noborliq” (Dao, yoki yo‘1) tushunchasi va uning individda insonning
tabiiy fozilligi sifatida mujassamlashuvi (ye) yotadi. Mazkur termin
“fozil odam” deb tarjima qilinadi, lekin uning har qanday yakka
predmetda yashirin tarzda mavjud “kuch” tarzida berilishi m a’qulroq.
Sim Tan “dao-de” deb nomlagan maktab keyinchalik g ‘arb adabiyotida
daos maktabi degan nom bilan ataladigan bo‘ldi. Bulaming ko‘pchiligida
hayot donishmandligi bilan bog‘liq amaliy falsafa, xususan, odobnoma,
52
boshqaruv masalalari ustuvor bo'lgan. Qadimgi Xitoy falsafasi kam
hollarda sistemaga solingan. Bu qadimgi Xitoy fanining va mantig'ining
kuchsizligi bilan belgilanadi60.
Konfutsiychilik. Bu maktab, falsafiy oqim Kun fu-szi, Men-szi va
Syun-szi nomlari bilan bog‘liq. Konfutsiy eramizga qadar 551-470-
yillarda yashab, ijod etgan. Uning vatani - Lu xoqonligi. U taniqli urug‘
vakili bo'lgan (otasi - uyezdlardan birining hokimi lavozimini egallab
turgan), ammo kamtarona turmush kechirgan. Yoshligida podachi,
qorovul bo'lgan, 15 yoshdan boshlab ilm bilan bog'langan. 50 yoshida
o 'z maktabini yaratgan. Shogirdlari ko'p bo'lgan, ular ustozining
mulohazalarini
va
o 'z
fikrlarini
yozib
borishgan,
natijada,
konfutsiyachilikning bosh asari - “Lun-Yuy” (suhbatlar va mulohazalar)
yaratilgan. Unda, asosan, axloq-odobga oid masalalar muhokamasi
mavjud.
Osmon va ruhlar.
Osmon - oliy kuch. U yerdagi adolatni kuzatib
turadi. “Shi-szin” dan farqli o'laroq, osmon, Konfutsiy fikricha, abstrakt
va shaxssiz. Osmon — bu taqdir, rok, dao. Konfutsiy ruhlardan uzoqroq
yurishni, tiriklarni o'liklardan yuqoriroq qo'yishni maslahat beradi va
savol qo'yadi: О
damlarga xizmat qilishni о ‘rganmasdan turib, ruhlarga
xizmat qilish mumkinmi?
Konfutsiyning diqqat markazida kishilarning o'zaro munosabati,
tarbiya kabi ijtimoiy masalalar turadi. Biroq uning mushohadalarida
bugungi hayot emas, o'tmish muqaddaslashtiriladi. Uningcha, hozirgi
paytda axloqni tushunadigan odamlar kam. Odamlar tanilish uchun
o'qishadi, nafratlarini namoyon qilishadi, janjallashishadi; ular o 'z
xatolarini tuzatishga qodir emas. Konfutsiy zamonni yomonlar ekan, eski
davrdagi axloqni tiklash zarur deb hisoblaydi.
Asosiy axloqiy tushunchalari: “Bir-birini qo'llash”, “O'rtachasi -
oltin”, "Insonni sevish” (bu to'g 'ri yo'lni -d a o n i tashkil etadi). O'rtacha
- oltin - bu odamlar xulqidagi o'zini tuta olmaslik bilan ehtiyotkorlik
o'rtasi, “insonni sevish - bu ota-onaga ta’zim, kattalarga hurmat”61.
Konfutsiy axloqning oltin qoidasini yaratgan:
“O 'zing xohlamagan
narsani boshqaga ravo ко ‘rma ”62.
Konfutsiy axloqiy normalarga og'ishmay amal qiladigan inson
obrazini yaratadi. U Syun-szi (yaxshi erkak)dir. Konfutsiy uni quyi
60 B u m asala b o 'y ich a to ‘laroq m a’Iumot olish uchun: Fung, Y u-Lan. A Short History
o f C hinese Philosophy (ed. D erk Bodde). N ew York: M acm illan, 2001. P.38-65.
61 А нтология м ировой ф илософ ии. Т.1. Ф илософ ия древности и средневековья.
4 . 1 . -М .: М ысль, 1969. С.193.
61
O s h a asar: В .94.
53
insonga qarama-qarshi qo‘yadi. Birinchisi, ya’ni Syun-szi burch va
qonunga amal qiladi. Ikkinchisi, Syayu-jen - hayotda yaxshi joylashish,
manfaat ko‘rishni o ‘ylaydi. Birinchisi - o ‘ziga talabchan. Ikkinchisi -
boshqalardan talab qiladi. Birinchiga katta ishlami ishonib topshirish
mumkin. lkkinchiga - yo‘q. Birinchisi boshqalar uchun o‘zini qurbon
qiladi. Ikkinchisi o‘z-o‘zini o'ldiradi. Yaxshi erkak uch narsadan
qo‘rqadi: osmon, ulug‘ odamlar, donishmandlar irodasidan.
Boshqaruv masalasiga to‘xtalib, agar rahbar yaxshilikka inti Isa. xalq
ham yaxshilikka intiladi, deydi.
Nom (ism)ni tuzatish —
Konfutsiyning o ’tmishni muqaddaslash-
tirishining
cho‘qqisi.
U
predmetni
uning
asl
m a’nosi
bilan
moslashtirishni bildiradi (o‘tmishdagi m a’nosi bilan), xususan, davlat
arbobi - davlat arbobi, ota - ota, o ‘g ‘il - o‘g ‘il bo‘lib qolishi kerak.
Nomni tuzatishdan maqsad - axloqni tuzatish, yaxshi xulq-atvomi
tiki ash.
Bilish - bu odamlarning bilim olishi vo‘lidagi harakati demakdir.
Bilimga ega kishi barchadan yuqori turadi. 0 ‘qish aqliy mushohada
yuritish, fikrlash bilan to ‘ldirilishi kerak: o‘qish va flkrlay olmaslik —
vaqtni behuda ketkazish demakdir.
Konfutsiy ta’limotining ijobiy tomonlaridan biri shundaki, u xalqni
boshqarishning asosiy vositasi deb shaxsiy namuna ko‘rsatishni,
ishontirishni biladi (zo‘rlashni emas).
Do'stlaringiz bilan baham: |