A. N. Norchayev, T. B. Sadikov, M. Z. Nurfayziyeva mintaqaviy turizm



Download 3,14 Mb.
bet81/90
Sana03.07.2022
Hajmi3,14 Mb.
#736251
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90
Ko‘rsatkichlar




2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017*


































YaIM







100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Shu jumladan:




























Tarmoqlarning yalpi






















91,8

qo‘shilgan qiymati

92,8

90,4

91,8

91,7

91,1

90,8

93,5




Mahsulotlarga

sof

7,2

9,6

8,2

8,3

8,9

9,2

6,5




soliqlar







8,2

Tarmoqlarning yalpi

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

qo‘shilgan qiymati




Qishloq xo‘jaligi




18,4

19,6

19,7

21,3

22,0

20,7

18,5

8,9

Sanoat

(qurilish

55,5

50,2

49,8

46,2

43,6

44,9

45,2




sohasi bilan birga)

49,5

Xizmatlar




26,1

30,2

30,5

32,5

34,4

34,4

36,3

41.6

Kichik

biznes

va

55,0

56,2

51,4

51,4

51,5

51,6

51,7




xususiy tadbirkorlik

45,0

O‘tgan 2013-2017 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyatidagi iqtisodiyotini modernizatsiyalash bo‘yicha davlat dasturi loyihalari va ularda investitsiyalarni o‘zlashtirilishi holatini tahliliy ko‘radigan bo‘lsak, viloyatning tumanlar kesimida 2013- yilda 431,7 mln.dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2017- yil yarim yillik holatda bu ko‘rsatkich 622,8 mln.dollarni tashkil etadi. Iqtisodiyotni modyernizatsiyalash bo‘yicha davlat dasturi loyihalari va ularda investitsiyalarni o‘zlashtirilishi bo‘yicha eng yirik o‘zlashtirilgan investitsiyalar asosan viloyatning Nishon va Qarshi tumanlari hisoblanadi.


199
19.2. Qashqadaryo viloyatida turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar va




ularning natijalari

Qashqadaryo viloyatida sayyohlarni jalb qilish uchun 1311 ta madaniy-meros obyektlari bo‘lib, Shndan 200 ta arxitektura yodgorliklari, 1041 ta arxeologiya yodgorliklari, 43 ta haykallar, 27 ta diqqatga sazovor joylarni tashkil etadi.


Sayyohlarni qabul qilish uchun hozirgi kunda 32 ta mehmonxona faoliyat olib borib, Shndan: Qarshi shahrida 21 ta, Shahrisabz shahrida 2 ta, Koson tumanida 2 ta, Muborak tumanida 2 ta, Dehqonobod tumanida 2 ta, Kitob tumanida 2 ta va Mirishkor tumanida 1 ta mehmonxona joylashgan. Bundan tashqari hozirgi kunda viloyatda 10 ta sayyohlik firmalari faoliyatda bo‘lib, turistik mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazishmoqda.


Ko‘pchilikka ma’lumki, ushbu mavsum boshlanishidan oldin 2017- yil 13-14 aprel kunlari Toshkent shahridagi “Uzexpocentre”da “Dam olish dunyosi” nomli ko‘rgazma va “Ipak yo‘li lazzati” nomli taomlar festivali bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri vakillari hamda xorijiy va mahalliy turfirma va mehmonxona vakillari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar orasida Qashqadaryo viloyati vakillari ham bo‘lib, viloyatimizga eng katta 100 m2 hudud ajratilgandi. Qashqadaryo viloyati bu yerda o‘zining turizm salohiyatini to‘liq namoyon eta oldi. Ishtirokchilarimiz tomonidan davlatimiz rahbari tashriflari davomida belgilab bergan vazifalardan biri – SHahrisabz brendiga alohida urg‘u berilib, katta ekranda “Qashqadaryo” to‘g‘risida keng qirrali videorolik namoyish qilindi. Ayniqsa, Qashqadaryo viloyat teatr aktyorlari tomonidan namoyish etilgan “Amir Temur” sahnaviy ko‘rinishi ko‘rgazma ishtirokchilarini hayratda qoldirdi.


Qarshi shahri “Momogul” ansambli chet ellik sayyohlar uchun o‘zlarining ajoyib milliy va an’anaviy ashulalari bilan ishtirokchilarni o‘ziga jalb qila oldi. Turizm sohasida viloyat tadbirkorlari xorijiy va mahalliy turfirmalar bilan 200 dan ortiq shartnomalar imzoladilar. Shu jumladan, birgina “Kitob-sayyoh” turfirmasi misolida oladigan bo‘lsak, chet ellik turfirmalar bilan 20 dan ortiq shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi.


200

Viloyatimiz stendini ko‘rish uchun 13 aprel kuni minglab tomoshabinlar tashrif buyurdi. Sh kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Qozog‘iston Madaniyat va sport vazirligi o‘rtasida turizm sohasida memorandum imzolandi. Shndan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolari va Qozog‘iston Madaniyat va sport vaziri, hamda Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Muxtor elchisi Qashqadaryo viloyati stendini ko‘rish uchun tashrif buyurdi.

2017- yil 22- aprel k uni “Amir Temur hayoti va Temuriylar davlati” haqida hujjatli ko‘rsatuv tayyorlash maqsadida Buyuk Britaniyaning “Sky TV” va Avstraliyaning “Foxtel” kanallarining buyurtmasi bilan Avstraliyaning “David Adams Films” kompaniyasi s’emkachi guruhi Shahrisabz va Kitob tumanlarini videotasvirga olish uchun tashrif buyurdi. Shahrisabz va Kitobning tog‘li, ekoturistik hududlari mehmonlarni juda hayratga soldi. Bu bizning tariximizga, jannatmakon maskanlarimizga jahon hamjamiyatining qanchalik e’tibori belgisidir.


Bugungi kunda Respublikamizda Turizm sohasida hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, jumladan, 2016- yil 2- dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4861 sonli “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi va Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlisining 35-sonli bayonida berilgan ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash, viloyatga mahalliy va xorijiy sayyohlarni ko‘proq jalb qilish uchun, bugun shahrimiz tarixiy markazida joylashgan, XV-XVI asrlarga bunyod etilgan “Chorsu” majmuasida “Milliy san’at galeriyasi” o‘z ishini boshlaydi.


Ushbu “Milliy san’at galeriyasi”ni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Respublika iqtidorli yoshlarini bobokalonimiz, buyuk Amir Temur vatani bo‘lgan Shahrisabz shahriga jalb etish, o‘zbek xalqining milliy va amaliy san’at namunalari bilan yoshlarni tanishtirish, xorijiy sayyohlarga Shahrisabz shahrining qadimiy hunarmandchiligining eng asl namunalarini ko‘rsatish, Shahrisabz shahridagi


201

hunarmandlar brendini yaratish va shu orqali mamlakatimiz dovrug‘ini butun dunyoga tanitish.

“Milliy san’at galeriyasi” faoliyati boshlanishi natijasida, viloyatimizga xorijdan sayyohlik oqimi ko‘chayadi, “Chorsu” majmuasidagi milliy va xalq amaliy san’at namunalari iqtidorli yoshlar uchun tajriba maktabiga aylanadi, turizm sohasida malakali kadrlar etishib chiqishi uchun asos bo‘ladi.


Biz faqat bu tadbirlar bilan cheklanib qolmay, avgust oylarining o‘rtalarida har yili o‘tkaziladigan “Qashqadaryo hunarmandlar maskani” festivalini o‘tkazishni o‘z oldimizga maqsad qildik. Bunda viloyatning barcha shahar, tumanlaridagi hunarmandlar, ustalar, dizaynyerlar o‘zlarining bor imkoniyatlari, mahoratlarini ko‘rsatadilar.


Qashqadaryo viloyatida ekoturizm sohasini rivojlantirish uchun, Shahrisabz tumanida ichki turizmni rivojlantirish, xorijiy sayyohlarni ko‘proq jalb etish maqsadida “Village Eco Park”majmuasi qurilishi boshlandi. Ushbu loyiha mehmonxona, restoran, kafe, sport maydonchalari va atraksionlarni o‘z ichiga oladi. Loyiha 2018 yil oxiri bilan o‘z faoliyatini boshlaydi.


“Qashqadaryo viloyati Turizm sohasini 2017-2018 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi” asosida 2018- yil oxiri bilan viloyatdagi mehmonxonalar soni 45taga etadi. Jumladan, Qarshi shahrida 8 tayangi zamonaviy mehmonxonalar, Shahrisabz shahrida 5 ta uy mehmonxona va 2 ta yangi zamonaviy mehmonxonalar o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu mehmonxonalar mehmonxona servisi, mehmonxona ho‘jaligi yo‘nalishlarida zamon talablariga, jahon standartlariga to‘liq javob berib, ularning tashqi qiyofasi zamonaviy arxitekturaviy loyihalari asosida bunyod etiladi.


Rivojlangan hayot tarzidan charchagan ko‘plab turistlar turizmning ushbu yo‘nalishini ma’qul ko‘rishadi, chunki agroturizm kishiga ma’lum bir muddatga tabiat qo‘ynida bo‘lib, qishloq hayotini yaqindan o‘rganish, xalq madaniyati durdonalarini o‘rganish, mahalliy urf odatlar bilan tanishish, an’anaviy qishloq mehnatida va xalq bayramlarida ishtirok etish imkonini beradi.


202


Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish