A k a d e m I ya trasologik ekspertiza



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   126
TRASOLOGIK EKSPERTIZASI 
 
1. Transport vositalari izlarining trasologik ahamiyati 
 
Kriminalistik nuqtai nazardan transport vositalari sifatida nafaqat 
qonun chiqaruvchi tomonidan yuqori xavf-xatar manbai bo‘lgan obyektlar, 
balki makonda turli xil yuk va odamlarni ko‘chirishga mo‘ljallangan har 
qanday moslama tan olinadi. 
Transport vositalarining izlarini muvaffaqiyatli tarzda o‘rganish uchun 
ekspert transport vositalarining o‘ziga xos xususiyatlari va atrof-muhit 
sharoitini o‘zida aks ettirgan iz hosil bo‘lish qonuniyatlari to‘g‘risida aniq 
tasavvurga ega bo‘lishi lozim. 
Hozirgi zamon transport vositalari yetarlicha turli-tuman bo‘lishiga 
qaramasdan, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
a) yer usti transporti; 
b) yer osti transporti; 
v) havo transporti; 
g) suv transporti. 
Yer osti transporti relsli (temir yo‘lda yuradigan) transport bo‘lganligi 
bois, harakatlanganda iz qoldirmaydi. Suv transporti ham shu kabi hech 
qanday iz qoldirmaydi. Havo transporti vositalari faqat uchish va 
qo‘nishda iz qoldiradi. Yer usti transportiga transport vositalarining ikkita 
katta guruhi kiradi:  
a) relsli transport; 
b) relssiz transport. 
Relsli yer usti transporti yer osti transporti kabi relsli yo‘lak bo‘ylab 
harakatlanishiga qaramay, yerning tashqi yuzasi bo‘ylab harakatlangani 
sababli iz qoldiradi. Mazkur izlar turli yo‘l hodisalarini tadqiq etishda 
tekshiruv obyekti bo‘lib hisoblanishi mumkin. Shu bois, ichki ishlar 
idoralarining xodimlari ko‘pincha relssiz yer usti transporti bilan 
ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Relssiz yer usti transportining harakatlanish 
usuli, harakatlanuvchi qismlarining tuzilishi, g‘ildirak va o‘q soniga qarab, 
tasniflanadi. 
A) harakatlanish usuli: 
1. O‘ziyurar transport – turli dvigatellar bilan harakatga keltiriladigan 
barcha transport vositalari kiradi: avtomobillar, mototsikllar, traktorlar, 
kombaynlar, ekskavatorlar, avtokranlar, aerochanalar va hokazo. 


 63 
2. O‘zi yurmaydigan transport – hayvon (ot, bug‘u, it) kuchi bilan 
harakatga keladigan transport vositalari (arava, tarantas, ikki g‘ildirakli 
yengil arava, chana) va odam kuchi bilan harakatga keltiriladigan transport 
vositalari (velosiped, qo‘l arava, chana va hokazo). 
B) harakatchan qismlarining qurilishiga ko‘ra: 
1. O‘ziyurar transport – g‘ildirakli, gusenitsali (zanjirli) yoki 
sirg‘aluvchi (chanali). 
2. O‘zi yurmaydigan – g‘ildirakli yoki sirg‘aluvchi. 
V) o‘q va g‘ildiraklarining soniga ko‘ra: 
1. O‘ziyurar transport ikkita, kamdan-kam hollarda uchta o‘qli bo‘ladi 
(harbiy transportlar to‘rtta yoki undan ortiq o‘qli bo‘ladi). 
Bitta o‘qda bitta, ikkita, to‘rtta va undan ortiq g‘ildiraklar joylashishi 
mumkin. 
Yuqoridagi barcha turdagi transport vositalari yo‘l harakati hodisalari, 
shuningdek jinoyat sodir etishda turli xil izlar qoldirishi mumkin. 
Transport vositalari jinoyat sodir etish quroli yoki jinoiy tajovuz predmeti 
bo‘lishi mumkin. 
«Transport vositalarining izlari» deganda, quyidagilar tushuniladi: 
transport vositalarining alohida qismlarining tashqi qurilishini aks etti-
ruvchi izlar, masalan, shina, gusenitsali g‘ildirak, mototsiklning tayanch 
tagligi, avtomobil bamperi, kuzov qismi va hokazo. 
Transport vositasi bilan bir butun bo‘lgan, biroq hodisa yuz berishi 
natijasida undan ajralib chiqqan qismi, masalan, mashina eshigining 
dastasi yoki kuzov taxtasining qismi, chiroq siniqlari va hokazo. 
 Transport vositalarini ekspluatatsiya qilishda ishlatiladigan vositalar: 
moylovchi moddalar, tormoz suyuqligi, radiatordagi muzlamaydigan 
suyuqlik. 
Yuqorida ko‘rsatilganlarni umumlashtirgan holda transport vosita-
larining izlariga quyidagicha ta’rif berish mumkin: 
Transport vositalarining izlari – bu transport vositasi biror qismining 
tashqi tuzilishini aks ettiruvchi izlar (g‘ildiraklar, gusenitsalar kabilarning 
izlari), transport vositasi bilan bir butunni tashkil etgan va undan ajralib 
tushib qolgan qismlar (chiroqlar shishasining bo‘laklari kabi qismlar) va 
transport vositasini ekspluatatsiya qilishda foydalaniladigan moddalar 
(tormoz suyuqligi, moylash materiallari va boshq.)dir. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish