Asosiy tushunchalar: markaziy bank, hududiy bosh boshqarmalar, lisenziya, xazinabon, pul-kredit siyosati, moliyaviy maslahatchi, korrespondentlik schyotlar, bank, pulni saqlash, sarroflar, pul almashtirish, kredit operasiyalari, naqd pulsiz hisob-kitoblar, banklar
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Markaziy banklarning vujudga kelishidan asosiy sabab nimadan iborat?
Markaziy banklar qanday yoʻllar bilan vujudga kelgan?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qanday mulkka asoslangan?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyati qanday maqsadlarga yoʻnaltirilgan?
Markaziy banklar qanday asosiy vazifalarni bajaradilar?
Markaziy bankning pul muomalasini tashkil etish va boshqarish vazifasi nimalardan iborat?
Markaziy bank hukumat banki sifatida qanday vazifalarni bajaradilar?
Markaziy bank hisob-kitob va kassa xizmatlari koʻrsatish maqsadi nimadan iborat?
Markaziy bankning nazorat qilish va tartibga solishni qanday amalga oshiriladi?
Markaziy bank valyutani tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha qanday vazifalarni amalga oshiradi?
15-mavzu. MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIGI
§15.1. Markaziy bankning mustaqilligi va uni belgilovchi mezonlar. o‘tish iqtisodiyotida markaziy banklar
Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solishdagi oʻrni koʻp hollarda milliy urf odatlardan va bank tizimining milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Biroq, umumiy yoʻnalish (tendensiya)larni ham asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga taqqoslagan holda koʻrib chiqish mumkin.70-yillar oʻrtasidan 80-yillar oʻrtalarigacha boʻlgan davr mobaynida davlatning iqtisodiyotiga amaliy aralashuvi natijasida jahonning koʻpgina etakchi mamlakatlarida markaziy banklarning “qudratlilik nazariyasi” tasdiqlandi. Markaziy banklarning obroʻ-e’tibori, nufuzi oʻsdi va bu ma’muriy boshqaruv usullarining kengayishida namoyon boʻldi.
Shu asosda koʻrilayotgan davrda markaziy banklar darajasida xalqaro aloqalar muvofaqiyatli rivojlandi. Bunga yaqqol misol qilib, Yevropa Valyuta Tizimining tashkil topishi va Yevropa Markaziy bankini tuzish rejasini koʻrsatish mumkin.
Ushbu holatdan kelib chiqib, Markaziy bankni tartibga solish mexanizmining harakterli xususiyatlari bilan xuddi shu davrda amal qilayotgan iqtisodiy nazariyalar yoʻnalishlari oʻrtasida yetarli darajada oʻxshashliklarni misol qilib keltirish mumkin. Davlat aralashuvi kuchaygan davrda (keynschilar tarafdorlari nazariyasi boʻyicha) Markaziy banklarning roli ham kuchaydi, tartibga solishning ma’muriy metodlarini qoʻllash kengaydi va aksincha, monetaristlar nazariyasining ta’siri kuchayishi va davlatning iqtisodiyotga aralashuvining kamayishi oqibatida markaziy banklarning iqtisodiyotni tartibga solishda bozor maxanizmlaridan foydalanishga majbur boʻldilar. Shunday vaziyatlarda Markaziy bank vakolatining bir qismi ichki pul kredit va valyuta siyosatidagi muammolarni echish uchun Moliya Vazirligiga beradi.
Biroq, G‘arb iqtisodchilari nuqtai nazarlarining tahlili shuni koʻrsatadiki, Markaziy bankning iqtisodiyotdagi oʻrnini oʻzgarishiga sub’ektiv omillar ham katta ta’sir koʻrsatishi mumkin, shu jumladan, xatto bank rahbarining shaxsiy sifatlarini ajratib koʻrsatish mumkin.
Masalan, G‘arbiy Yevropa mamlakatlar Markaziy banklarning roli oʻzgarishini oʻrganishga bag‘ishlangan tadqiqotlardan bir qator iqtisodchilar 70 - yillarda markaziy banklarning kuchayishini shu milliy bank tizimining boshqaruvida koʻzga koʻringan hukumat va xalqaro doiralarda obroʻ e’tibori yuqori boʻlgan moliya arboblari boshqarganliklarini ta’kidlaydilar. Buning oqibatida oʻsha davrdagi milliy valyuta raqobatbardoshligiga xaf soluvchi hukumatning iqtisodiy chora tadbirlarga qarama qarshi “qattiq siyosat” qoʻllash mumkin boʻlgan edi.
Monetar siyosatni amalga oshiruvchi organlar farqlanishidagi uchinchi va eng katta jihat, ushbu organlarning mustaqilligi hamda bu organga davlatda berilgan iqtisodiy maqomdir. U yoki bu Markaziy bankning oʻz faoliyatidagi mustaqillik darajasini aniqlash uchun ularning mustaqillik mezoni (belgisi)ga xolis baho berish kerak. Xorijiy adabiyotlarda markaziy banklar mustaqillikni aniqlanishing bir necha usullari qayd etilgan. Asosan markaziy banklarning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi ajralib (farqlanib) turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |