Asosiy tushunchalar: ixtisoslashgan banklar, universal banklar, davlat banklari, davlat aksiyadorlik banklari, aksiyadorlik banklar, xususiy banklar, qoʻshma banklar, bank tizimi, ikki pog’onali bank tizimi, banklar (assosiasiya) uyushmasi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Bank tizimi deganda nima tushuniladi?
Oʻzbekistonda necha pog’onali bank tizimi amal qilmoqda?
Oʻzbekistonda 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati toʻg’risida»gi Qonunda nimalar asoslandi?
Oʻzbekistonda 1995 yil 21 dekabrda qabul kilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻg’risida»gi Qonunda nimalar koʻzda tutilgan?
Oʻzbekiston Respublikasi banklari Assosiasiyasining tashkil etilishidan asosiy maqsad nimadan iborat?
Assosiasiya tashabbusi bilan mamlakatdagi barcha tijorat banklari ikki yil muddatga (1995-1998 y.y.) soliqlardan ozod etilgan mablag’lar qaysi maqsadlarda ishlatildi?
Assosiasiya tomonidan bank xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishlarining uzluksiz 5 bosqichli tizimi ishlab chiqildi va unga koʻra qanday ishlar amalga oshirildi?
Moliya bozorida xizmatlarning sifat jihatidan yangi turlarini taklif etish maqsadida 12 ta tashkil etilgan kompaniyalar qanday vazifalarni amalga oshiradi?
Xususiy tijorat banklari tashkil qilishning ahamiyatli jihatlari nimada?
14-mavzu. MARKAZIY BANK VA UNING FUNKSIYALARI §14.1. Markaziy banklarning vujudga kelishi va rivojlanishi
Markaziy banklarning vujudga kelishiga asosiy sabab mamlakatda banknotalarni muomalaga chiqarilishi va ularni ishonchli banklar qoʻlida markazlashtirish zaruratidir.
Davlat qonuniy yoʻl bilan markaziy banklarni qoʻllab-quvvatlagan va yagona emissiya bankiga aylantirgan. Dastlab vujudga kelgan banklar markaziy yoki tijorat banklariga boʻlinmagan. Ular pul mablag’larini saqlash, kredit berish va toʻlovlarni amalga oshirish bilan shug’ullanganlar, keyinchalik ular mablag’larni yig’ish maqsadida muomalaga banknotalarni chiqarganlar. Banklarni yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chiqarish yirik tijorat banklari qoʻliga oʻta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank «milliy» yoki «emission» bank, keyinchalik «markaziy bank» deb atalgan. Markaziy bank kredit tizimini boshqarib turuvchi, ya’ni, mamlakatdagi barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit muassasasi sifatida namoyon boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |