Oʻz mablag’lari: A) rezerv fondi.
B) maxsus fondlar.
S) taqsimlanmagan foyda.
Jalb etilgan mablag’lar:
A) boshqa banklardan jalb etilgan mablag’lar.
B) depozit operasiyasidan tushgan mablag’lar.
Emitentlashgan mablag’lari:
-qimmatbaho qog’ozlarni sotishdan olingan mablag’lar.
Vaqtinchalik boʻsh pul mablag’larni jalb etish va toʻlash tijorat bankining eng asosiy vazifasi va iqtisodiy asosdir.
Tijorat bankning vazifasi jalb etilgan mablag’lar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1.Ustav fondi bank faoliyatini tashkil etish uning ustav fondini yaratishdan boshlanadi.
Ustav fondi – bu jismoniy va yuridik shaxslarning jamg’armasi hisobidan yaratiladi va ularning majburiyatlarini bajarish uchun hizmat qiladi. Ustav fondini yaratish bank turiga bog’liq boʻlib, hissadorlik banki aksiyalar qiymati, xususiy yoki kooperativ banklar esa oʻz muassislari ulushi asosida yaratiladi.
Bank ustav fondini yaratishda bank kreditlari, boshqa jalb etilgan mablag’lar, shuningdek, siyosiy partiyalar, diniy va boshqa jamoat tashkilotlari mablag’laridan foydalanish mumkin emas. Banklar ustav fondini koʻpaytirishlari mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati asosida tashkil qilingan tijorat banklari qoʻshimcha aksiyalar chiqarish va ularni jismoniy va yuridik shaxslar orasida tarqatish yoʻli bilan koʻpaytirish mumkin yoki ularga obligasiya chiqarish huquqi ham berilgan.
Ustav kapitalini muntazam ravishda koʻpaytirib borish qimmatbaho qog’ozlar chiqarish bilan birgalikda bank foydasidan turli rezerv fondlarini yaratish orqali amalga oshiriladi. Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banklari ustav kapitali erkin muomaladagi valyutada yaratilish mumkin.
Tijorat banklarning rezerv fondlari - aktiv operasiyalar natijasida koʻriladigan zararlarni qoplash, bank tamonidan chiqarilgan imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlashda bank foydasi yetarli boʻlmay qolgan hollarda toʻlash uchun yaratiladi.
Rezerv fondi har yili bank foydasidan ajratmalar hisobidan yaratiladi. Rezerv fondining miqdori bank ustav fondining 25 % dan 100 gacha belgilanadi. Uning miqdori 100 % dan oshsa, ustav fondiga oʻtkazib yuborilib, rezerv fondiga yangidan mablag’ oʻtkaziladi.
Tijorat banklarida rezerv fondlari bilan birgalikda bank foydasidan ajratmalar hisobiga boshqa maxsus fondlar ham yaratib boriladi. Fondlarga taqsimlab boʻlgandan keyin qolgan qismi taqsimlanmagan foyda deyiladi.
Banklar oʻz mablag’larini koʻpaytirishda 2 usuldan foydalanish mumkin:
1.Foydani jamg’arib borish, foyda hisobidan turli rezerv fondlar yaratish va ularni kapitallashtirish orqali;
2.Yangi aksiyalar chiqarish va yangi hissadorlarni jalb etish orqali.
Bankning oʻz mablag’lari banklar moddiy bazasining rivojlanish manbai hisoblanadi.
Bank resurslarini shakllantirish bilan boʻlgan operasiyalar banklarning passiv operasiyalari deyiladi. Passiv operasiyalar yordamida tijorat banklarining passiv hisob raqamidagi pul mablag’larining salmog’i oshib boradi. Banklarning passiv operasiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda muhim oʻrin oʻynaydi. Passiv operasiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur boʻlgan kredit resurslarin tashkil qiladi.