A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


Bank obligatsiyalarni chiqarish uchun 3 ta asosiy shartni bajarishi zarur



Download 1,87 Mb.
bet76/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

Bank obligatsiyalarni chiqarish uchun 3 ta asosiy shartni bajarishi zarur:
– moliyaviy koʻrsatkichlar proporsiyasini saqlash;
– bank moliyaviy ahvolining oshkoraligi;
– jami kapitalning va bank zahiralarining 8 mln. DM darajasidan oshishi.
Obligatsiyalarni chiqarish toʻg‘risidagi ruxsat Moliya vazirligi tomonidan olinishi kerak. U haqidagi xabar esa Federal yustitsiya vazirligi gazetasida bosilib chiqariladi. Odatda, 3 yildan ortiq muddatga chiqarilgan obligatsiyalar GFR fond birjalarida muomalada boʻladi.
Lekin ularni sotish va sotib olish kelishuvlarining koʻp qismi birjadan tashqari aylanmada amalga oshiriladi. Universal tijorat banklari koʻpincha yadro vazifasini bajarib, moliya-bank guruhlarni, bir necha nisbatan mustaqil boʻlinmalarni oʻz ichiga olgan.
Bu mustaqil boʻlinmalar, masalan, investitsion fondlar va konsultatsion firmalar boʻlishi mumkin. Mustaqil boʻlinmalar daromad olish markazlari hisoblanadi. Aslida guruhning yadrosini tashkil etgan bank, markaziy apparatdan mahalliy va chet el filiallaridan iborat. Banklarning markaziy apparatlari, odatda, fond birjalari boʻlgan katta shaharlarda joylashgan. Rivojlangan mamlakat-larda asosiy daromad manbai kredit operatsiyalari boʻlib, ikkinchi oʻrinda qimmatbaho qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar turadi.

§16.2.Tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi


Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank bu – tijorat muassasasi boʻlib, jismoniy va huquqiy shaxslarning boʻsh turgan pul mablag‘larini jalb qilish va ularni oʻz nomidan, toʻlov, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi.
Ba’zi adabiyotlarda bank korxona sifatida ham izohlanadi. Ma’lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga jihatidan oʻxshatish mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari faoliyatini oʻz daromadini koʻpaytirishga va shu asosda birinchidan oʻz asoschilari - aksionerlarining manfaatlarini, ikkinchidan oʻz mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashi.
Tijorat banklari, bizning fikrimizcha, shunchaki korxona emas, maxsus korxonadir. CHunki tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshiradi va shu asosda bank oʻz aksionerlariga, paychilariga foyda olishni ta’minlaydi.
Tijorat banklari bank tizimining muhim boʻg‘ini boʻlib, kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatadi.
Oʻzbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy bankdan keyingi ikkinchi pog‘onasi hisoblanadi.
1987-yildan boshlab tashkil qilingan bank tizimi bozor iqtisodi tamoyillariga mos keluvchi bank tizimining boshlang‘ich pillapoyasi hisoblanadi. Oxirgi yillarda tijorat banklarining soni, ular bajaradigan operatsiyalar, ularning nizom jamg‘armasi va qoʻyilmalar salmog‘i oshib bormoqda.
2019-yil 1-dekabr holatiga koʻra Oʻzbekistonda 30 ta bank faoliyat koʻrsatdi, ulardan 13 tasi davlat ishtirokidagi, 17 tasi xususiy banklar, davlat banklarining aktivlar va kapitaldagi ulushi esa 86% ni tashkil etadi.
Salmoqli nizom jamg‘armasi kredit resurslar va mijozlarga ega boʻlgan – katta banklar Oʻzbekiston sanoat qurilish banki, Tashqi iqtisodiy faoliyatlar milliy banki, Agro bank, Asakabank va boshqalar keng faoliyat olib bormoqda.
Tijorat banklarni tashkil qilishdagi nizom kapitali miqdori34 2017-yilning 1- oktabridan boshlab tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100,0 mlrd. soʻmni tashkil etishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi hollarda banklarga nisbatan regulyativ kapital miqdorini oshirish toʻg‘risidagi talablarni qoʻyishga haqli:

  • xavfsiz boʻlmagan va nosog‘lom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin boʻlgan qoniqarsiz moliyaviy holat;

  • bank foydasining qoniqarsiz prognozi;

  • yuqori darajadagi bank tavakkalchiligi va balansdan tashqari moddalar mavjudligi holatlari aniqlanganda.




Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish