A. N. Norchayev, T. B. Sadikov, M. Z. Nurfayziyeva mintaqaviy turizm



Download 3,14 Mb.
bet83/90
Sana03.07.2022
Hajmi3,14 Mb.
#736251
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   90
Tayanch iboralar. Dehqonobod, ziyorat turizmi, tuz ko‘l, Chorgumbaz, yo‘l xaritasi, Chorgumbaz ziyratgohi.
Savol va topshiriqlar



  1. O‘z fikringizdan kelib chiqib, ekoturizm tushunchasiga izoh bering?




  1. Ekoturizmni qanday turlari mavjud deb o‘ylaysiz?




  1. O‘ylang, ekoturizmning qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud




  1. O‘zbekistonda ekoturizm resurslarini izohlang.




  1. Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekistonda ekoturizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish nimalardan iborat.i? Javobingizni asoslang.

204
20-bob. QORAQALPOG‘ISTON TURISTIK MINTAQASI


20.1. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tabiiy-geografik o‘rni

Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan va amalda joriy etilgan “2017-


2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” hozirgi sharoitda yaratuvchanlik ruhida shijoat bilan mehnat qilayotgan qoraqalpoq halqining istiqboldagi samarali faoliyatida dasturi amal bo‘lib hizmat qilmoqda.


Ma’lumki, sahovatli va betakror qoraqalpoq diyori mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojida alohida o‘rin tutadi. Bu haqda so‘z yuritganda, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning qoraqalpoq xalqi haqida “Yuragimga, qalbimga yaqin insonlar” degan so‘zlarini esga olish o‘rinlidir.


Qoraqalpog‘istonning tarixi mamlakatimizning barcha qadimiy mintaqalarining tarixi kabi juda boy, xilma-xil va qiziqarlidir. Bu zaminni o‘ziga xos arxeologik topilmalar qo‘riqxonasi deyish mumkin. Chunki, bu yerda kishining diqqatini tortadigan, hayratlantiradigan ko‘plab arxeologik yodgorliklar mavjudki, ular o‘ta noyobligi va maftunkorligi bilan alohida ajralib turadi.


Qoraqalpoq xalqining milliy madaniyati, folklori, o‘ziga xos san’ati, mumtoz


adabiyoti, urf-odat va an’analari keng dunyo jamoatchiligi e’tiborini muntazam ravishda ohanrabodek o‘ziga tortib kelmoqda.


Qoraqalpoq xalqi Sulton Uvays, Hakim ota kabi aziz-avliyolarning o‘gitlaridan bahra olib, ma’nan va ruhan yuksalgan. Bu muqaddas zamin muhabbati Kunxo‘ja, Ajiniyoz va Byerdaqni bulbulzabon shoir qilgan, Yernazarbiy, Olloyor Do‘stnazarov kabi bahodirlarni ozodlik uchun kurashga undagan. “Qirqqiz”day o‘lmas dostonlar qoraqalpoq xalqining teran madaniyati, aql-zakovati, mardlik va matonatidan dalolatdir.


Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Haqiqatdan ham, taqdirning, hayotning har qanday og‘ir sinov va qiyinchiliklariga qaramasdan, o‘z yurti, o‘z zaminiga, ota-bobolarining mozoriga hamisha sadoqat ko‘rsatib yashayotgan mard va matonatli


205
qoraqalpoq elining mustahkam irodasiga tan berib, bunday xalq bilan har qancha faxrlansak, arziydi” .


Qoraqalpoq diyorida “Alpamыs”, “Edige”, “Qirqqiz”, “Erkosay”, “Koblan”, “Shahriyor”, “Maspatsha” va iste’dodli xalq baxshilari tomonidan ijro etiladigan boshqa ko‘plab qahramonlik mavzusidagi dostonlar juda Shhrat qozongan va ularda tarix voqealari badiiy obrazlar orqali jonli va yorqin lavhalarda aks ettiriladi.


20.1-jadval





Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish