A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar



Download 1,87 Mb.
bet62/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

Asosiy tushunchalar: ixtisoslashgan banklar, universal banklar, davlat banklari, davlat aksiyadorlik banklari, aksiyadorlik banklar, xususiy banklar, qoʻshma banklar, bank tizimi, ikki pog’onali bank tizimi, banklar (assosiasiya) uyushmasi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Bank tizimi deganda nima tushuniladi?

  2. Oʻzbekistonda necha pog’onali bank tizimi amal qilmoqda?

  3. Oʻzbekistonda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati toʻg’risida»gi Qonunda nimalar asoslandi?

  4. Oʻzbekistonda 1995 yil 21 dekabrda qabul kilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻg’risida»gi Qonunda nimalar koʻzda tutilgan?

  5. Oʻzbekiston Respublikasi banklari Assosiasiyasining tashkil etilishidan asosiy maqsad nimadan iborat?

  6. Assosiasiya tashabbusi bilan mamlakatdagi barcha tijorat banklari ikki yil muddatga (1995-1998 y.y.) soliqlardan ozod etilgan mablag’lar qaysi maqsadlarda ishlatildi?

  7. Assosiasiya tomonidan bank xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishlarining uzluksiz 5 bosqichli tizimi ishlab chiqildi va unga koʻra qanday ishlar amalga oshirildi?

  8. Moliya bozorida xizmatlarning sifat jihatidan yangi turlarini taklif etish maqsadida 12 ta tashkil etilgan kompaniyalar qanday vazifalarni amalga oshiradi?

  9. Xususiy tijorat banklari tashkil qilishning ahamiyatli jihatlari nimada?



14-mavzu. MARKAZIY BANK VA UNING

FUNKSIYALARI

§14.1. Markaziy banklarning vujudga kelishi va rivojlanishi


Markaziy banklarning vujudga kelishiga asosiy sabab mamlakatda banknotalarni muomalaga chiqarilishi va ularni ishonchli banklar qoʻlida markazlashtirish zaruratidir.
Davlat qonuniy yoʻl bilan markaziy banklarni qoʻllab-quvvatlagan va yagona emissiya bankiga aylantirgan. Dastlab vujudga kelgan banklar markaziy yoki tijorat banklariga boʻlinmagan. Ular pul mablag’larini saqlash, kredit berish va toʻlovlarni amalga oshirish bilan shug’ullanganlar, keyinchalik ular mablag’larni yig’ish maqsadida muomalaga banknotalarni chiqarganlar. Banklarni yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chiqarish yirik tijorat banklari qoʻliga oʻta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank «milliy» yoki «emission» bank, keyinchalik «markaziy bank» deb atalgan. Markaziy bank kredit tizimini boshqarib turuvchi, ya’ni, mamlakatdagi barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit muassasasi sifatida namoyon boʻladi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish