A. N. Samadov, O. S. Jumanov


Subtropik  va  tropik  mevalar



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Subtropik  va  tropik  mevalar.  Subtropik  -  tsitrus  mevalarga  anjir, 
anor,  xurmo;  tropik  mevalarga  banan,  ananas,  xurmo  kiradi.  Subtropik 
mevalar Zakavkaze respublikalari, O„rta Osiyo, Qrimda etishtiriladi, tropik 
mevalar esa bizning mamlakatimizda o„smaydi.  
Tsitrus  ekinlarga  apelsin,  mandarin,  limon  va  greyfrutlar  kiradi. 
Ularning  hammasi  juda  mazali  bo„lib,  qand  moddasi  (3  dan  9%  gacha), 
kislota  (1  dan  6%  gacha),  pektin,  shuningdek,  mineral  moddalar  (kaltsiy, 
fosfor  kabi)  ko„p,  S  vitamini  va  undan  birmuncha  kamroq  V,  R  va  A 
vitaminlari  bor.  Tsitrus  mevalar  tabiiy  holicha  iste‟mol  qilinadi.  Ulardan 
sharbat, murabbo, jele, tsukat, konserva (bankada), limon kislotasi, pektin 
tayyorlanadi,  ular  likyor-aroq  mahsulotlari  ishlab  chiqarishda  ham  ko„p 


73 
 
ishlatiladi;  po„stidan  qandolat  va  attorlik  sanoati  uchun  qimmatbaho, 
xushbo„y efir moyi olinadi.  
Apelsin  mevasining  tuzilishi  tekis  Pupochniy,  Korolyok  nav 
apelsinlarning  eti  yumshoq  va  po„sti  qizg„ish
 
bo„ladi.  Barcha  turdagi 
apelsinlar tuzilishi va po„stining qalinligiga qarab, qalin va yupqa po„stli, 
shakliga  ko„ra,  yumaloq  va  ovalsimon;  urug„ining  bor-yo„qligi  jihatidan 
urug„li  va  urug„siz;  pishish  muddatiga  qarab,  ertagi  va  kechki;  yirik-
maydaligi  jihatidan  yirik  va  o„rtacha  xillarga  bo„linadi.  Mevaning  eti 
sersuv,  shirin  yoki  nordon  ta‟mli;  9-13  tilimchadan  iborat.  Suxumskiy, 
Pupochniy,  Korolyok,  Yaffiyskiy,  Vashington-naveli  apelsinlari  eng 
yaxshi navlardir.  
Savdoga  chiqariladigan  apelsin  yangi  va  sog„,
 
qo„ng„ir  yoki  och 
qo„ng„ir  rangli,  kasallanmagan  bo„lishi  lozim;  yirik-maydaligi  jihatidan 
mevaning kundalang diametri kamida 50 mm bo„lishi kerak. Ko„kimtirroq, 
sal  jigar  rang  dog„i
 
bor,  tikin  kasali  tekkan,  kulli  zamburug„cha
7
  izi 
bo„lgan va boshqa nuqsonli apelsinlarni ham sotish mumkin, lekin mazkur 
g„uborlarning  darajasi  standart  bilan  cheklanadi.  Apelsin  tovar  navlariga 
bo„linmaydi.  
Mandarinning  mevasi  yassi  sharsimon  yoki  sharsimon  shaklda; 
qo„ng„ir  yoki  to„q  qo„ng„ir  rangli,  eti  sersuv,  9-12  tilimchadan  iborat, 
shirin  yoki  nordon  ta‟mli,  xushbo„y  hidli,  urug„lik  yoki  urug„siz  bo„ladi. 
Sarxil mandarin bo„lik, o„ziga xos rangli, zaxa emagan va kasallanmagan, 
kundalang  diametri  kamida  38  mm  bo„ladi.  Bo„shroq,  lekin  shishmagan, 
sal ko„kish, jigar rang dog„li
 
va ba‟zi boshqa nuqsonli mandarinlarni ham 
sotish mumkin. Mandarin tovar navlariga bo„linmaydi.  
Limon uch guruhga bo„linadi: nordon (haqiqiy, tipik), nordonroq va 
chuchuk.  Nordon  limon  ko„p  etishtiriladi.  Limonlar:  shakliga  ko„ra 
ovalsimon va tuxumsimon, ba‟zan  yumaloq; urug„i bor-yo„qligiga qarab-
urug„li  va  urug„siz;  po„stining  tuzilishiga  ko„ra  silliq  va  g„adir-budur 
bo„ladi.  Limonning  eti  qumoq-qumoq,  och  sariq  rangli,  sersuv,  7-13  ta 
tilimchadan  iborat.  Yangi  sara  limon  sog„,
 
silliq  yoki  g„adir-budir  sirtli, 
to„g„ri  shaklli,  och  yashil,  och  sariq  yoki  sariq  rangli,  zaxasiz  va 
                                           
7
 Kulli zamburug‘—mevada uchraydigan kasallik bo‟lib, mevaning sirtida qora tus paydo bo‟ladi. 


74 
 
kasallanmagan  limonlardir.  Bunday  mevalarning  kundalang  diametri 
kamida 42 mm bo„ladi.  
Sal  zaxali,  shuningdek,  to„rlagan,  kulli  zamburug„  tushgan 
limonlarni  sotish  mumkin.  Bunday  nuqsonlar  standart  bilan  cheklanadi. 
Limon  tovar  navlariga  bo„linmaydi.  U  mevasining  eng  yo„g„on  qismi 
kundalang diametriga qarab besh guruhga bo„linadi: 
1) 70 mm va undan ortiq; 2) 70 mm dan 60 mm gacha; 3) 60 mm dan 
51 mm gacha; 4) 51 mm dan 45 mm. gacha va 5) 45 mm dan 32 mm gacha.  
Anjir  seret,  yumaloq,  yassi  yoki  noksimon  shakllarda  bo„ladi. 
Mevasining  po„sti  mayin  yoki  dag„al,  sariq,  qizg„ish
 
yoki  to„q  binafsha 
rangli;  anjirning  eti  sersuv  va  juda  shirin.  Yangi  anjirda  13%  qand, 
anchagina  miqdorda  temir  va  kaltsiy  tuzlari,  ko„pgina  karotin  va  S 
vitamini  bor.  Tarkibiga  ko„ra,  anjir  mevasi  faqat  to„yimligina  emas, 
shifobaxsh  xususiyatga  ham  ega.  Uni  me‟da  va  kamqonlilik  kasaliga 
uchragan kishilar iste‟mol qilishi tavsiya etiladi. Anjirdan murabbo, povid-
lo,  jem  tayyorlanadi,  lekin  u  asosan,  qoqi  qilinadi.  Qoqisi  maydalanib, 
kofeli  ichimliklar  tayyorlash  uchun  ishlatiladi.  Anjir  tez  buziladi,  uni  bir 
kundan ortiq saqlab bo„lmaydi.  
Anor  sharsimon  shaklli,  qizil  yoki  sariq  rangli,  qattiq  po„st  bilan 
qoplangan.  Mevaning  ichi  uyachalarga  bo„lingan  bo„lib,  unga  yoqimli 
achchiq-chuchuk  ta‟mli  sersuv  et  bilan  o„ralgan  urug„i  joylashgan.  Anor 
etining tarkibida o„rtacha 10-15% qand, 3-4% kislotalar. S, A vitaminlari 
va  boshqa  moddalar  bor.  Anor  tabiiyligicha  eyiladi,  shuningdek,  sharbat, 
sirop,  morojniy,  spirtsiz  ichimliklar  tayyorlashda  va  boshqa  maqsadlarda 
ishlatiladi.  Anor  suvi  tashnalikni  qondiradi,  ovqat  hazm  bo„lishini 
yaxshilaydi va ishtaxani ochadi, shuningdek, shifobaxshlik xususiyatlariga 
ham ega. Anor mevasi 0-6°C haroratda 6 oygacha yaxshi saqlanadi.  
Xurmo to„yimli va shirin meva. Pishgan xurmoda 14 dan 24% gacha 
qand, asosan, glyukoza va fruktoza bor, u kislotasi kamligi va S vitaminiga 
boyligi bilan barcha mevalardan farq qiladi. Bu mevaning tarkibida karotin 
va  temir  birikmasi  ham  bor.  Oshlovchi  moddalar  ko„p  bo„lganligi  uchun 
yaxshi  pishmagan  xurmoning  ta‟mi  nordon  va  tish  qamashtiradigan 
bo„ladi.  Xurmo  mevasining  og„irligi  100  dan  500  g  gacha,  shakli  xilma-


75 
 
xil;  po„sti  och  sariq,  sarg„ish-qizil  yoki  qizil  rangli;  sersuv  va  shirin,  eti 
sariq,  to„q  qizil  yoki  qoramtir  rangli,  jelesimon  konsistentsiyali.  Xurmo 
tabiiyligicha  va  konserva  holida  iste‟mol  qilinadi.  U  uzoq  saqlanmaydi, 
shu  sababli  tez  iste‟molga  chiqariladi,  uzoq  saqlashga  mo„ljallangan 
xurmo muzlatiladi.  
Banan  tropik  iqlimli  mamlakatlardan  keltiriladi.  Bananning  mevasi 
15-20  sm  uzunlikda,  loviyasimon  shaklda,  qobirg„asimon  sirtli,  somon 
rangli  sariq,  unsimon  mayda,  shirin  va  xushbo„y  eti  po„stidan  oson 
ajraladi, mevada 20% gacha qand bo„ladi. Banan tabiiyligicha eyiladi.  
Ananas ham banan singari tropik iqlimli mamlakatlardan keltiriladi. 
Mevasining eti sersuv, sariq qo„ng„ir rangli, nordon ta‟mli, o„ta xushbo„y, 
tarkibida  qand  ko„p  (12-15%)  hamda  0,6-1,2%  kislota  bor.  A,  V,  S 
vitaminlariga  boy.  Ananas  tabiiyligicha  va  konserva  holida  iste‟mol 
qilinadi.  
Xurmo  qoqu-Afrika,  Hindiston  va  Janubiy  Amerikada  o„sadigan 
xurmo palmasining mevasi, cho„ziqroq ovalsimon shaklli, uzunligi 4-5 sm. 
Tuzilishiga  ko„ra  danakli  mevalar  qatoriga  kiradi.  Ezilgan  mevasida  60-
62%  qand  (saxaroza,  fruktoza,  glyukoza),  ozroq  oqsil  (2%  gacha)  va  S 
vitamini bo„ladi. Xurmo qoqi savdoga ezib presslangan holda chiqariladi. 
U  jigar  rang-sariq  rangli,  yaltiroq  silliq  po„stli;  eti  danakli  xurmoga 
qaraganda  shirin,  sersuv,  turib  qolgan,  ezilgan  xurmo  qoqining  eti 
suvsizlanib,  sirti  burishib,  shirasi  ham  kamayadi.  Ezilgan,  presslangan 
xurmo qoqi bir yilgacha saqlanishi mumkin.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish