A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


§16.3. Tijorat banklarining funksiyalari



Download 1,87 Mb.
bet78/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

§16.3. Tijorat banklarining funksiyalari


Tijorat banklarining iqtisodiy mavqei faoliyat doirasining keng boʻlishiga olib keladi.
Tijorat banklari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi.
1. Vaqtincha boʻsh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish.
2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash;
3. muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish.
4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish.
5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat koʻrsatish.
6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatish.
Banklar boʻsh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib, mavjud boʻsh pul daromadlari va jamg‘armalarni yig‘adi. Jamg‘aruvchi (boʻsh pul mablag‘i egasi) oʻz mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Boʻsh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond xalq xoʻjaligi tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat banklar faoliyatida asosiy oʻrinni korxona, tashkilotlarni, aholini, davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini oʻynaydi. U boʻsh turgan mablag‘larni jalb qiladi va oʻz nomidan mijozlarga vaqtincha foydalanishga beradi. Bank krediti hisobidan xalq xoʻja-ligining muhim tarmoqlari – sanoat, qishloq xoʻjaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos boʻladi.
Muomalaga kredit pullarni chiqarish funksiyasi tijorat banklarini boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat banklari depozit kredit emissiya qilganida, ssudalar berganida, pul massasi oshadi va ssuda bankka qaytarilganda, muomaladagi pul massasi kamayadi.
Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisoblanadi. Tijorat bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga oʻtkaziladi va bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag‘ning ma’lum qismini naqd pul shaklida hisob raqamidan olishi mumkin. Bu holda muomaladagi pul massasining miqdori oshadi. Shuning uchun ham, Markaziy bank tijorat banklarining faoliyati ustidan nazorat olib boradi.
Tijorat banklarining muhim funksiyalaridan biri hisob-kitoblarni olib borishdir. Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar oʻrtasida vositachi boʻlib xizmat qiladi.
Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlar chiqarish va joylashtirish bilan ham shug‘ullanishi mumkin.
Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat qilish jarayonida mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berishi mumkin.
Aksioner tijorat banklarning yuqori organi – aksionerlarning umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Har yili aksionerlarning yig‘ilishi nizomdagi va nizom kapitalidagi oʻzgarishlarni, yillik faoliyat va uning natijalarini, bank daromadlarini tasdiqlash, Bank Kengashi tarkibini saylash bankning shoʻ‘ba muassasalarini tashkil qilish va bekor qilish kabi masalalarni koʻrib chiqishi mumkin.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish