4. Odam tishi izlarini trasologik ekspertiza
qilish uslubi
Odam tishi izlarini ekspertiza qilish shubhasiz kriminalistik qiziqish
uyg‘otadi, zero, bu shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beradi. Tish
izlariga protez izlari ham kiradi.
Odam tishi izlarini trasologik ekspertiza tomonidan hal qilinishi zarur
bo‘lgan masalalarga quyidagilar kiradi:
Obyektlardagi izlar yoki tanadagi jarohatlar tishlarning ta’sirida hosil
bo‘lganmi?
Obyektlardagi tish izlari muayyan shaxs tomonidan qoldirilganmi?
Tish izlari odam yoki hayvonga tegishlimi?
Bundan tashqari, protez izlari va protezlarning o‘zini tekshirishda
kompleks tekshiruvlar amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, ularda ekspert-
kriminalist va ortoped-stomatolog ishtirok etishi maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, protezlardagi metall
qorishmasining tarkibi yoki tish izlarida nikel, oltin, kobalt, xrom, kumush,
mis, zanglamaydigan po‘latning bor yo‘qligi masalasi hal qilinishi zarur.
Ko‘pincha, tadqiqot obyekti sifatida tish siniqlari olinadi. Trasologik
ekspertiza natijasida tish sinig‘i aynan qaysi tishga tegishliligi masalasi hal
qilinsa, sud biologlari tomonidan tish sinig‘ida yoki tekshirilayotgan
obyektda qoldirilgan so‘lak va qon qoldiqlari ekspertiza qilinadi.
Tish izlarining trasologik ekspertizasi tekshirish uslubining barcha
an’anaviy elementlarini o‘z ichiga olish bilan birga, o‘zining alohida
xususiyatlariga ega. Tish izlarini ekspertiza qilishda qiyosiy manba sifatida
aniqlanishi kerak bo‘lgan obyekt – gumonlanuvchining tishlari emas,
aksincha, tish qoliplari yoki eksperimental izlar o‘rganiladi, bu esa o‘z
navbatida, tekshiruvni qiyinlashtiradi, zero har qanday eng yaxshi nusxa
asl nusxa oldida hech narsa emas. Eksperimental izlarni tekshirishga
tayyorlashda ularda identifikatsion alomatlar hodisa sodir bo‘lgan joydan
101
olingan izlarga qaraganda iloji boricha to‘liq aks ettirilishi zarurligi
inobatga olinishi kerak. Eksperimental izlar neytral va zararsiz moddalar (
plastilin, stens, gips)dan tayyorlanadi.
Chunonchi, stomatologlar va tish texniklariga eksperimental izlar
olishni topshirish ekspertizani amalga oshiruvchi trasolog huzurida amalga
oshirilishi muhimligini alohida ta’kidlash zarur.
Dastlabki tadqiqot an’anaviy harakatlar: ekspertiza belgilash
to‘g‘risidagi qaror, jinoyat ishining boshqa hujjatlari bilan tanishish,
obyektlarni o‘rash, yelim xaltalarga joylashtirish, tekshiruv obyektlarini
ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Bunda ekspert buyumning ko‘rinishi va
sifatini, taqdim etilgan obyektlar soni va holatini, berilgan qiyosiy
materiallarning to‘liqligini, shuning ularning ekspertiza o‘tkazish qaroriga
muvofiqligini tekshirib ko‘radi. Dastlabki ko‘zdan kechirish: obyektdagi
qaysi izlar tekshirilishi zarurligi, tekshirish qanday hajmda va qanday
ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerakligini belgilash imkonini beradi.
Ekspert texnik vositalarni belgilaydi va tayyorlaydi, shuningdek ularni
qo‘llash tartibini atroflicha o‘ylab ko‘radi.
Alohida (mustaqil) tadqiqot bosqichida izlar hosil bo‘lish mexanizmi
va izlar aynanlashtirish (identifikatsiyalash) uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi
masala hal qilinadi. Bu maqsadda izlarda aks etgan identifikatsion belgilar
qayd qilinadi va baholanadi. Izlarni ta’riflashda ularning xususiyati, shakli,
sifatlari, izlar ko‘rinishi, buyumda aks etgan tishlar soni, aynanlashtirish
belgilarining mavjudligi qayd etiladi.
Tadqiqotning mazkur bosqichida doim quyidagi xususiy savollarga
javob topiladi: a) izlar yuqori yoki pastki jag‘ yoki ikkala jag‘ tishlar
tomonidan va ularning qaysi tarafi bilan qoldirilganini aniqlash; b) izlar
aynan qaysi tishlar bilan qoldirilgan; v) izlar protezlar tomonidan
qoldirilganmi?
Izlar aynan qaysi jag‘ tishlari yoki ularning qaysi tomoni bilan
qoldirilganligi to‘g‘risidagi masalani hal qilishda quyidagilarga alohida
e’tibor berish zarur: tishlangan joyda yuqori jag‘ izlari tomonidan
qoldirilgan yoysimon izlar pastki jag‘ tomonidan qoldirilgan yoysimon
izlarga qaraganda katta; oldingi (frontal) izlar cheti ko‘proq qayrilgan.
Yuqori jag‘ kurak tish va qoziq tishlari pastki jag‘ning xuddi shunday
tishlarga qaraganda sezilarli darajada kattaroq. Yuqori jag‘dagi qoziq
tishlarning ichkari sirti uzunasiga bo‘rtgan, pastki jag‘dagi qoziq tishlar u
yalpoq yoki ozgina botgan bo‘ladi. Yuqori jag‘ katta va kichik oziq tishlar
102
aniq aks etgan bo‘rtmali chaynash sirtiga ega, bunda kichik oziq tishlarda
ikkitadan, katta oziq tishlarda to‘rtta va undan ko‘p bo‘ladi. Yuqori jag‘
katta oziq tishlar qoplamasi (koronkasi) rombsimon shaklga ega bo‘lsa,
pastki jag‘ katta oziq tishlar chaynash sirti chetlari qayrilgan noto‘g‘ri
to‘rtburchak shaklga ega.
Jag‘lar tarafini aniqlash tish izlarining o‘zaro joylashishi, tish yoyining
shakli va qayrilish yo‘nalishiga qarab aniqlanadi.
Izlar qaysi tish (kurak tish, qoziq tish, oziq tish)lar tomonidan
qoldirilganini aniqlashda g‘adir-budur kesuvchi sirtga ega kurak
tishlarning shakli va kattaligini hisobga olish zarur. Yuqori jag‘da
o‘rtadagi kurak tishlar chetdagi kurak tishlarga qaraganda katta bo‘lsa,
pastki jag‘da chetdagi kurak tishlar o‘rtadagi kurak tishlarga qaraganda
kattaroq bo‘ladi. Qoziq tishlardan yaqqol ko‘rinadigan izlar hosil bo‘ladi
yoki jarohatlar yuzaga keladi, qattiq yuzalarda esa qoziq tishlar nuqtali
izlar qoldiradi.
Gumonlanuvchi tishi izlarining nusxalari alohida eksperimental
tekshirilib, tish apparatining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi.
Eksperimental izlar va tishlarning gips qoliplari olingan jag‘lar to‘g‘risida
ma’lumot bayonnomada qayd etiladi.
Ba’zi hollarda iz hosil bo‘lish mexanizmini kuzatish va o‘rganish
hamda qo‘shimcha nusxalarni taqqoslash maqsadida ekspertli tekshiruv
(eksperiment) o‘tkaziladi. Eksperiment jarayonida ekspert iz hosil bo‘lish
mexanizmini qayta tiklashi mumkin, bunda tekshirilayotgan izlarning aks
etish xususiyati hisobga olinadi. Eksperiment natijalarini qayd etishda
ekspert tajriba o‘tkazish shartlarini bayon qiladi, chunonchi: izlar qanday
materialdan olingan, uning ta’rifi (shakli, hajmi, sifatlari va hokazo)
tajriba sharti necha marta va qanday o‘zgargan? Iz qoldiruvchi obyekt
(masalan, odam tishlari) o‘ziga xos sifatlariga ko‘ra, tajriba-eksperiment
jarayonida ba’zi axloqiy (etik) muammolarni, masalan, stomatolog, tish
texnigi, hattoki psixologning maxsus yordamini talab qiladigan
masalalarning vujudga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qiyosiy tadqiqot tish apparati tarkibiy tuzilishining umumiy va
xususiy alomatlari (belgilari)dagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash
maqsadida o‘tkaziladi. Identifikatsiya (aynanlashtirish) qilinayotgan
obyekt faqat aynanlashtirilayotgan belgilarni qiyosiy tekshirish natijasida
aniqlanishi mumkin. Bunda avval umumiy, so‘ngra xususiy belgilar
103
qiyoslanadi. Tadqiq qilish (tekshirish) jarayonida, agar qiyoslanayotgan
izlardagi turdosh belgilar orasida keskin farq bo‘ladigan bo‘lsa, davom
ettirilmaydi, ya’ni to‘xtatiladi. Basharti mazkur belgilar bir-biriga mos
kelsa, ekspert xususiy belgilarni taqqoslashga kirishadi.
Qiyosiy tekshiruvning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
taqqoslash, bir-birini ustiga yotqizish kabilar bo‘lib, mazkur usullar tish
izlarini taqqoslashda qo‘llanilishi mumkin. Taqqoslashga talablar har
qanday trasologik ekspertiza o‘tkazishni amalga oshirishda qo‘yilishi
mumkin.
Fotosuratlarda berilgan izlarni taqqoslashda ular ikki marotaba
kattalashtirilgan aniq masshtabda berilishi shart. Shuningdek, izlar bir xil
sharoitdagi yorug‘likda olinishi, bir xil fotomaterialda qayd etilishi zarur.
Taqqoslash usuli tishlash izlari hosil bo‘lganda yoki tekshirilayotgan
izlarda buzilishlar yuzaga kelganda amalga oshiriladi. Birining ustiga
yotqizib tekshirish, tishlab uzib olish natijasida hosil bo‘lgan va oddiy
tishlash orqali yuzaga kelgan, aniq buzilmagan izlarni qiyoslashda yoki
kattalashtirish mikroskoplarida, fotosuratlar yordamida amalga oshiriladi.
Oxirgi holda iz fotojadvalga to‘laligicha yopishtiriladi, eksperimental
(tajriba usulida olingan) iz esa eng ko‘zga tashlanadigan izlar kesimi
bo‘ylab yonlamasiga yopishtiriladi.
Qoplash usuli tekshirilayotgan va tajriba izlarining diapozitiv
tasvirlariga nisbatan qo‘llanilib, izlardagi belgilar bir-biriga mos kelganda
jadval yorig‘iga qistiriladi va yorug‘likka tutib, ko‘zdan kechiriladi.
Qiyoslash natijasida belgilarning to‘liq yoki ba’zi bir farqlar bo‘lganida
mos kelishiga ishonch hosil qilish mumkin.
Tadqiqot natijalarini baholashda ekspert mavjud farqlar ularni
qiyoslash natijalariga qay darajada ta’sir etishiga asoslantirilgan dalil-
isbotlarni keltirishlari zarur.
Tadqiqot natijalarini baholash ekspert ishining yakuniy bosqichi
bo‘lib, u xulosa chiqarish uchun asos hisoblanadi. Ekspert o‘zining ichki
ishonch-e’tiqodi, barcha identifikatsion belgilarni umumlashtirish hamda
mos tushgan va farqlanadigan belgilarni tekshirish orqali xulosa chiqaradi.
Xulosalar ekspert oldiga qo‘yilgan savollarga to‘laligicha javob berishi
shart.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bu kabi trasologik ekspertiza
ekspertdan ishda sinchkovlikni talab qilib, mazkur faoliyatni
muvaffaqiyatli uddalash undan nafaqat kriminalistika faniga oid bilimlarni,
balki unga yondosh sohalar: sud tibbiyoti va stomatologiya bo‘yicha ham
yetarlicha bilimlarga ega bo‘lishi zarurligini taqozo qiladi.
104
Do'stlaringiz bilan baham: |