A. M. Abduvohidov, F. S. Qutlimurotov



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/86
Sana09.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#766333
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86
Bog'liq
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

 
 
 
 
 


90 
X-bob. TURISTIK FIRMANING BIZNES REJASI 
 
10.1. Turistik firma faoliyatini rivojlantirish asoslari 
10.2. Turistik firmada biznes reja loyihalari 
10.3. Turistik firmaning o‘z oldiga qo‘yadigan maqsad va vazifalari 
10.4. Marketing va moliyalashtirish rejalari tizimi 
 
10.1. Turistik firma faoliyatini rivojlantirish asoslari 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday tashkilot bir-biri bilan o‘zaro 
integratsiyalashuvsiz hech qanday rivojlanishga erisha olmaydi. Masalan, 
avtomobil ishlab chiqarish kompaniyalari bu kompaniya mahsulotlariga xizmat 
ko‘rsatadigan xususiy avtoservislarni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi kerak. 
Chunki, avtoservislar kompaniya tomonidan chiqarilayotgan avtomobillarni 
ta’mirlash bo‘yicha barcha qulayliklarga ega bo‘lsa, bu avtomobillarga bo‘lgan 
talab tabiiy ravishda oshib boradi. Xuddi shuningdek, turizm sohasidagi kichik va 
xususiy biznes sub’yektlari ham bir-biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishlari 
turizm sanoatining istiqbolli rivojlanishiga olib keladi. Yuqoridagi bo‘limlarimizda 
aytib o‘tganimizdek, turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik va xususiy 
biznes sub’yektlari mos ravishda bevosita va bilvosita firmalarga bo‘linadi. 
Bevosita tadbirkorlik sub’yektlari turizm sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi 
bo‘lgan har xil turistik sayohatlarni uyushtiruvchi agentliklar, turizm operatorlari, 
xususiy mehmonxonalar, kempinglar, xususiy sanotoriyalar va pansionatlar, 
xususiy ijara uylari va umuman olganda, turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi barcha 
firmalarni o‘z ichiga oladi. Bilvosita tadbirkorlik sub’yektlari esa, mamlakatimiz 
ichki bozorlarida chet ellik turistlar ehtiyojini qondiradigan raqobatbardosh 
mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik va xususiy biznes 
korxonalarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda xalqaro 
turizmning jahon andozalariga mos keladigan jihatlari endigina rivojlanayotganligi 


91 
bois turistlarga turistik xizmatlarni ko‘rsatish borasida talaygina qiyinchiliklarga 
duch kelinmoqda. Bular bevosita turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik 
va o‘rta biznes sub’yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning yaxshi 
o‘rnatilmaganligiga borib taqaladi. Biz quyida ana shu muammoni hal etish 
yo‘llari xususida o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirib o‘tmoqchimiz. O‘zbekiston 
Respublikasi o‘zining ko‘plab tarixiy qadamjolari va ziyoratgohlari, ko‘hna va 
navqiron buyuk shaharlari bilan birga go‘zal va xushmanzara tabiati, serjilo 
daryolari-yu ko‘llari, ajoyib hayvonot olami, dashtu-cho‘llari, bepoyon 
tekisliklari-yu tog‘u-toshlari, o‘rmonzorlari kabi boyliklariga ham egadir. Hozirgi 
kunda mamlakatimizga tashrif buyuradigan chet ellik turistlarning sayohatlarini 
tashkil etish borasida faoliyat ko‘rsatayotgan turistik agentliklar o‘z faoliyat 
doirasini mana shunday turizm resurslari hisobidan kengaytirishga harakat 
qilishmoqda. Biroq, bu borada turistik agentlar bilan boshqa shu sohaga taalluqli 
kichik va xususiy biznes sub’yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning zamon 
talablariga mos ravishda shakllanmaganligi natijasida ko‘plab to‘siqlarga duch 
kelinmoqda. Buning uchun, birinchidan, marketing tadqiqotlarini amalga 
oshiradigan kichik va xususiy kompaniyalar bilan turistik agentlar o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatni qaror toptirish kerak. Turistik agentliklar yangi tashkil 
etilganligi bois ularda xizmat ko‘rsatuvchi personal miqdorining kamligi va 
bundan tashqari tajribali marketologlarning yetishmasligi tufayli ular turistlar 
uchun qanday turistik mahsulotlarga ehtiyoj borligini, shuningdek, bu turistik 
mahsulotlarni turistlarga reklama qilish borasida qiyinchiliklarni boshidan 
kechirishmoqda. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazuvchi agentliklar esa o‘zlaridagi 
marketing xizmatlarini turistik agentliklarga taklif etishsa, bu muammo hal 
bo‘lardi. Ular ham mahalliy, ham chet ellik turistlarning qanday turistik mahsulot 
turlariga ehtiyojlari borligini to‘liq o‘rganish imkoniyatiga egadirlar. Bundan 
tashqari, bu agentliklar mamlakatimizning xushmanzara hududlarini chet ellarga 
reklama qilishlari ham turistik agentliklarga qaraganda osondir. Buning sababi, 
marketing tadqiqoti o‘tkazuvchi agentliklarda ham tadqiqot o‘tkazish, ham reklama 


92 
uyushtirish uchun yetarli darajadagi moddiy-texnika bazasining shakllanganligida 
o‘z ifodasini topadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, agarda turistlarga 
mamlakatimizda mavjud turizm resurslari yetarli darajada reklama qilinsa, u holda 
turistlarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi yanada ortadi. Bu esa turizm 
sohasida faoliyat ko‘rsatadigan kichik va xususiy biznes sub’yektlari salmog‘ini 
oshishiga olib keladi. Ikkinchidan, turistik agentlar bilan dam olish sanatoriyalari, 
mehmonxonalar va kempinglar bevosita aloqa o‘rnatishi kerak.
19

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish