A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


Nemis Federal bank haqidagi Qonunda bosh bank tizimi oldida uch asosiy vazifa



Download 1,87 Mb.
bet70/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

Nemis Federal bank haqidagi Qonunda bosh bank tizimi oldida uch asosiy vazifa:

  1. Pul muomalasini tartibga solish;

  2. Iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashni tartibga solish;

  3. Toʻlov aylanmasini amalga oshirish qoʻyilgan.

Nemis Federal bankining vazifalari, maqsadlari va yoʻnalishiga yaqinroq boʻlgan Avstriya milliy bankini misol tariqasida keltirish mumkin. Markaziy bankning vazifasi qonunda umumlashgan holda aks etgan va ayni vaqtda uning ruxsat etilgan operatsiyalari aniq koʻrsatilgandir.
Avstriya bank qonunchiligining oʻziga xos xususiyati, uning Markaziy bank qonunchiligida qatnashish huquqqa ega ekanligi hisoblanadi.
Pul kredit sohasiga tegishli qonun loyihalarining hammasi Markaziy bankka koʻrib chiqish uchun ma’lum vaqtga beriladi va uning roziligidan soʻnggina tasdiqlanadi.
Bu borada Angliya Markaziy banki mavqi oʻzgachadir. Uning asosiy vazifalari qonuniy tartibda ham qayd qilingan, shu bilan birga moliya Vazirligiga ham boʻyinsunmaydi. Angliya markaziy bankining vazifalari bu sohada urf odatlarga tayanadi, bu esa oʻz navbatida Angliya bankining tashkil topishidagi tarixiy hujjatlariga asoslangan.
Bir qator mamalkatlarda, masalan, AQSH, Shvetsiya, Buyuk Britaniya va Italiyada Markaziy bank vazifalarining ta’rifiy qonunida qayd etilmagan yoki umumiy holda koʻrsatilgan, xolos. Shunday boʻlsa ham, ikkala guruhda juda mustaqil va shu bilan birga qaramroq boʻlgan markaziy banklar bordir.
Markaziy bank mustaqilligining belgilovchi omillaridan biri, uning pul kredit siyosatiga davlat organlarining aralashishini qonun boʻyicha qanchalik darajada oʻrganilganligidadir. Bu omil birinchi galda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligiga ta’sir koʻrsatadi.
Mustaqillik darajasi nisbattan past boʻlgan markaziy banklarga Fransiya va Italiya markaziy banklarini misol qildib koʻrsatish mumkin.
Bu davlatlarda pul kredit siyosati yoʻnalishini belgilashi Qonun bilan mustahkamlangan. Markaziy bank esa, hukumat koʻrsatmalarini bajaradi va unga maslahatchi vazifasini oʻtaydi.
Davlatning pul kredit siyosatiga aralashuvi qonunda koʻrsatilganligi va uning darajasi kengligi omiliga keyingi mamlakatlar guruhini Buyuk Britaniya, Gollandiya, Shvetsiya va Yaponiya mamlakatlari egallaydi. Bu mamlakatlarda davlat organlarining Markaziy bank siyosatiga aralashuvi, unga yoʻl yoʻriq koʻrsatishi, uning qarorini bekor qilishi va shu kabilar Qonunda aniq belgilangan.
Angliyada davlat bilan Markaziy bank oʻrtasidagi munosabatlar 1946 yilda qabul qilingan “Angliya banki haqidagi qonun”ning 1 boʻlim 4 bandi bilan tartibga solinadi. Shu qonunga muvofiq, Moliya Vazirligi Markaziy bank ustidan sezilarli ta’sir oʻtkazish uchun rasmiy huquqqa ega hisoblanadi.
Angliya banki faoliyat koʻrsatishga nisbattan koʻproq ta’sir koʻrsatishga ega, Daniya va Avstriya Markaziy banklari esa pul kredit siyosati yuritishda hukumatning aralashuvidan mustaqillik darajasi boʻyicha oldingi oʻrinlarda turadi. Bu davlatning qonunchiligi hukumat Markaziy bankining pul kredit siyosatiga aralashuviga rasmiy ravishda yoʻl qoʻymaydi, biroq, markaziy banklarni hukumatning iqtisodiy siyosatiga moslab siyosat yuritishlarini oʻzaro moslashishi talab qilinadi.
Avstriya Milliy banki faoliyati ustidan Moliya Vazirligi nazorat olib boradi. Moliya vaziri bank faoliyatining qonuniyligi boʻyicha qonun oldida javobgardir. U davlat komissari va uning oʻrinbosarini tayinlaydi, ular Bosh Kengashning yig‘ilishlarida oʻz ovozlari bilan ishtirok etishlari hamda dalolatnoma va tushuntirish holatlarini talab qilishlari mumkin. Davlat komissari Markaziy bank Bosh Kengashining qarorini orqaga surishga huquqi bor, bunda albatta qaror komissarning fikricha, amal qilayotgan qonunchilikka zid kelishi kerak.
Biroq, Markaziy bank qonunda koʻrsatilgan faoliyatni va operatsiyalarni amalga oshirsa, davlat komissari ham Moliya vaziri ham aralashishga xaquqi yoʻq. Shu orqali bir tomondan, Avstriya Milliy banki mustaqilligi qonuni bilan mustahkamlangan, boshqa tomondan esa, davlat organlari Markaziy bank siyosatiga bevosita rahbar saylab va nazorat oʻrnatib, ta’sir koʻrsatishi mumkin.
Oxirgi turtinchi gurux mamlakatlariga Germaniya va Shvetsariyani koʻrsatish mumkin, bu davlatlarning markaziy banklari eng mustaqil hisoblanadi. Bu mamlakatlar qonunchiligida davlat Markaziy bankning pul kredit siyosatiga aralashuvi koʻrsatilmagan. Shvetsariya Markaziy bankini hukumat iqtisodiy siyosatiga moslashishi xususida qonunchilikda qayd qilinmagan. Germaniyada Markaziy bank siyosati mamlakat hukumatidan qonun boʻyicha mustaqil qilib belgilab qoʻyilgan. 1924-yilda Germaniyada boʻlgan infilyasiya inqirozi davrida aniq boʻldiki, Markaziy bank faoliyatini hukumat ta’siridan chegaralash kerak. Germaniya Federativ Respublikasi emissiya bankining toʻliq mustaqilligi 1948- yilda qayta tiklandi.
AQSHning Federal Rezerv Tizimidan farqli ravishda Nemis Federal banki parlamentga hisobot bermaydi, u oʻz faoliyati vakolatini “Nemis Federal bank haqida”gi qonunga muvofiq amalga oshiradi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish