Xiv bob. Invеstitsiya va pay fondlari



Download 32,04 Kb.
bet1/5
Sana06.07.2022
Hajmi32,04 Kb.
#748990
  1   2   3   4   5
Bog'liq
14-Mavzu


XIV bob. INVЕSTITSIYA VA PAY FONDLARI
14.1. Investitsiya fondlarining iqtisodiy mohiyati, paydo boʻlishi va
ahamiyatli jihatlari
Bugungi kunda investitsiya va pay fondlari moliya bozorining muhim
ishtirokchilari qatorida tilga olinadi. Investitsiya fondlari rivojlangan davlatlar
moliya bozorlarida ham keng miqyosda faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shundan
kelib chiqqan holda quyida mazkur masala xususida toʻxtalib oʻtamiz.
Investitsiya fondlari koʻplab investorlar tomonidan tanlangan investitsion
vositachilar hisoblanadi. Bunda “Investitsiya fondlari moliyaviy vositachilar
sifatida individual investorlarga aksiyalarni sotish orqali fond shakllantiradilar va
fond mablagʻlarini aksiya va obligatsiyalar bilan diversifikatsiyalangan investitsiya
portfelini sotib olishga yoʻnaltiradilar”91.
Investitsiya fondlari faoliyati oʻz aksiyalarini joylashtirish orqali jalb
qilingan kapitalni boshqa moliyaviy aktivlarga, xususan qimmatli qogʻozlarga
kiritish orqali daromad olish hamda olingan daromadni aksiyadorlar oʻrtasida
taqsimlash asosida tashkil etiladi. Bunda daromad olish deganda kurs oshganda
qimmatli qogʻozlarni (xorijiy valyutalarni) qayta sotish, olinadigan foiz yoki
dividend koʻrinishilagi tushumlar nazarda tutiladi.
Investitsiya fondlari aksiyalar muomalaga chiqarishidan ham koʻrinib
turibdiki, milliy va xalqaro amaliyotda ular aksiyadorlik jamiyatlari shaklida
tashkil etiladi.
“Investitsiya fondlarining paydo boʻlishi 1800-yillar oʻrtalarida Angliya va
Shotlandiyaga toʻgʻri keladi. Investitsion kompaniyalar cheklangan resurslarga ega
investorlarning pul mablagʻlarini birlashtirish hisobiga tashkil etilgan boʻlib, oʻz
navbatida yigʻilgan pullar turli qimmatli qogʻozlarga yoʻnaltirilgan. Amerika
qoʻshma shtatlari iqtisodiy oʻsishi uchun Amerika temir yoʻl kompaniyalari
obligatsiyalariga kapital kiritila boshlangach, bunday investitsion kompaniyalar
nihoyatda ommalashadi. 1824 yilda Bostonda birinchi investitsiya fondi asosiy
sohalarga investitsiyalar kiritish uchun mablagʻlar jalb qilish maqsadida aksiyalar
muomalaga chiqargan”92.
Birinchi investitsiya fondi faoliyat muvaffaqiyatli kechgach, bunday fondlar
koʻplab tashkil etila boshlandi. 1929-1933 yildagi jahon iqtisodiy inqirozi
investitsiya fondlari rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Xususan, “1929 yildagi
fond bozorining qulashi investitsiya fondlari rivojlanishini bir necha oʻn yillar
davomida toʻxtatib qoʻydi, chunki mayda investorlarning aksiyalarga
investitsiyalar va qisman investitsiya fondlariga ham ishonchini pasaytirdi. 1940
yilda AQSHda toʻlovlar va investitsiya siyosati bilan bogʻliq munosabatlarni
oshkor qilish siyosatiga doir koʻplab talablarni oʻz ichiga olgan “Investitsiya
91Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins.Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P. 30.
92Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins.Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P. 490.
174
kompaniyalari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Natijada investitsiya fondlari
faoliyatida barqaror oʻsish va sanoatni qoʻllab-quvvatlash qaytadan boshlandi”93.
Investitsiya fondlariga investorlar jalb qilinishidagi asosiy jihat investitsion
faoliyatni markazlashgan tartibda diversifikatsiyalashdir. Bunda kapital egalarining
investitsiya fondlari bilan hamkorlikda ishlashiga yetakchi tarmoq va sohalardagi
aksiyadorlik kompaniyalari aksiyalarini mayda investorlarning sotib ololmasligi,
investitsiya fondlari tomonidan risklarni hisobga olishga alohida eʼtibor qaratishi
ham sabab boʻladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, investitsiya fondlari faoliyati
fond bozorida operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha hech qanday tajribaga ega
boʻlmagan kapital egalari uchun ham ahamiyatga ega. Chunki ularning risklarni
toʻgʻri baholay olmasligi natijasida moliyaviy yoʻqotishlar yuzaga kelishi mumkin.
Umumiy holda investitsiya fondlari afzalliklari sifatida quyidagilarni
keltirish mumkin (14.1-rasm):

Download 32,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish