A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Umumiy pul jamg‘armasining mavjudligi. Umumiy pul jamg‘armasi 
jinoyatchilik dunyosida  «obshak», «umumiy qozon» deb yuritiladi. Uni 
tashkil etishdan asosan ikki maqsad ko‘zda tutilgan: birinchidan, guruh 
a’zolarining favqulodda vujudga keladigan ehtiyojlari (qamoqqa olingan 
paytda uni va oila a’zolarini ta’minlash), guruhning manfaatlari va 
yo‘lboshchining ayrim xarajatlari uchun sarflash; ikkinchidan, guruh 
a’zolarining barqarorligini ta’minlash maqsadida tuziladi. Guruh a’zolari 
o‘zlarini «ijtimoiy» himoyalangan hisoblaydilar va shu yo‘l bilan 
uyushgan guruh a’zolariga nisbatan g‘amxo‘rlik qilinayotganligi ko‘rsa-
tiladi. Ushbu jamg‘arma ayrim uyushgan guruhlarda mavjud bo‘lmasligi 
mumkin.  


 160 
Guruhda jinoiy faoliyatni kasb qilib olgan shaxslarning mavjudligi. 
Ayrim uyushgan guruhlar tarkibida jinoiy faoliyat hayot tarziga aylangan 
shaxslar bo‘ladi. Ko‘p hollarda bunday shaxslar guruhga yo‘lboshchilik 
qiladi yoki guruhning «obro‘mandi» sanaladi. Bunday shaxslar ijtimoiy 
foydali mehnat bilan shug‘ullanmaydi. Ularni guruh jinoiy faoliyatda 
uddaburon «malakali kadr» sifatida va jinoiy guruhning boshqa a’zolariga 
o‘rnak qilib ko‘rsatish maqsadida saqlaydi. 
Guruhning o‘qotar qurollar bilan ta’minlanganligi. Uyushgan 
guruhlar doimiy ravishda katta foyda olish va guruhning barqarorligini 
ta’minlash, jinoyatlarni «muvaffaqiyatli» sodir etishga intiladi. Ko‘pchilik 
uyushgan guruhlar shu maqsadda o‘qotar qurollarni qo‘lga kiritadilar va 
jinoyatlarni sodir etishda bevosita undan foydalanadilar.  
Ijtimoiy nazoratni bartaraf etib, jinoiy faoliyatga sharoit yaratib 
beruvchi tizimning mavjudligi. Uyushgan guruhning mavjudligi va jinoiy 
faoliyat bilan shug‘ullanishida ushbu tizimning ahamiyati katta. Uni 
tashkil etuvchi shaxslar bevosita jinoyat sodir etishda qatnashmasalar ham 
jinoyat sodir etilishiga sharoit yaratib beradilar. Masalan, ayrim davlat 
nazoratini olib boruvchi mansabdor shaxslar jinoiy guruh faoliyatiga, 
ma’lum sabablarga ko‘ra, to‘sqinlik qilmaydilar va buning natijasida 
davlat hamda fuqarolarga jiddiy moddiy va ma’naviy zarar yetkaziladi.  
Uyushgan jinoyatchilikning asosiy belgilari: 
1) turg‘unligi va reja bilan ish qilishi; 
2) yuqori tashkilotchiligi va lider yadrosining borligi; 
3) qo‘lga tushmaslik uchun niqoblanishning mavjudligi; 
4) katta pulga egaligi
5) chuqur konspirativ xarakterga ega ekanligi; 
6) ta’sir doirasining kengligi; 
7) faoliyatini yangilab borishi (tajriba asosida); 
8) jamiyatga qarshi g‘oyasining aniqligi. 
 Aniq  vazifalarning  taqsimlanishi, guruhlardagi iyerarxiyalashgan 
tizimning ichki jipsligi asosida manfaatlar yotadi. Qattiq tartib, 
topshiriqlarni so‘zsiz bajarish, faoliyatni o‘z qonun-qoidalari asosida olib 
borish, sukut saqlash guruh uchun muhim rol o‘ynaydi. Mana shu 
tartibdan qaysidir bandi buzilsa, guruh a’zosi qattiq jazolanadi, og‘ir 
jismoniy jazo belgilanadi. 
Guruh a’zolari qo‘lga tushmaslik uchun niqoblanadilar. Bunda 
organ xodimlarini shantaj qilish, sotib olish va ularning rejalarini 
oldindan (razvedka qilib) bilish va kerakli choralarni ko‘rish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 


 161 
Davlat apparatidagi mansabdor shaxslarning organ xodimlari bilan 
bog‘liqligi, organ xodimlarining jinoyat olami bilan bog‘liqligi ularning 
ishini yengillashtiradi, ular orqali jinoyat olamiga kirib borishadi. Agar 
korrupsiya bilan ish bitmasa, mansabdor shaxslarni diskriminatsiya 
(kamsitadi, bolalarini o‘g‘irlaydi) qilish, ularni boshqa shaxslar bilan 
almashtirishga harakat qiladilar. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish