A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar



Download 1,87 Mb.
bet75/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

Bankning nizomida:
– bankning nomi va uning manzilgohi (aloqa manzilgohi);
– bank amalga oshiradigan operatsiyalarning roʻyxati;
– bank tashkil etadigan fondlarning roʻyxati;
– nizom fondining miqdori;
– bankning huquqiy shaxs ekanligi va oʻzini-oʻzini moliya resurslari bilan ta’minlashi negizida ishlashi toʻg‘risidagi nizom;
– bankning boshqaruv idoralari, ularning tarkibi va tuzilishi toʻg‘risidagi nizom;
– bankka qarashli muassasalarning roʻyxati va ularning maqomi;
– bank va uning filiallarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi;
– faoliyati toʻg‘risidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish majburiyati (tartibi);
– Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan oʻzaro munosabatlari aks ettirilgan boʻlishi lozim.
Sherikchilik asosida tuzilgan bankning nizomi yuqorida keltirilgan talablardan tashqari, aksiyali jamiyatlar va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar toʻg‘risidagi amaldagi qonunlarda koʻrsatilgan talablarga javob berishi lozim.
Bank nizomiga bank faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq boshqa qoidalar ham kiritilgan boʻlishi mumkin. Nizomga oʻzgarishlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlaridagi oʻzgarishlar munosabati bilan kiritiladi.
Aksioner tijorat banklarining nizomi fondi qatnashchilarning badallari hisobidan yoki aksiyalar chiqarish va sotish hisobidan vujudga keltiriladi.
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralarining hamma boʻlimlari va ularning ijroiya organlari, siyosiy tashkilotlar va ixtisoslashgan jamoat fondlaridan tashqari barcha huquqiy va xususiy shaxslar tijorat banklarining muassislari (hissadorlari), aksionerlari boʻlishlari mumkin.
Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻg‘risidagi amaldagi qonunlariga muvofiq soliq toʻlaydilar.
Quyidagi mablag‘lar banklarning oʻz mablag‘lari hisoblanadi:
– nizom fondi;
– zahiralar va foyda hisobiga vujudga keladigan hamda bankning balansida turadigan boshqa fondlar;
– taqsimlanmagan foyda, aksiyachilar yoki paychilar oʻrtasida aksiyalarni taqsimlash hisobiga yoxud pay miqdorini oshirish hisobiga olingan mablag‘lar.
Tijorat banklari yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar oʻrnini qoplash uchun olinadigan foydadan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilab qoʻyilgan tartibda zahira fondlari tashkil etadilar.
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‘larini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, oʻz nizomlarida koʻrsatilgan boshqa oʻzaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Mijozlarga kredit berish va oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag‘ yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilishlari mumkin.
Banklar bilan mijozlar oʻrtasidagi munosabat shartnomaviy tavsifga ega boʻladi.
Mijozlar oʻzlariga kredit va kassa xizmatini koʻrsatadigan bankni mustaqil tanlaydilar.
Tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlar boʻyicha operatsiyalar olib boradilar.
Tijorat banklari fond bozorlarining kelishuvlarida faol va bevosita ishtirok etavermaydilar. Masalan: AQSH dagi tijorat banklariga qimmatbaho qog‘ozlar bilan boʻladigan operatsiyalarni oʻtkazish, fond birjalariga a’zo boʻlish taqiqlanadi. 1933 yilda (Glass-Stigal qonuni) qabul qilingan qonunga muvofiq tijorat banklari sanoat kompaniyalarining obligatsiyalari va aksiyalarini chiqarishni tashkil qilishda ishtirok eta olmaydilar. Shunga qaramay qonunda juda koʻp istisnolar mavjud boʻlib, ular bankka pullarni operativ qoʻyish, davlat qimmatbaho qog‘ozlarini chiqarishni tashkil etish, shtat va mahalliy hokimiyat organlarining obliga-siyalari, shuningdek, turli xalqaro tashkilotlar va federal muassasalar chiqargan qarz hujjatlar (majburiyatlari) bilan ishlash huquqini beradi. Bulardan tashqari, banklarga oʻzlarining mijozlari hisobiga sanoat kompaniyalarining aksiya va obligatsiyalarini sotish va sotib olish kabi brokerlik funksiyalarini bajarishga ruxsat etilgan. Shu bilan birga, Amerika tijorat banklari sanoat kompaniyalari va firmalarning aksiya paketlarini haqiqiy egasi sifatida trast operatsiyalarining (qimmatbaho qog‘ozlar portfellarini boshqarish operatsiyalari) katta hajmini amalga oshiradilar.
AQSH da tijorat banklari broker firmalari va investitsion kompaniyalarning asosiy kreditorlari hisoblanadi. AQSH ning ettita yirik investitsion kompaniyalarni 40 dan 80%gacha aktivlari tijorat banklari krediti hisobidan ta’minlanadi.
Yaponiyada tijorat banklarining fond birjalariga a’zo boʻlishi ta’qiqlangan. Lekin ular litsenziya olgan holatda qimmatbaho qog‘ozlarning hamma turini oʻzlarining hisoblari boʻyicha yoki mijozlarning topshiriqlari boʻyicha sotish va sotib olish (broker kompaniyalari va birjaga a’zo boʻlgan firmalar vositachiligida) huquqiga egadirlar. Bulardan tashqari, tijorat banklar davlatning qimmatbaho qog‘ozlari bilan boʻlgan qisqa muddatli operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Uzoq vaqt yapon tijorat banklarining yangi qimmatbaho qog‘ozlar vositachilikni amalga oshirishiga huquqlari boʻlmagan. Faqat 1981-yili ularga davlat obligatsiyasi va sanoat kompaniyalari obligatsiyasini birja tashqarisida vositachilik qilishga ruxsat etilgan. Shuningdek, yapon tijorat banklariga mijozlarning qimmatbaho qog‘ozlarini boshqarish man etilgan.
Bank muassasalarining qimmatbaho qog‘ozlar bilan boʻladigan operatsiyalariga aktiv qatnashishiga Germaniya tajribasi yorqin misol boʻla oladi.
Bu davlatda qimmatbaho qog‘ozlar bilan boʻladigan hamma operatsiyalarda faqatgina tijorat banklari qatnashish huquqiga ega. Aslida, Germaniya davlatida broker kompaniyalar va firmalar yoʻq. Tijorat bankning funksiyalari uniersalligi mijozlarning talab va ehtiyojlariga yuqori darajada javob beradi. Germaniyaning qimmat-baho qog‘ozlar bozorini bank muassasalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Ularning bu bozorda oʻrni juda katta.
Banklar katta miqdorda obligatsiyalar chiqaradi, investitsion guruhlarning egalari va yirik investorlik vazifasini bajaradi. Ularga qimmatbaho qog‘ozlar bilan boʻladigan operatsiyalar hajmining eng katta qismi toʻg‘ri keladi, bank sindikatlari davlat qarz hujjatlarini chiqarish va tarqatishda katta jonbozlik koʻrsatadi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish