Ikkinchidan, istiqlolgacha hamda mustaqillikning dastlabki uch yilida amalda boʻlgan katta hajmdagi rubl muomaladan chiqarilib, 1994-yilning iyun oyidan boshlab, milliy valyuta “soʻm” muomalaga kiritildi.
Uchinchidan, mustaqillikkacha va qisman uning dastlabgi yillarida respublikamizning bank muassasalarida amalda boʻlgan va sobiq markazlashgan rejali iqtisodiy tizim talablariga muvofiq boʻlgan me’yoriy hujjatlar tubdan qayta ishlab chiqilib, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga xos boʻlgan maxsus qonunlar va bank faoliyatining barcha yoʻnalishlarini qamrab olgan va uni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarning toʻliq majmuasi shakllantirildi.
Jumladan, 1998-yilda bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi tavsiyalari va xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar majmui amaliyotga joriy etildi.
Manfaatdorlikni pasaytiradigan va umuman moliyaviy vositachilik samaradorlik qoʻlamlarini oshirishga toʻsqinlik qiladigan kredit boʻyicha foiz stavkalari hamda kredit miqdorlari boʻyicha limitlar bekor qilinib, iqtisodiyotni tartibga solishning bozor tamoyillariga mos boʻlgan monetar siyosatning bilvosita instrumentlari: majburiy zahira talablari, qayta moliyalash va ochiq bozordagi operasiyalar mexanizmlari joriy qilindi.
Toʻrtinchidan, tijorat banklari buxgalteriyasining tashkiliy tarkibi butunlay yangilandi, xalqaro andozalarga mos boʻlgan buxgalteriya hisobi tartibi va moliyaviy hisobotlari shakllari joriy etildi, shular asosida masofaviy va joyida tekshirish shakllaridagi bank nazoratining zamonaviy xalqaro me’yorlari amaliyotga joriy etildi.
Bank tizimi rivojlanishining 2001-2010-yillarni oʻz ichiga oluvchi keyingi bosqichda bank tizimini yanada isloh qilish, takomillashtirish, barqarorlik va salohiyatini oshirish, moliya-bank sektori tarkibi va infratuzilmasini rivojlantirish borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2010 yil 26 noyabrdagi «2011-2015-yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻg’risida»gi PQ-1438-sonli Qarorining qabul qilinishi respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, banklar va butun bank-moliya tizimi faoliyatiga yondashuvlarni hamda baholash tizimini tubdan oʻzgartirish, qabul qilingan xalqaro me’yorlar, standartlar va baholash koʻrsatkichlariga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishni ta’minlashga asos boʻldi. 2017-2021 yillarga belgilangan strategiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |