A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar



Download 1,87 Mb.
bet89/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

Rieltorlik tashkiloti. Rieltorlik tashkiloti litsenziyaga ega boʻlgan tijorat tashkilotidir. Rieltorlik tashkiloti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Rieltorlik faoliyati quyidagi turlardagi rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish orqali amalga oshiriladi:

  • koʻchmas mulk ob’ektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chog‘idagi vositachilik;

  • koʻchmas mulk ob’ektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish;

  • koʻchmas mulk ob’ektlarini ishonchli boshqarish;

  • koʻchmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlarini koʻrsatish.

Investitsiya muassasalariga investitsiya vositachilari (brokerlar - dillerlar) investitsiya maslahatchilari, investitsion fondlar, investitsion kompaniyalar, boshqaruv kompaniyalari, qimmatli qog‘ozlar egalarining resterlarini saqlovchilar, depozitariylar, hisob kitob kliring palatalar, qimmatli qog‘ozlarning nominal egalari va boshqa bir qator tashkilotlar kiradi.


§18.3.Oʻzbekistonda nobank-moliya kredit tashkilotlarining mohiyati va ularning faoliyatining tashkil etilishi
Oʻzbekistonda bozor munosabatlarining chuqurlashishi moliya-kredit xizmatlari bozorini rivojlantirish, fuqarolar va tadbirkorlik sub`yektlarining ishchanlik faolligini qoʻllab-quvvatlashni talab etmoqda. Bu talabni bajarish uchun mamlakatimizda mikromoliyalash tashkilotlari 2005-yildan tez sur’atlar bilan tashkil topa boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra «Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tashkil etish uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish va ruxsat berish tartib-tamoillarini soddalashtirish, shuningdek, tijorat banklarini mikromoliyalashtirish jarayonlariga jalb qilish boʻyicha koʻrilayotgan choralar respublikada mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish hajmini yetarli darajada kengaytirishga imkon yaratganligini taʼkidlangan».35
Nobank kredit tashkilotlari vujudga kelishiga qator omillar xizmat qilib, ular quyidagilardan iborat.
1. Mamlakatda ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlanishi natijasida qoʻshimcha moliyaviy resurslarga boʻlgan talabni ortib borishi;
2. Jamiyatda vaqtinchalik boʻsh pul mablag’laridan samarali (yuqori daromad olish) foydalanishga boʻlgan ehtiyojning yuqoriligi;
3. Bankdan tashqari aylanmalar hajmini qisqartirish asosida real sektorga mablag’larni joylashtirish zarurligi va boshqa omillar.
Oʻzbekiston qonunchilik hujjatlariga asosan mikromoliyalash tashkilotlari tarkibiga banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va boshqa kredit tashkilotlari kiradi.
Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishi mumkin:

  • mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;

  • qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);

  • mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing (moliya ijarasi);

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan iste’mol kreditlari berish.

Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan bog’liq maslahat va axborot xizmatlari koʻrsatishi mumkin.



Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish