84
Ko‘pincha chambarak kengligi va shina bir-biriga mos kelmaydi yoki
bir xil kenglik bo‘lganida shina chambarakka nisbatan birmuncha
siljigan
bo‘ladi. Mazkur xususiyat izda o‘yiq (tokcha) sifatida ifodalanadi.
Metall shinali g‘ildiraklarning identifikatsion belgilarini tadqiq etishda
quyidagi belgilar olinishi mumkin:
— metall shina doirasining uzunligi, kengligi va qalinligi;
— chambarak kengligi;
— payvandlangan
chok shakli, o‘lchami;
— shinani mahkamlash vositalari (qalpoqcha, bolt, mix va h.k)ning
mavjudligi, shakli, o‘lchami, o‘zaro joylashishi;
— shinani yasash va ekspluatatsiya qilish natijasida hosil bo‘lgan
bo‘rtiq va chuqurchalar ko‘rinishidagi notekisliklarning mavjudligi, shakli,
o‘lchami, o‘zaro joylashishi.
Shuni ta’kidlash joizki, mazkur tadqiqotni o‘tkazishda identifikatsiya
qilish obyekti ot-ulov emas, g‘ildirak hisoblanadi,
zero u almashtirilishi
mumkin. Metall shinani almashtirish ehtimoldan uzoq bo‘lsa-da, uni
inobatga olmasdan bo‘lmaydi.
Chana izlari. Chanalarning iz hosil qiluvchi qismlari metall shinalari
biriktirilgan yog‘och oyoqlar (poloz) hisoblanadi. Polozlar qor qatlamida
sirg‘aluvchi izlar qoldiradi. Ularni tadqiq etish trasologik ekspertizaning
umumiy uslublari hamda iz hosil bo‘lish mexanizmini hisobga olgan holda
amalga oshiriladi.
Polozlar harakati ko‘pincha ikkita yo‘nalishda: uzunasiga va yonlama
sirpanish hisobiga yuz beradi.
Agar polozlar bir-biriga nisbatan yoki harakatlanish yo‘nalishi bo‘ylab
burchak
ostida joylashsa, hosil bo‘ladigan iz polozga qaraganda kengroq
bo‘ladi. Bundan tashqari, alohida sharoitlarda izda poloz va shinaning bir-
biriga aloqa qiluvchi eng keng qismi akslanadi. Iz hosil bo‘lish
mexanizmining berilgan xususiyatlari qator hollarda ba’zi belgilarni
aniqlash imkoniyatini kamaytiradi yoki aksincha, yo‘q qiladi.
Chananing xususiy belgilariga quyidagilar kiradi: o‘lcham, do‘nglar
va chuqurchalarning o‘zaro joylashishi, poloz pastki yuzasining nuqsonlari
(yoriq, sochiq), shuningdek shinani mustahkamlash vositalari (mix, bolt,
shurup); poloz va shina kengligi orasidagi o‘zaro
aloqadorlik, shuningdek
oxirgisining poloz chetlariga nisbatan joylashishi (metall shinaning
mavjudligiga izning zinapoyasimon bo‘lishi dalolat beradi).
Shuni nazarda tutish lozimki, chananing ikkala oyog‘i (polozi)ning
xususiy belgilari bitta obyektning belgisi sifatida ko‘rib chiqiladi.
85
Aniqlangan belgilar chananing harakatlanuvchi qismi xususiyatlari
bilan birgalikda hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan izlardagi kabi
eksperimental izlar bilan taqqoslanadi.
Topilgan farqlarga baho berishda iz hosil bo‘lish mexanizmining
xususiyatlari hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: