A. M. Abduvohidov, F. S. Qutlimurotov


A.Abduvohidov, F.Qutlimurotov. – Economy of tourism. - Textbook. - TSIU



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/86
Sana09.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#766333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
6-y-Turizm-iqtisodi.-Oquv-qollanma.-A.M.Abduvohidov-F.S.Qutlimurotov.-T-2011

A.Abduvohidov, F.Qutlimurotov. – Economy of tourism. - Textbook. - TSIU, 
2010 y. – 160 p.
Textbook devoted to the learning and analizing of the economy of tourism, definition of 
main stages of its formation and development. 
Textbook intended to the students, of higher school taught in economic specialities, 
researchers, professors, students of secondary special tourism colleges and people, who are 
working in the field of tourism. All comments and recommendations of readers will accepted by 
author gladly. 
© Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti , 2011 
© Ташкeнтский государствeнный экономичeский
унивeрситeт, 2011 
© Tashkent state university of economic, 2011 
 



KIRISH 
 
XX asr insoniyat hayoti va faoliyati tarzi tarovatining barcha sohalariga 
ulkan o‘zgarishlarni olib keldi. Bu o‘zgarishlar fan va ilmiy tadqiqotlar, texnikani 
rivojlantirish, yangi materiallar, texnologiyalar yaratish va ishlab chiqarishni 
boshqarish sohalarida yorqin namoyon bo‘ldi. Insonning o‘zi, ya’ni moddiy 
boyliklarni ishlab chiqaruvchi va shu bilan birga ularni iste’mol qiluvchi 
shaxsning o‘zi ham sifat jihatidan o‘zgarib bormoqda. Insonlarning falsafasi, 
dunyoqarashi, fikri - tafakkuri ham tubdan o‘zgarib bormoqda. O‘zbekiston o‘z 
mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng bozor munosabatlariga o‘ziga xos model 
orqali kirib bormoqda. Bozor munosabatlariga o‘tish ob’yektiv zaruriyat bo‘lishi
bilan birga zamon talabi hamdir. Bozor iqtisodiyoti barcha imkoniyatga daxldor 
hodisa bo‘lib, jahon sivilizatsiyasining rivojlanish yo‘lida muqarrar bosib 
o‘tiladigan bosqichdir. Bozor iqtisodiyotining chinakkam oxirgi maqsadi, avvalo, 
insonga munosib yashash sharoitlarini yaratish va respublikani madaniyat va 
taraqqiyot cho‘qqilariga olib chiqishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish qaror topib 
kelayotgan yangi davlatchilik uchun jamiki resurslardan foydalanishni, xalq 
xo‘jaligining farovon turmush kechirayotgan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
mamlakatlar qatoriga olib chishni ta’minlab beradigan qudratli iqtisodiy asos 
yaratib berishi kerak. 
Hozirgi 
vaqtda 
butun 
dunyoda, 
shuningdek 
O‘zbekistonda ham
iqtisodiyotning noishlabchiqarish, xususan turizm sohasiga e’tibor tobora 
kuchayib bormoqda. Insonlar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazib, dam olishga, 
sog‘ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf - odatlari, qadriyatlarini bilishga 
intilmoqdalar. Bunday xizmatlarni turizm sohasi ko‘rsatadi. Insoniyat har doim 
o‘zining harakat doirasini o‘zgartirib, yangi yerlarni kashf qilishga intilgan. XX 
asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga
turtki bo‘ldi. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi juda ham barqaror rivojlanib 
bormoqda va ularning har yillik o‘sish sur’ati 8%-10% gacha boradi. Bu esa 



turizm sohasining qanchalik darajada mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal 
qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shunisi qiziqki, turizm 
rivojlanishi natijasida transport, bozor infratuzilmasi, savdo-sotiq, oziq-ovqat 
tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ham 
rivojlanib boradi. 
O‘zbekiston yangi XXI asrga shaxdam qadamlar bilan kirib keldi. XXI asr 
turizm va sayyohlik asri bo‘ladi deb bashorat qilinmoqda. XXI asrda turizm 
o‘zining salmoqli hissasi bilan respublika budjetida valyuta tushumini ta’minlaydi. 
Bunga respublikamizda har tomonlama imkoniyatlar va asoslar yetarli. Faqat 
zamonaviy turizmni rivojlantirish strategiyasini hayotga tatbiq etib, turizm sohasini 
yuqori pog‘onalarga ko‘tarish imkoniyatini yaratishimiz kerak. O‘zbekistonda 
turizm yangi soha hisoblanmaydi, bu soha qadimdan mavjud bo‘lgan, faqat bizning 
oldimizda turgan vazifa turizmni yangicha strategiya asosida rivojlantirish va 
istiqbolini belgilashdir. 
Turizm turistlarga xizmat ko‘rsatishga aloqador bo‘lgan tarmoqlarni qamrab 
oluvchi o‘ziga xos dam olish sanoati hisoblanadi. Turizm sohasidagi hamkorlik
xo‘jalik jamoat ishlab chiqarishga aholining band bo‘lmagan yoki qisman band 
bo‘lgan qatlamlarini jalb qilib, mehnat resurslaridan to‘liq va oqilona foydalanish 
muammosini hal qilishga yordam beradi. Bu ayniqsa sanoati yaxshi rivojlanmagan 
mintaqalar uchun muhimdir. Turizm sohasidagi hamkorlik iqtisodiy imkoniyatlari 
nisbatan yuqori emasligi bilan farqlanuvchi ayrim mintaqalarni rivojlantirishda 
muhim rol o‘ynaydi. Turizm, bu mintaqalarda ishga oid faollikka yordam beradi, 
jamoat ishlab chiqarishida band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholini jalb qiladi, 
mehnatni tatbiq qilish sohasini kengaytiradi. Turizm sohasida hamkorlik qilish 
iqtisodiyotning rivojlanishini faollashtiradi, mintaqaviy resurslardan samarali 
foydalanishga hamda xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarining malakasini oshirishga 
yordam beradi. Turistik tarmoq qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni rivojlantirishni 
jadallashtirish va uni yaxshilashga yordam beradi. Kelajakda aholiga xizmat 
ko‘rsatish sohasining kengayishi bilan xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar 



soni ortib boradi. Turizm sohasida hamkorlik qilish orqali tarmoqning jadal 
rivojlanishi, uning iqtisodiy ahamiyatining o‘sishi turistik xizmat sohasining katta 
foyda keltira olishi, bu sohaga sarmoyalarni ko‘plab sarflanishiga olib keldi. 
Mablag‘ni ko‘p talab qilishiga qaramay, turistik sohaga sarflangan sarmoya juda 
foydalidir, chunki u o‘zini nisbatan tez qoplaydi. Xorijiy turistlardan olinadigan 
pul tushumlari daromadga aylanadi va milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarida 
muomalada bo‘ladi.




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish