A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

 Majburlash yoki jazolash hokimiyati. Uning kuchi quyidagilarga 
bog‘liq: 1) ehtimol tutilgan jazolar repertuariga; 2) jazo tahdidi minus 
itoatkorlik tufayli jazodan qutulish ehtimolligiga. Yetakchi o‘rnatgan va 
saqlab turadigan qattiq intizom, sotqinlar va murtadlar, shuningdek, 
ularning yaqinlariga o‘lim jazosini nazarda tutgan qonunlar hamda eng 
kichkina jazo sifatida – daromadni taqsimlash chog‘ida ulushini 
kamaytirish (binobarin – g‘arazli motivini qondirmaslik) – bularning bari 
hokimiyatning ushbu manbai ega bo‘lgan kuchdan dalolat beradi. 
 Etalon  hokimiyati. U guruh a’zosining yetakchi bilan identifikat-
siyasiga hamda guruh a’zosining yetakchiga o‘xshashga istashiga 
asoslangan. Dastlab «yangi kelganlar jamiyat oldidagi majburiyatlardan 
xoli bo‘lgan go‘zal hayotning o‘g‘rilar romantikasi, odamlar ustidan 
hukmronlik qilish, ko‘p pul topish kabilar bilan yo‘ldan uriladi»
1

Bularning bari jinoiy guruh tepasida turgan «obro‘mand»da mavjud. 
Normativ hokimiyat. Bunda gap yetakchi muayyan xatti-harakat 
qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, zarur bo‘lganida esa, buni talab 
qilish huquqiga ega bo‘ladigan normalar haqida boradi. «Jinoiy 
tashkilotlarning asosiy belgilaridan biriga norasmiy xulq normalari, 
an’analar va qonunlar, ularni buzganlik uchun jazolar ko‘rinishidagi 
nizomning mavjudligi kiradi (o‘rganib chiqilgan tashkilotlardan ikkitasida 
yozma nizom mavjud bo‘lgan)»
2

 Bilimdon  hokimiyati. Butun kuch guruh a’zosi yetakchida bor deb 
hisoblaydigan hamda guruhning ushbu a’zosi shug‘ullanadigan jinoiy 
faoliyat sohasiga doir alohida bilimlar, intuitsiya yoki mahoratlarning 
kattaligiga bog‘liq. Aytish mumkinki, rahbariyatning strategik xatolari 
jinoiy faoliyatning fosh etilishiga, o‘ta katta foyda olinmasligiga hamda 
jinoiy guruhlar o‘rtasida ta’sir doiralari bo‘lishda raqobatbardoshlikning 
yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yuksak darajada uyushgan 
                                         
1
 Qarang: Гуров А. Организованная преступность: не миф, а реальность. – 
М., 1992. – С. 31.
 
2
 Ўша манба. –  25-б.
 


 168 
jinoiy guruhlarda muayyan yetakchining obro‘si aynan shu hokimiyatga 
asoslanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, jinoiy guruhlar Yetakchilari 
«...ularning ta’lim darajasi ancha yuqori – o‘rta, o‘rta-texnik va oliy 
ma’lumotga egaligi, aksariyati sudlanmaganligi bilan  ajralib turadi»
1

ular jinoiy guruhning aqliy markazi hisoblanadi. Guruh Yetakchilarining 
turli sohalardagi mutaxassislarni jalb etishga intilishi ham ana shunday 
hokimiyat manbaining mavjudligi bilan bog‘liq. 
 Axborot hokimiyati. U yetakchi guruh a’zolariga noma’lum bo‘lgan, 
buning ustiga vaziyatni baholash va xatti-harakatni boshqarish uchun 
muhim axborotga ega bo‘lgan sharoitlarda yuzaga keladi. Uyushgan 
jinoiy guruhlarda hokimiyatning bu turi avvalo yetakchining axborotni 
guruhning oddiy a’zolariga oz-ozdan berishida, ayni vaqtda to‘liq 
axborotga faqat guruh yetakchisining o‘zi ega bo‘lganligida ko‘rinadi. 
Hozirgi zamon jinoiy guruhlarida, maxfiylik qonuniga ko‘ra, quyi 
bo‘g‘inlar o‘z rahbarlarini umuman bilmaydigan tizim tashkil qilinishi 
ham yetakchilikka yordam beradi. Guruhning oddiy a’zolari yetakchining 
faqat ko‘rinishlarini, atributlarini – kuchli qo‘riqlanish, qattiq sir tutilishi 
(axborotning telefon orqali berilishi, rahbarning faqat ovozini eshitish 
mumkinligi, bu esa fantaziya uchun maydon beradi), operatsiyalarga 
sarflanadigan katta pul mablag‘larini ko‘radilar – bularning barchasi 
guruh a’zolariga psixologik ta’sir ko‘rsatadi, yetakchining oldida qo‘rqish 
va izzat-ikrom muhitini yaratadi. 
Tashkilotda yetakchi qanchalik yuqori tursa, iyerarxik pillapoya 
qanchalik yuqori bo‘lsa, unda qo‘rquv shunchalik kam bo‘ladi, qanchalik 
past bo‘lsa, qo‘rquv shunchalik ko‘p bo‘ladi. Nizolarning asosiy sababi – 
iyerarxik tuzilmadagi tengsizlik, daromadlarning teng taqsimlanmaslgida 
ko‘rinadi. 
Biroq guruh yetakchisi ishtirokchilar uning jinoiy faoliyati haqida 
tergov organlariga xabar berishlari, guruh fosh bo‘lgan taqdirda guruh-
ning jinoiy faoliyati uchun butun aybni yetakchiga to‘nkab, o‘zlarining 
holatini yaxshilashlari, ehtimol tutilgan jazoni yengillashtirishlari mum-
kinligidan qo‘rqadi. 
Yetakchi bilan «muxolif» o‘rtasidagi nizolar muxolif o‘zini guruh 
yetakchisiga, uning boshqa a’zolariga, ba’zi hollarda esa butun guruhga 
qarshi qo‘yishi natijasida yuzaga keladi. Bunday muxolafatning sabablari 
turlicha: hokimiyat uchun kurash, yetakchilikni egallab olishga intilish, 
hasad, rashk, boshqa ishtirokchilarning jinoiy faoliyat usullaridan 
                                         
1
 Мафия: призраки и признаки // Экономическая газета. – 1988. – №. 48.
 


 169 
qoniqmaslik, o‘zining guruhdagi mavqeidan, shuningdek, o‘g‘irlangan 
narsalardan oladigan ulushidan qoniqmaslik. 
Shu ma’noda jinoiy guruhlarning zarur elementlaridan biri yetakchi 
(lider)ning mavjudligi bo‘lib, u ma’lum bir vaziyatda norasmiy rahbar 
vazifasini bajaradi. Bunday shaxslarda rahbarlik, tashkilotchilik qobiliyati 
ustun turadi. Shuning uchun ham jinoiy-huquqiy nuqtai nazardan baho 
berilganda lider guruhlarning tashkilotchisi va rahbari hisoblanadi. 
Yetakchi (lider)ning asl ma’nosi «tashkilotchi», «rahbar» degan ma’noni 
bildiradi. 
Yetakchi faqat ba’zi bir yuqoridagi sifatlari uchun tanlanadi deyish 
katta xato bo‘ladi. Agar yetakchi o‘zining qaysidir tomonlari bilan guruh 
tashkil etilgan damlarda pand bersa, uni almashtirish choralari ko‘riladi. 
Lekin yetakchilikdan ketish albatta kurashlar, kerak bo‘lsa qurbonliklar 
talab qiladi. 
Yetakchining funksiyasiga quyidagilar kiradi: 
– tashkilotchilik;  
– xabar berish;  
– ma’lumotlarni strategik ishlash; 
– tartib o‘rnatish va boshqalar. 
Yetakchining rahbarligi quyidagi holatlarda ko‘rinadi: jinoiy guruhni 
tashkil qiladi, rahbarlik qiladi, jinoyatni amalga oshirishda har bir 
ishtirokchiga vazifalarni bo‘lib beradi. Xabar berish, olish, xabardor bo‘lish 
rahbarning eng asosiy sifatlaridan biridir, ya’ni xabarni tashqaridan olish 
bilan birga, guruh ichidagi vaziyatdan ham xabardor bo‘lib turadi, guruh 
a’zolari o‘rtasidagi munosabatni bilish ham muhim hisoblanadi.  
Strategik ishlar guruh yetakchisining g‘oyalari bilan amalga oshadi, u 
oldindagi qiyinchiliklarni ko‘ra biladi,  guruhga o‘zgartirishlar kiritadi, 
olingan o‘ljalarni taqsimlaydi. Yetakchining ko‘rsatmalarini bajarmagan 
yoki bajarishdan bosh tortganlar qattiq jazolanadi, yetakchi jazoning 
turini aniqlaydi, amalga oshirish yo‘llarini taklif qiladi va jazolovchini 
tayinlaydi. 
Yetakchining bu sifati ayniqsa uyushgan jinoiy guruhlarga taalluq-
lidir. Jinoiy guruhlar sodir etilishi kerak bo‘lgan jinoyatni amalga 
oshirishga ketayotganda, ishtirokchilardan biri operatsiyada ba’zi 
kamchiliklar bor, rejani aniqlashtirish kerak degan fikrini shipshitib 
qo‘yadi, bu liderning qulog‘iga yetgandan keyin shu shaxsni qattiq 
jazolashni buyuradi, chunki guruh orasida ikkilanish paydo bo‘lib, 
operatsiya muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, boyagi fikrni tarqatgan odam 
haq bo‘lib, qahramonga aylanishi mumkin. 


 170 
Mazmuniga ko‘ra jinoiy guruh rahbari yetakchi tashkilotchi, yetakchi 
ruhlantiruvchiga, rahbarligiga qarab demokratik va avtoritarga bo‘linadi. 
Demokratik rahbarlikda ham, avtoritarda ham demokratik yo‘l tutiladi, 
avtoritarda barcha vazifa shakllarini shaxsning o‘zi hal qiladi, tartibni 
juda qattiq ushlaydi. 
Jinoiy guruhlar ichida quyidagilar o‘rtasida ziddiyatlar bo‘lgan, 
bo‘lib keladi: 
– lider va guruh a’zolari; 
– lider va tarafkashlar; 
–guruhning yangi va eski a’zolari; 
– jinoiy faoliyatini tugatmoqchi bo‘lgan shaxs va guruhdagi a’zolar 
o‘rtasida; 
– har xil jinoyatlarni sodir etishda turli vazifalarni bajaruvchi 
jinoyatchilar o‘rtasida; 
– guruhda yuqoriroq mavqeni egallamoqchi bo‘lgan shaxs va guruh 
a’zolari o‘rtasida; 
– jinoiy guruh bilan boshqa bir jinoiy guruh va hokazo.  
Jinoiy guruhlardagi shaxslar o‘rtasida tenglik yo‘q, bo‘lishi mumkin 
ham emas, agar tenglik bo‘lsa, u guruh bo‘lmaydi. Ular o‘rtasida yopiq 
psixologik bir-birini ko‘ra olmaslik yotadi. Guruhning yadrosi, o‘zagi 
bo‘lib, u eng faol qatnashchilardan tashkil topgan bo‘ladi. 
Guruhning yetakchisi (verxushkasi) jinoyatdagi asosiy xatti-harakati 
bilan aniq ajralib turadi va «mozgovoy sentr» hisoblanadi. Ular ichki 
tartibni o‘rnatadi, boshqaruvchi vazifasini bajaradi. Bunday shaxslar 
o‘ljaning ko‘proq qismini olishga harakat qiladi, yetakchilikda asosiy 
faoliyatni tartibga solish bilan birga, ko‘p mas’uliyatni ham o‘ziga 
oladilar. 
Shu nuqtai nazardan yetakchi jamiyatga qarshi guruh tuzuvchi yoki 
tuzilgan guruh tepasiga o‘z faoliyati bilan chiqqan jinoiy faoliyat 
tashkilotchisidir. 
Ijtimoiy psixologiya yetakchining ba’zi bir xislatlarini ajratadi: 
1) g‘oya berishiga ko‘ra faolligi; 
2) tashkilotchilik qobiliyati; 
3) muloqotga kirisha bilishi, o‘ziga jalb qilishi; 
4) ba’zi masalalarni yechishda kompitentligi. 
Kriminogen guruhning asosiy tavsifi: 
1) jinoiy xatti-harakati; 
2) jinoiy tajribaga ega ekanligi; 
3) o‘g‘rilar an’anasiga rioya qilishi; 


 171 
4) o‘g‘rilar jargonini va tatirovkalarini yaxshi bilishi. 
Hozirgi vaqtda jinoyat olamida Yetakchilarning quyidagi ijtimoiy-
psixologik tasnifi mavjud: 
– harakat dasturini berib, ruhlantiradi; 
– murakkab  vazifani bajaradi; 
– guruhni tashkil qiladi va yo‘naltiradi. 
Jinoiy guruhni psixologik tahlil qilishda uning a’zolari o‘rtasida 
axborot uzatish usullarini aniqlash juda muhim. Axborot uzatishning 
quyidagi usullari mavjud: 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish