9. Poyafzal va odam oyog‘i izlarining trasologik
ekspertizasini o‘tkazish metodikasi
Ekspert topshiriq va tadqiqot vazifasini aniqlashtirib olarkan,
ekspertizaga berilgan obyektlarni ko‘zdan kechirishga kirishadi. Ko‘zdan
kechirish jarayonida u ekspertiza obyektlarining holatini qayd etadi.
So‘ngra poyafzal izlarining hosil bo‘lish, topilishi va qayd etish shart-
sharoitlarini aniqlaydi (qaysi obyektdan topilgan qaysi ashyo bilan
shakllangan, ularning hodisa joyidagi narsalar bilan o‘zaro joylashuvi va
bog‘liqligi, jinoyatchilarning qaysi xatti-harakatlari orqali hosil bo‘lgan,
1
Қаранг: Грановский Г. Л. Криминалистическое исследование следов ног.
– Киев, 1970. – С. 69.
56
qaysi usullar bilan aniqlangan va mustahkamlangan, hodisa joyida qanday
o‘zgarishlarga duchor bo‘lgan, qanday sharoitda saqlangan).
Ekspert ish materiallaridan gumon qilinuvchining poyafzali jinoyat
sodir etilgandan so‘ng, qancha muddat kiyilganini, bu vaqt ichida u qanday
o‘zgarishlarga duchor bo‘lganini, uni boshqa shaxslar kiygan-
kiymaganligini, uning ta’mirlangan yoki ta’mirlanmaganligini; tajriba
nusxasi kim tomonidan olinganligini qaysi materiallar va predmetlar
yordamida qo‘llanilgan usul va vositalar olinadigan nusxalarning yuqori
sifatga ega bo‘lishini taminlay olishini aniqlashi mumkin. Tadqiqotga
taqdim etilgan materiallar yetarli bo‘lmaganda, ekspert xulosa berish
uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallarni so‘rab olishga haqlidir.
So‘ngra ekspertiza obyektlarining nimalardan iboratligini va qanday
xususiyatlarga egaligini aniqlash uchun ularni ko‘zdan kechiradi.
Bularning bari keyinchalik oyoq kiyimlari izlari ekspertizasi
obyektlarining alohida va taqqoslash tadqiqotini to‘g‘ri olib borish
imkonini beradi.
Oyoq kiyimlari izlarining alohida tadqiqoti jarayonida ekspert
izlardagi poyafzal tagcharmining tashqi tuzilishi belgilarining aksini
o‘rganadi, ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarni hal etish uchun har bir iz
aksining ahamiyatini aniqlaydi va ushbu belgilar aksi qo‘shilishining
individualligini aniqlaydi. Poyafzal ekspertizasiga berilgan tagcharmi
identifikatsion belgilarini alohida o‘rganishda ham shu vazifalar hal
etiladi.
Izlarning o‘zi, ularning qoliplari va fotosuratlari, shuningdek izlardan
olingan nusxalarning alohida tadqiqotida, ularda aks etgan poyafzal
tagcharmi va uning qismlari konfiguratsiyasi; izning uzunligi undagi har
bir qismning uzunligi va eni; iz qismlarida aks etgan suratlar, harfli va
raqamli belgilar, metall nahallar va boshqalarning shakllari aniqlanadi. Iz
shakliga qarab, u butun tagcharm bilan yoki uning biror-bir qismi bilan
qoldirilgan-qoldirilmaganli va iz qaysi oyoqning poyafzaldan
qoldirilganligi haqida fikr yuritiladi.
Shuningdek, izlarning o‘ziga xosligi, masalan, izlardagi qandaydir
geometrik figuraning akslanishining notekisliklari, ularning o‘lchamlari,
shakllari, joylashishi ham ta’kidlanadi. Panja qismining aksida uning orqa
kesimining izning o‘q chizig‘i va poshna old kesimi aksining chizig‘iga
nisbatan holati aniqlanadi. Yuzaki izlarning konturlari, botiq izlardagi va
ularning quyma nusxalaridagi relyefli notekisliklarni aniqlash uchun yon
tomondan yoritish qo‘llaniladi. Sirpanish izlarida izning ko‘lami, uning
kengligi va ular o‘rtasidagi masofa aniqlanadi.
57
So‘ngra xususiy identifikatsion belgilarning akslanishi tadqiq etiladi.
Agar ular geometrik figura, uzuq-yuluq chiziqlar notekislikning noaniq
shakli ko‘rinishiga ega bo‘lsa, unda ularning shakli, o‘lchami (uzunligi,
eni, balandligi, chuqurligi, diametri) va holati aniqlanadi. Belgilarning aksi
va ularning o‘zaro holatini belgilaydi. Buning uchun shaffof asos ustiga
tomonlari 5x5 va 10x10 mm o‘lchamda bo‘lgan kvadratdan iborat o‘lchov
to‘rini tayyorlash tavsiya etiladi. To‘r oldindan tanlangan nuqta yoki o‘q
chizig‘i bo‘ylab izning fototasviri ustiga qo‘yiladi, bunda suratdagi iz
tasviri ularning tabiiy kattaligiga mos kelishi lozim. O‘lchov to‘ri ba’zan
bevosita izning fotosuratiga chiziladi.
Identifikatsiya qilinayotgan poyafzalning alohida tadqiqotida, avvalo,
umumiy belgilar farqlanadi – tagcharm va uning qismlarining shakllari va
o‘lchami; tagcharm bilan poyafzal ustki qismining birlashtirilish usuli;
poyafzalning turi (ko‘rinish) va raqami; poyafzal ostki qismining o‘ziga
xos xususiyatlari: tagcharm qismlaridagi relyefli suratlarning joylashishi
va ularning mos kelishi, relyefli suratlar detallarining ko‘rinishi; relyefli
belgilar (harfli, raqamli va h.k.)ning joylashishi; tuzatilgan va
yirtilganligini ko‘rsatuvchi belgilar va h.k. So‘ngra xususiy belgilar
aniqlanadi; tagcharm qirqimi bo‘ylab joylashgan relyefli suratlar
qismlarining birikuvi, yeyilgan joyining shakli va joylashishi; relyefli
suratlarning nuqsonlari va boshqa notekisliklar (ularning shakllari,
o‘lchamlari va joylashishi); tuzatilganlik belgilari; tagcharmdagi mixlar va
shpilka (etikdo‘zlarning qalpoqchali maxsus mixi) soni va joylashishi;
tagcharmdagi metall detallar va tasodifan kirib qolgan narsalarning
mavjudligi (shakli, o‘lchami va holati) va h. k.
Alohida tadqiqot jarayonida ekspert izlardagi yoki ularning
nusxalaridagi identifikatsion belgilarning akslari mavjud emasligini
aniqlashi mumkin, shuning uchun u tadqiqotga tortilgan obyektlar
ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarni hal etish uchun yaroqsiz, degan
xulosaga kelishi mumkin. Bunday hollarda ekspertiza tadqiqotlari shu
bilan tugallanadi.
Taqqoslash tadqiqotlarida poyafzalning tagcharmi identifikatsion
belgilari va ularning izlardagi akslari o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlar
aniqlanadi. So‘ngra poyafzalning identifikatsion belgilari izlardagi xuddi
shunday belgilarning tegishli aksi bilan taqqoslanadi. Taqqoslash umumiy
belgilardan boshlanadi: tagcharm qismlarining tegishli shakllari va
o‘lchamlari aniqlanadi yoki poyafzal tagcharmining alohida bo‘laklari
izning tegishli qismi bilan solishtiriladi. Umumiy belgilarning mos kelishi
ekspertning xususiy belgilarni taqqoslashni bajarishiga xizmat qiladi.
58
Xususiy identifikatsion belgilar va ularning izlardagi aksini
taqqoslashda quyidagi izchillikka rioya qilinadi: avvalo, izda nisbatan aniq
bo‘lgan biror-bir belgining aksi aniqlanadi. Ushbu aks va poyafzal
tagcharmidagi o‘xshash belgi shakli, o‘lchami va mayda tafsilotlariga
ko‘ra o‘zaro taqqoslanadi. So‘ngra izdagi birinchi aksga qarab, boshqa
belgining aksi qidiriladi va shu asosda uning poyafzal tagcharmidagi
tegishli belgiga mos kelish-kelmasligi aniqlanadi. Izlarda aniqlangan
belgilarning qolganlari ham xuddi shunday taqqoslanadi. Umumiy va
xususiy belgilarning mos kelishi izlari hodisa joyida qoldirilgan
poyafzalning birxilligini aniqlash to‘g‘risidagi xulosaga kelishga yetarli
asos hisoblanadi. Taqqoslanayotgan xususiy belgilarda farqning
aniqlanishi hatto umumiy belgilar mos kelganda ham, qoida tariqasida
o‘xshashlikning mavjud emasligi to‘g‘risida xulosa qilish uchun asos
hisoblanadi.
Poyafzal izlari tadqiqotida quyidagi taqqoslash usullari qo‘llaniladi:
oddiy solishtirish, yonma-yon quyish va ustma-ust tushirish.
Oddiy solishtirish usuli izni poyafzal tagcharmi bilan bevosita
taqqoslashda qo‘llaniladi. Bunda izdagi iz hosil qiluvchi obyekt tashqi
tuzilishi belgilarining aksi poyafzal tagcharmidagi identifikatsion belgilari
bilan yoxud ularning tajribaviy izlardagi akslari bilan alohida-alohida
solishtiriladi. Bunday solishtirishning natijalari fotosuratlarda ko‘rsatilgan
bo‘lishi mumkin. Masalan, ulardan birida hodisa joyidagi iz aks etgan;
ikkinchisida esa, oyoq izining tajribaviy izi yaqqol mos kelishi uchun
geometrik tuzilish usulidan foydalanish mumkin. Buning uchun
fotosuratdagi iz hosil qiluvchi obyekt tashqi tuzilishi belgilari to‘g‘ri
chiziqlar bilan birlashtiriladi. Iz yoki uning nusxasi aks etgan suratda iz
hosil qiluvchi obyekt belgilarining aksi to‘g‘ri chiziqlar bilan
birlashtiriladi. Buning natijasida taqqoslanayotgan obyektlarning
fotosuratlarida bir xil yoki o‘xshash geometrik figuralar hosil bo‘ladi va
ular solishtiriladi. Taqqoslanayotgan obyektlarni o‘lchov to‘ri bo‘yicha
ham o‘tkazish mumkin.
Sirg‘algan izlar ekspertizasida yonma-yon qo‘yish yoki ustma-ust
tushirish usullaridan birini qo‘llash mumkin. Bunday izlarni ustma-ust
tushirishda taqqoslash tadqiq etilayotgan va tajribaviy izlarni bir-birining
ustiga qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Sirg‘algan tajribaviy izlar tadqiq
etilayotgan poyafzal bilan ko‘zdan kechirish jarayonida topilgan iz qabul
qilish obyektiga o‘z tabiiy xususiyatlari bilan yaqin bo‘lgan materialga
qo‘yiladi. Shuningdek, tajriba uchun plastilin, mum va identifikatsion
belgilarni nisbatan to‘liq aks ettiradigan boshqa materiallardan ham
59
foydalanish mumkin. Tadqiq etilayotgan va tajribaviy sirg‘algan izlar bir
masshtabda fotosuratga olinadi, olingan fotosuratlar kesiladi va eniga
hamda o‘zaro joylashuviga ko‘ra, izlar bir-birining ustiga qo‘yiladi.
Kalish, botinka kabi oyoq kiyimlari qoldirgan izlarni taqqoslashda
ham ustma-ust tushirish usuli samarali hisoblanadi. Buning uchun poyafzal
izi bilan kalish tagligi va ushbu izni qoldirgan poyafzal tagcharmi bir
masshtabda fotosuratga olinadi. Fotoaks shaffof fotomaterialga tushiriladi
yoki diapozitiv tayyorlanadi, ular bir-birining ustiga qo‘yilib, yorug‘lik
yordamida ko‘riladi. Agar suratlar fotoqog‘ozga tushirilgan bo‘lsa, unda
bular ham bir-birining ustiga qo‘yilishi mumkin. Buning uchun fotosurat,
masalan, poyafzal tagcharmining fotosurati to‘g‘ri yoki qiyshiq chiziqlar
bilan kesiladi, izdan olingan gipsli nusxa fotosurati ustiga qo‘yiladi.
Taqqoslashda tadqiq etilayotgan obyektlarda tasodifiy o‘xshashlik
yoki farqlar aniqlanishi mumkin. Bunday hollarda ekspert kuzatilayotgan
o‘xshashlik yoki farqlarning sabablarini izohlashi lozim. Sabablar turlicha
bo‘lishi mumkin. Bu, eng avvalo, iz hosil qilish mexanizmining muayyan
shart-sharoitlari, izni olish va jinoyat sodir etilgan payt o‘rtasidagi uzoq
vaqt o‘tishi, havo harorati va atmosfera ta’siri, izlarni qayd qilish
usullarining nomukammalligi va poyafzal kiyilganda uning tagcharmida
yuzaga keladigan doimiy o‘zgarishlar, iz hosil qilish jarayoni bu –
relyefning poyafzal ust qismiga ta’sir qilish belgilarining aks etishidir.
Bunday ta’sir har doim poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishi belgilarining
o‘tishini buzib ko‘rsatishga olib keladi. Izlardagi poyafzal tagcharmi tashqi
tuzilishi belgilari o‘tishining buzilishi va aniqligi darajasi haqida tajriba
ma’lumotlariga ko‘ra xulosa qilish mumkin. Poyafzal izlarining
identifikatsion ekspertizasini o‘tkazishda quyidagilarni o‘rganish uchun
tajribalar o‘tkazish mumkin: poyafzal izlarining yuzaga kelish mexanizmi
izlardagi identifikatsion belgilar aks etishining barqarorligi va o‘ziga xos
xususiyatlari izlarda identifikatsion belgilar aks etishining buzilishini
keltirib chiqaruvchi sabablar va bunday buzilishlarning ehtimoliy
chegaralari, shuningdek taqqoslash maqsadida tajribalar orqali
namunalarni olish uchun ham o‘tkaziladi (masalan, tadqiq etilayotgan
poyafzal qoldirgan sirg‘anishning tajribaviy izlari).
Ekspert tajriba o‘tkazishdan oldin ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi
qarorni, hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasining nusxasini, ish
materiallarini, shuningdek ekspertizaga topshirilgan izlarni yana bir bor
batafsil o‘rganib chiqadi. Bu uning ularning iz hosil qilish mexanizmini
tasavvur qilishiga imkon beradi (ishchi faraz). So‘ngra ekspert bir necha
tajribaviy izlarni oladi. Har qaysi iz olinganda erishilgan natija va ularga
tajriba shart-sharoitining ta’siri hisobga olinadi.
60
Poyafzal izlari tadqiqotida ekspert xulosasi uchun asos qoida
tariqasida taqqoslash tadqiqot natijalariga berilgan baho hisoblanadi.
Hodisa joyida iz qoldirgan poyafzalning o‘xshashligi to‘g‘risidagi
masalani hal etishda ekspert ularning ekspertiza bo‘yicha ijobiy xulosani
asoslash uchun yetarliligi nuqtai nazaridan tadqiq etilayotgan obyektlarni
taqqoslashda aniqlangan mosligini baholashi lozim. Bunda shuni nazarda
tutish lozimki, oyoq kiyimi tagcharmining kam uchraydigan belgilari
ko‘proq identifikatsion ahamiyatga ega bo‘ladi, aksincha, ko‘p
uchraydigan belgilar kamroq ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun hatto
kam uchraydigan belgilarning cheklangan miqdori ham jamlanganda,
ushbu tadqiq etilayotgan poyafzal uchun betakror yig‘indini berishi
mumkin. Identifikatsion belgilar yig‘indisining individualligi kam
uchraydigan joylashish yoxud ko‘p uchraydigan va kam uchraydigan
belgilarning o‘ziga xos qo‘shilishi bilan tavsiflanishi mumkin.
Oyoq kiyimlarining birxilligi to‘g‘risidagi savolni hal etarkan, ekspert
mos kelish va farqlarning barcha belgilarini baholashi va o‘z dalillarining
to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Umumiy identifikatsion
belgilardagi farqlarni aniqlarkan, ekspert ularning kelib chiqishi va
barqarorlik darajalarini izohlashi lozim. Umumiy belgilardagi barqaror
farqlar, odatda, shunday xulosa qilishga imkon beradiki, ekspertizaga
olingan izlar tadqiq etilayotgan poyafzal qoldirmagan, shuningdek unga
o‘xshash har qanday boshqa poyafzal qoldirgan bo‘lishi mumkin. Agar
nafaqat umumiy, balki xususiy belgilarda ham barqaror farqlar aniqlangan
bo‘lsa, bunda bular odatda tadqiq etilayotgan poyafzalning bir xilligi
to‘g‘risida salbiy xulosa berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy
belgilarni farqlashda ba’zan ayrim xususiy identifikatsion belgilar ham
mos kelishi mumkin. Bunday hollarda ekspertiza oldiga qo‘yilgan
savollarga javob berish uchun aniqlangan mos kelish, farqlarni baholash va
zarur bo‘lgan hollarda eksperiment o‘tkazish lozim. Tadqiq etilayotgan
oyoq kiyimlarining birxilligi to‘g‘risidagi masala ijobiy hal etilganda,
ekspert nafaqat mos keluvchi belgilarning, balki farqlanib turgan belgilarni
ham baholashi va ularning yuzaga kelish sabablarini tushuntirishi lozim.
Ekspertizaning taqqoslanayotgan obyektlaridagi mos kelish va farqlarni
baholarkan va ularning paydo bo‘lishiga asosli izohni topa olmagan
ekspert birxillik to‘g‘risidagi masalani hal etishni rad qilishi lozim. Mos
keluvchi yoxud farqlanuvchi belgilarni har tomonlama baholash asosida
ekspert o‘zining ichki ishonchini shakllantiradi va ekspert xulosasida o‘z
aksini topadigan muayyan xulosaga keladi.
61
Do'stlaringiz bilan baham: |