64
Shuningdek, izlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan hodisalarga ko‘ra,
izlarni quyidagilarga ajratish mumkin:
To‘qnashuv izlari – o‘zaro to‘qnashayotgan transport vositalarining
qarama-qarshi, yonlama yoki bir tomonlama harakatlanishi va
harakatlanayotgan transport vositasining harakatsiz transport yoki
buyumga urilishidan hosil bo‘ladi. Bunda o‘zaro to‘qnashayotgan
obyektlarda botish, sirg‘alish, parchalanish, qatlam-qatlam bo‘lish,
ko‘chish, qirilish izlari hosil bo‘ladi. Mazkur izlar juft izlar bo‘lib, bir
vaqtning o‘zida to‘qnashgan transport vositalarida yuzaga keladi. Ular
o‘zining shakllari, hajmlari, bir-biriga va yo‘lga nisbatan joylashishiga
ko‘ra o‘zaro mos bo‘ladi. Transportning turtib chiqqan
qismi bilan hosil
bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan izlar kesib o‘tish izlaridan farq qiladi. Zero, ular
g‘ildiraklarning yotgan predmet ustidan yumalashi natijasida yuzaga
keladi. Ular transport detali sirtining bukilishi, sinishi yoki
ezilishi
ko‘rinishida paydo bo‘ladi.
Kesib o‘tishni amalga oshirgan transportning pastki qismida tirnalish,
sirg‘alish izlari yoki transport ustidan bosib o‘tgan obyektlarning
bo‘laklari bo‘ladi.
Bosish izlari – ular o‘zida to‘qnashuv va to‘liqsiz bosib o‘tish izlarini
umumlashtiradi. Agar bu transport vositasining odam bilan to‘qnashuvini
ifodalasa, transportdagi izlarda jabrlanuvchi tanasining transport vositasiga
urilishida hosil bo‘lgan botiqlar, qo‘l va kiyim, tananing transport
vositasiga sirg‘alish izlari va hokazo. Odatda, transport vositalari oldingi
qismining sirtida hosil bo‘ladi –
old qanot, kapot, radiator va hokazo.
Jabrlanuvchining tanasi va kiyimida transport vositasining izlari qoladi –
g‘ildirak grunti, bo‘yoq, ya’ni qatlam bo‘lish izlari, shuningdek tana
qismlarining uzilishi, kesilishi yoki ezilishi va kiyimning g‘ijim bo‘lishi va
hokazo.
Dumalash izlari – g‘ildirakning oldinga intiluvchi aylanma harakatlari
natijasida yuzaga keladi va yuzada aylana buralishini hosil qiladi. Ularning
hosil bo‘lish mexanizmi statik izlarning hosil bo‘lish mexanizmiga
o‘xshash bo‘lib, zero har qaysi alohida holatda g‘ildirak xususiyatlarining
akslanishi statik ta’sir natijasida hosil bo‘ladi, ya’ni obyektlarning qisqa
muddatli tinch holatida. Biroq g‘ildirak (ayniqsa, oldingi g‘ildirak)
dumalaganda, har doim iz hosil bo‘luvchi yuza bo‘ylab biroz sirg‘aladi va
bu bilan iz hosil bo‘lish jarayoniga dinamika (harakatlanish) elementlarini
olib kiradi. Bu iz uzunligi ba’zida iz hosil qilgan g‘ildirak maydonidan
kichikroq bo‘lishi bilan tushuntiriladi.
65
Botiq (hajmli) dumalash izlari hosil bo‘lishida relyef tasvirining ba’zi
elementlari, aniqrog‘i, ko‘ndalang botiq va o‘yiq izlarning akslanishi
deformatsiyalanishini bildiradi. Ya’ni bu o‘yiqlar qanchalik baland bo‘lsa,
ular orasidagi oraliq shunchalik tor bo‘ladi va ularning izdagi ko‘rinishi
o‘zgaradi. Iz qabul qiluvchi obyektning fizikaviy holati va
sifatlari uning
izda akslanishiga ta’sir qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘z ichiga oladi,
bular: elastiklik (qayishqoqlik, taranglik, zichlik va hokazo).
Yuqoridagilardan tashqari, transport vositasi g‘ildiraklaridan yana
ishqalanish va tebranish izlari qolishi mumkin. Ishqalanish izlari
g‘ildirakning tormozlanishi va yonbosh harakatlanishi natijasida qoladi.
Tebranish izlari esa g‘ildirakning yo‘l qoplamasi
sirtida kiruvchi aylanma
harakati natijasida vujudga keladi, bunda g‘ildirakning yugurish
yo‘lakchasi (yo‘l bilan ta’sirlashish qismi) hoshiya shaklidagi izlar
qoldiradi.
G‘ildirakning hajmiy tebranish izlari vujudga kelish jarayonida
shinaning yugurish yo‘lakchasiga tegishli ayrim
elementlar akslarining
qisman bo‘lsa-da deformatsiyasi yuzaga keladi. Bu deformatsiyaning
qanchalik ko‘p yoki kam bo‘lish darajasi, shinadagi qabariq yoki botiq
elementlarning balandligi yoki chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi, agar qabariq
element qanchalik baland bo‘lsa, deformatsiya ham shunchalik ko‘p
bo‘ladi. Bundan tashqari, deformasiyaning darajasi
iz qabul qiluvchi
obyektning xususiyatlariga ham bog‘liq (masalan, yumshoq tuproq)
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: