A. N. Samadov, O. S. Jumanov



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Yong‘oq  mevalar.  Yong„oq  mevalar  guruhiga  yong„oq,  o„rmon  va 
kedr  yong„oqlari,  funduk,  bodom,  pista,  er  yong„oq  va  kashtan  kiradi. 
Mevalardan farqli o„laroq, yong„oqning po„chog„i qalin, oqsil (10-25%) va 
yog„  (30-70%)  ko„p  bo„ladi.  yong„oq  mag„zi  shirin  va  o„ta  to„yimlidir. 
yong„oq
 
O„rta  Osiyo,  Kavkaz,  Qrim  va  Moldaviyada  o„sadi.  1  kg 
yong„oqning  kaloriyaliligi  8500  kkal  Uning  mag„zi  bevosita  ovqatga 
ishlatiladi,  konfetlarning  ustiga  sepiladi,  shuningdek,  xolva,  karamel 
nachinkasi  va  turli  sharq  shirinliklari  tayyorlashda  ham  ishlatiladi.  Xom 
yong„oqdan (po„chog„i hosil bo„lmasdan) murabbo qaynatiladi.  
Yong„oq  sentyabr  -  oqtyabr  oylarida  pishadi.  Bu  davrda  uning 


76 
 
tashqi qobig„i tusha boshlaydi. yong„oqning shakli, po„chog„ining
 
kattaligi 
va qalinligi faqat o„simlikning turiga emas, balki ob-havo sharoitiga ham 
bog„liq. Masalan, qurg„oqchilik yillarida yong„oq, odatda, mayda bo„ladi. 
yong„oq  mevasi  yirik,  o„rta  yoki  mayda,  qalin  yoki  yupqa  puchoqli 
bo„ladi. Yirik va po„chog„i yupqa yong„oq eng yaxshi hisoblanadi, chunki 
uning mag„zi barakali bo„ladi. yong„oq
 
mag„zi oqish-sariq, jigar rang yoki 
qoramtir  po„st  bilan  qoplangan  bo„ladi.  Po„sti  oqish  yong„oq  yaxshi 
sanaladi.  
Yong„oq
 
sifatiga  ko„ra,  oliy,  1-va  2-navlarga  bo„linadi,  navlar 
quyidagi  ko„rsatkichlarga:  tashqi  ko„rinishi,  po„chog„ining  rangi  va 
tuzilishi;  mag„zining  rangi,  ta‟mi  va  hidi;  yong„oqning  katta-kichikligi, 
quruq  po„choqli  va  dog„li
 
qobiqli  yong„oqlarning  bor-yo„qligi,  taxir, 
hasharotlar  tekkan-tegmagani  va  puch  yong„oqlar  bor-yo„qligi,  begona 
aralashmalar qanchalik qo„shilganligiga qarab belgilanadi.  
Funduk  o„rmon  yong„og„ining  madaniy  shaklidir.  U  Ozarbayjon, 
Gruziya, Qrim va Krasnodar o„lkasida ko„p o„stiriladi. Bu yong„oq o„rmon 
yong„og„iga  qaraganda  yirikroq,  puchog„i  xiyla  yupqa,  deyarli  mag„zi 
bilan  to„da  bo„ladi.  Fundukning  mag„zi  yuqori  kaloriyalidir.  Qandolat 
sanoatida  va  tabiiyligicha  ishlatiladi.  Sifatiga  ko„ra  funduk  oliy,  1-va  2-
navlarga  bo„linadi.  Krimskiy  funduk  yoki  Trapezund,  Badem,  Kerasund, 
Kudryavchik va Abxazskiy nav funduklar keng tarqalgan.  
Bodom O„rta Osiyo, Zakavkaze, Qrimda o„sadi. U ikki xil: shirin va 
achchiq bo„ladi; shirin xili bevosita oziq-ovqatga va bodomli pechene, tort, 
pirojniy  tayyorlash  va  boshqa  maqsadlarda  ishlatiladi.  Bodom  cho„ziqroq 
yoki  yalpoq  shaklli,  yirik  va  mayda,  yupqa  po„choqli  va  qalin  po„choqli 
bo„ladi.  Uning  mag„zi  oq,  ta‟mi  yoqimli,  salgina  xushbo„ydir.  Bodom 
savdoga  po„chog„i  bilan  va  po„chog„i  tozalangan  holda  chiqariladi. 
Sifatiga ko„ra bodom 1-va  2-navlarga  bo„linadi. Achchiq bodom ovqatga 
ishlatilmaydi,  chunki  unda  zaharlovchi  modda  -  omigdamin  bor.  Undan 
attorlik va ximiya sanoatida foydalaniladi.  
Pista yovvoyi holda O„rta Osiyo respublikalari, Zakavkaze, Qrim va 
Moldaviyada  o„sadi.  Ozarbayjonda  ham  bir  oz  o„stirilmoqda.  Pistaning 
qattiq,  ikki  pallali  po„chog„i  bo„lib,  ichiga  yashil-binafsha  rang  shirin 


77 
 
ta‟mli  mag„zi  joylashgan.  Yaxshi  pishgan  pistaning  po„chog„i  zehidan 
yorilib,  mag„zining  bir  uchi  ochiladi.  Pishgan-u  ochilmagan  xillari  ham 
bo„ladi, bu xili sifatli hisoblanmaydi, chunki uning mag„zini ajratish qiyin. 
Pista  mag„zi  qandolat  sanoati  va  kolbasa  ishlab  chiqarishda  ko„p 
ishlatiladi. Sara pista yirik, toza, hasharot tegmagan sal achchiq po„choqli 
bo„ladi.  
Araxis (er yong„oq) O„rta Osiyo respublikalari, Zakavkaze, Ukraina, 
Uzoq sharqda o„stiriladi. yong„oq
 
tuproq ostida pishib etiladi, keyin kavlab 
olinadi,  yuviladi  va  quritiladi.  Er  yong„oq  mevasi  burchoq  (dukkak)  dan 
iborat  bo„lib,  bir  yoki  bir  necha  bog„lamli,  bittadan  to„rttagacha  urug„i 
bo„ladi.  Mevaning  qobig„i  mo„rt,  sariq  rangli,  sirti  to„rsimon,  doni  oson 
ajraladigan jigarrang qobiq bilan qoplangan bo„ladi. Er yong„oqda 27-28% 
azot,  44-45%  yog„  va  boshqa  qimmatli  moddalar  bor.  Qovrilgan  er 
yong„oq  iste‟mol  qilinadi,  shuningdek,  yog„,  xolva  va  ba‟zi  bir  qandolat 
mahsulotlari  (tort,  pirojniy)  tayyorlashda  foydalaniladi.  Er  yong„oq 
navlarga ajratilmaydi.  
Kedr  yong‗og‗i  -  kedr  bujurining  urug„i  (yong„oqchasi)dir.  Sibir, 
Uzoq  sharq  va  Uralda  ko„plab  tayyorlanadi.  Mag„zida  yog„  ko„p  (62-
63%),  oqsil  ham  (16-18%),  u  xomligicha,  ovqat  yog„i  va  texnika  moyi 
hamda o„simlik suti ishlab chiqarishda ishlatiladi.  
Mevalar  quruq,  toza  va  hidsiz  yashik,  g„alvir  va  savatlarga 
joylanadi.  Uzoq  saqlashga  mo„ljallangan  mevalar  pomologik  va  tovarlik 
navlari hamda yirik-maydaligi va pishib etilish darajasiga qarab, navlarga 
ajratilgan  bo„lishi  lozim.  Olma  solinadigan  yashikning  sig„imi18-30  kg, 
nokniki  8-15  kg,  g„alvirning  sig„imi
 
10  kg  bo„ladi.  Har  turli  idishga  po-
mologik  va  tovarlik  navi  bir  xil  va  bir  o„lchamdagi  mevalar  diagonal 
bo„yicha qatorlab, shaxmat tartibida yoki to„kib solinadi. Olma va nokning 
yaxshi  navlari  ko„pincha  yupqa  qog„ozga  o„raladi,  qolgan  navlar  uchun 
kogoz
 
to„shaladi, osti va ustiga yupqa qatlam qilib, yog„och qirindisi yoki 
boshqa  shu  kabi  material  solinadi.  Olcha  va  gilos  6  kg  lik  g„alvir  yoki 
savatlarga joylanadi. /alvir juft-juft qilib bog„lanadi. shaftoli sig„imi
 
12 kg 
va o„rik sig„imi
 
kg gacha bo„lgan yog„och yashiklar va 6 kg lik g„alvirga 
solinadi; yirik o„rik yashik yoki g„alvirga qator qilib teriladi.  


78 
 
Saqlanish davomida mevalarda pishib etilish, o„ziga havo singdirish 
va bug„lanish jarayonlari yuz beradi. Bu jarayon qanchalik tez o„tsa, meva 
shunchalik  tez  buziladi.  Bu  jarayonlar,  ularning  intensivligini  susaytirish, 
mikroorganizmlarning 
rivojlanishini 
sekinlatish 
uchun 
mevalar 
saqlanadigan  binodagi  haroratni  0  dan  3°C  gacha  va  havoning  nisbiy 
namligini 85 dan 95% gacha saqlash kerak.  
Rezavor  mevalarni  quyosh  nuri  bevosita  tushmaydigan  salqin 
binolarda  1  dan  8
0
C  gacha  bo„lgan  haroratda  saqlash  maqsadga 
muvofiqdir.  Mevalar  maxsus  binolarda,  muzlatgich,  erto„la  va  yarim 
erto„lalarda  saqlanadi.  Barcha  turdagi  meva  saqlash  binolari  yaxshi 
jihozlangan, 
vaqtida 
remont 
qilingan, 
yaxshilab 
tozalangan, 
dezinfektsiyalangan  bo„lishi  lozim.  Ularda  o„zgarmas,  harorat  va  zarur 
nisbiy namlik saqlanishi zarur. Urug„li  mevalar (olma, nok, behi kabilar) 
va  xurmo  uchun  tabiiy  kamayish  me‟yori  yil  fasliga  shu  joyning  iqlim 
sharoitiga  qarab,  0,5-1,2%,  danakli  mevalar  uchun  0,7-1,3%,  rezavor 
mevalar  (zemlyanika,  malina)  uchun  1,4-2,4%,  ho„l  va  muzlatilgan 
yovvoyi  rezavorlar  (klyukva,  brusnika  kabilar)  uchun  0,7-0,8% 
belgilangan.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish