A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


Tijorat banklarni passiv operasiyalarini asosan toʻrtta shakli mavjud



Download 1,87 Mb.
bet81/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

Tijorat banklarni passiv operasiyalarini asosan toʻrtta shakli mavjud:
1.qimmatbaho qog’ozlarni muomalaga chiqarish yoʻli bilan resurslar yig’ish;
2.foyda hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish;
3.boshqa kreditorlarning mablag’larini jalb qilish;
4. depozit operasiyalarni amalga oshirish.
Tijorat banklarning resurslari bankning oʻz mablag’lari, jalb qilingan va emitentlashgan mablag’lar hisobidan shakllanadi. Keltirgan passiv operasiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning oʻz mablag’lari yuzaga keladi va qolgan oxirgi ikki shaklida kredit resurslarning ikkinchi qismi jalb qilingan resurslar yuzaga keladi.
Banklarning oʻz mablag’lariga

  • bankning ustav kapitali,

  • rezerv kapitali, maxsus fondlar,

  • moddiy rag’batlantirish fondi,

  • boshqa har xil tashkil qilingan fondlar,

  • taqsimlanmagan foydasi kiradi.

Amaliyotda bank passivlarining 20% banklarning oʻz mablag’lariga toʻg’ri keladi.
Banklarning oʻz mablag’lari ichida asosiy oʻrinni bankning oʻz kapitali egallaydi. Bankning oʻz kapitali tarkibiga ustav kapital, xarajatlarni qoplash bir qismi, ya’ni, ustav kapital, xatarlarni qoplash uchun tashkil qilingan rezerv fondi, taqsimlanmagan foyda kiradi. Banknig oʻz kapitali bank kreditorligini ta’minlash, bank faoliyatini boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi.
Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida koʻrsatiladi va bank ishini boshlashning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi.
Banklarni tashkil qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham har xil tashkil topadi. Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilingan boʻlsa, ustav kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yoʻli bilan chegaralanmaydi. Banklarning barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida uning minimal miqdori belgilab beriladi.
Bankning ustav kapitali uning balansining passivida koʻrsatiladi. Ustav fondi summasining oshirilishi bank aksionerlari tomonidan umumiy yig’ilishda hal qilinadi.
Bankning oʻz mablag’lari uning faoliyatining asosini tashkil qiladi, chunki ular jalb qilayotgan depozitlar, ya’ni, real kredit resurslari hajmini pirovard natijada aktiv amaliyotlar hajmini belgilab beradi. Bankning oʻz mablag’lari tijorat banklarining faoliyatini boshqaruvchi va ular ustidan nazoratni amalga oshiruvchi Markaziy bank uchun muhim ma’lumot manbai hisoblanadi.
Bankning oʻz mablag’lariga ustav fond (kapital) rezerv fondi va bank foydasi hisobiga tashkil topadigan bank fondlari, hamda yil davomida taqsimlanmagan foyda kiradi. Amaliyotda bank passivlarining 20 foizi banklarning oʻz mablag’lariga toʻg’ri keladi. Bankning oʻz mablag’lari ichida asosiy oʻrinni ustav kapitali egallaydi.
Markaziy bankning me’yoriy talablariga muvofiq bank kapitali asosiy (birinchi daraja kapital) va qoʻshimcha (ikkinchi daraja) kapitalidan iborat. Birinchi daraja kapital hisob-kitob qilingan kapital yig’indisining 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim. Tartibga solish funksiyasini asosan, birinchi daraja kapital bajaradi, chunki u doimiyroq hisoblanadi.
Bank kapitali uning faoliyat yuritish chegaralarini belgilab beradi, investorlar hamda aksiyadorlar va qolaversa, bankning oʻzi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan moliyaviy barqarorlik darajasini koʻrsatib beradi.
Bankning tashkil topish shakliga qarab, ustav kapitalining shakllantirilishi turlicha boʻladi. Agar bank aksionerlik jamiyati koʻrinishida shakllanayotgan boʻlsa, ustav fondi aksiyalarining nominal qiymati koʻrinishida tashkil topadi. Bunda aksiyalar ochiq obuna qilish yoʻli bilan yoki ta’sischilarning ustav fondidagi ulushlariga qarab tarqatilishi mumkin.
Agar bank mas’uliyati cheklangan jamiyat koʻrinishida tuzilgan boʻlsa, ustav fondi ulushlarga boʻlingan holda boʻladi. Ularning hajmi ta’sis hujjatlari bilan aniqlanadi. Bunda bank ishtirokchilari oʻzlarining ulushlari me’yyori chegarasida majburiyatlarni oʻz zimmalariga oladilar.
Bankning tashkiliy - huquqiy shakliga qaramay, uning ustav fondi huquqiy va jismoniy shaxslarning toʻlovlari orqali shakllanadi va ta’sischilarning majburiyatlarini bajarish uchun xizmat qiladi. Ustav fondi faqat bank ishtirokchilarining xususiy mablag’lari hisobiga tashkil topishi mumkin. Jalb qilingan kredit, garovga olingan, boshqa yoʻllar bilan jalb qilingan mablag’lar hisobidan ustav fondini shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bankning ustav fondi faqat pul mablag’lari va moddiy aktivlar hisobiga tashkil topishi mumkin.
Tashkil etilayotgan bank kapitalini eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Markaziy bank faoliyat shartlari, biznes-rejada koʻrsatilgan operasiyalar turi va hajmiga qarab, bank ustav kapitali miqdoriga qoʻshimcha talablar qoʻyish mumkin. Ustav fondining minimal miqdori bankning barqaror faoliyatini ta’minlash uchun oʻrnatiladi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish