A. M. Karimova, D. M. Malikova pul va banklar


Mulkchilik shakliga qarab banklar



Download 1,87 Mb.
bet77/146
Sana16.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#676126
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   146
Bog'liq
пул ва банклар укув кулланма 13 03 2020

Mulkchilik shakliga qarab banklar:

  • davlat bankiga,

  • aksioner banklarga,

  • kooperativ,

  • xususiy,

  • mintaqaviy,

  • aralash mulkchilikka asoslangan bank kabilar boʻlinadi.

Yuksak rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining aksariyat qismi mulk shakli boʻyicha aksioner bank hisoblanadi.
Aksioner banklar aksioner jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aksioner banklar boʻlishi mumkin. Aksionerlar safiga kirish aksiyalarni sotib olish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aksiyalarini sotib olishi va aksioner boʻlishlari mumkin.
Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar boʻlishi mumkin.
Xususiy banklar – jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari hisobidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi.
Bajaradigan operatsiyalariga koʻra tijorat banklar – universal va maxsus banklarga boʻlinadi.
Universal banklar xilma – xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega boʻladi. Maxsus banklar ma’lum yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatib, oʻz faoliyatini shu yoʻnalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat koʻrsatuvchi banklar, eksport-import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, zamin banklar kirishi mumkin.
Joylashish belgisiga koʻra tijorat banklar:

  • xalqaro,

  • respublika,

  • mintaqaviy,

  • viloyat banklariga boʻlinishi mumkin.

Banklar tarmoqlarga xizmat koʻrsatishiga qarab:

  • sanoat, qurilish, qishloq xoʻjaligi, savdo va boshqa banklarga boʻlinishi mumkin.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning oʻrni, ularning iqtisodga ta’siri oʻsib bormoqda.
Kredit muassasalari aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning boʻsh pul mablag‘larini yig‘ish va joylashtirishdan tashqari, kapital jamg‘arilishini, harakatlanuvchi kapital yordamida korxonalarning xoʻjalik faoliyatini takomillashtirishga koʻmaklashadi va korxonalar faoliyati ustidan nazorat olib boradi.
Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar oʻrtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Sanoat, transport, qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻshimcha investitsiyaga boʻlgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xoʻjaligida progressiv yutuqlarga erishishni ta’minlashi mumkin.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish