Valyuta kursini egri kotirovkalash. Bunda bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori oʻrnatiladi, ya’ni, bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi koʻrsatiladi.
Valyuta munosabatlari - 1. Bu bir davlat valyutasining boshqasiga ayirboshlashdir. Valyuta munosabati ma’lum valyuta kursi asosida amalga oshiriladi. 2. Tashki savdo, iqtisodiy va ilmiy-texnik xamkorlik, xorijga kredit hamda qarzlarni berish va olish, valyuta va valyuta aktivlarini sotib olish bilan bog’lik bitimlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan valyuta bilan bog’lik munosabatlardir.
Valyuta operasiyalari - chet el valyutalari va valyutali qimmatliklarga mulk huquqini almashinishi bilan bog’liq operasiyalari.
Valyuta opsioni uning xaridoriga ma’lum bir huquqni beradi, ayni paytda, uning zimmasiga kelajakdagi ma’lum muddatda belgilangan narx boʻyicha xorijiy valyutaning muayyan miqdorini xarid qilish yoki sotish majburiyatini yuklamaydi. Opsionni sotuvchi xaridor oldida kelajakdagi muayyan muddatda qat’iy belgilangan narx boʻyicha muayyan miqdordagi xorijiy valyutalarini xarid qilish va sotish majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.
Valyuta pozisiyasi – 1. Bu valyuta xatari koʻrsatkichi boʻlib, u vakolatli bank tomonidan chet el valyutasini oldi-sodi operasiyasini, shuningdek, boshqa operasiyalarni amalga oshirishi natijasida chet el valyutasida ifodalangan talablar yoki majburiyatlarning oʻzgarishiga olib keladigan vakolatli bankning chet el valyutasidagi aktivlari (talablari) yoki majburiyatlari oʻrtasidagi nisbatni ifodalaydi. 2. Vakolatli bank tomonidan chet el valyutasining oldi-sotdi operasiyasini, shuningdek boshqa operasiyalarni amalga oshirish natijasida chet el valyutasida ifodalangan talablar yoki majburiyatlarning oʻzgarishiga olib keladigan vakolatli bankning chet el valyutasidagi aktivlari (talablari) yoki majburiyatlari oʻrtasidagi nisbatini ifodalaydigan koʻrsatkich.
Vasiqa- Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida mol-mulk oldi-sotdisi toʻg’risida tuzilgan rasmiy hujjat (shartnoma).
Vaucherlar - bu sertifikatlar yoki oldindan beriladigan guvohnomalar boʻlib, ular aholi oʻrtasida taqsimlanadi va oʻz egalariga ular uchun kimoshdi savdosida sotuvga qoʻyiladigan davlat korxonalarining aksiyalarini olish yoxud ularni vaucherlardan foydalanish boʻyicha vositachilik vazifalarini bajarishga tayinlangan investisiya fondlariga qoʻyish huquqini beradigan hujjatlar.