162
faoliyat bilan shug‘ullangandagina mavjud bo‘ladi. Jinoyat kodeksida
berilgan ta’rifda ham guruhning faqat jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangan
vaqtda uyushgan bo‘lishi e’tirof etilgan.
Amaliyotdagi jinoiy ishlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ko‘p
hollarda bevosita jinoyat sodir etgan shaxslarning harakatlarini kvalifi-
katsiya qilishda huquqni muhofaza qilish xodimlari guruhni uyushgan deb
baholaganlar, ammo qaysi belgilariga qarab bunday xulosaga kelganlik-
larini bayon qilmaganlar.
Demak, jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida barqaror
yo‘sinda birlashgan va norasmiy qoidalarga rioya qilib, tashkiliy tarzda
jinoyat sodir etuvchi hamda yagona yo‘lboshchiga bo‘ysunuvchi
guruh
uyushgan deb hisoblanadi.
Jinoiy tashkilot – funksional-iyerarxik ko‘rinishga ega bo‘lgan, guruh
ichida tabaqalashgan – rahbar, ijrochilarning turli guruhlari (qo‘riqchilar,
aloqachilar, kassa saqlovchilar, nazoratchilar va boshqalar), yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan razvedka va kontrrazvedka, hokimiyat tuzilmalaridagi o‘z
odamlariga, juda katta moddiy bazaga ega bo‘lgan, nihoyatda uyushgan
jinoiy guruh.
Jinoiy tashkilot quyidagi yo‘llar bilan faoliyat ko‘rsatadi:
– jinoiy faoliyatning foydali yo‘nalishlari va barbod bo‘lishining
imkoniyatdagi yo‘llariga oid zarur ma’lumotlarni doimiy to‘plash.
To‘planadigan ma’lumotlar bashorat (prognoz) yo‘nalishiga ega bo‘ladi.
Jinoiy faoliyatni rejalashtirishda bashorat (prognoz) qilish o‘zini o‘zi
tashkil qilish xususiyatiga ega, ya’ni jinoyatchilar
uni albatta amalga
oshirish yo‘nalishida harakat qiladilar. Ushbu faoliyatning barbod bo‘lish
imkoniyatlarini bashoratlash (prognozlash)da uni «o‘zini o‘zi buzuvchi»
deb ifodalash mumkin: u uyushma yoki uning tegishli bo‘linmasi
faoliyatini ehtimol tutilgan prognoz amalga oshmasligiga yo‘naltiradi;
– huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat organlarini
zararsizlantirish va doimiy ravishda korrupsiyalashtirish yo‘li bilan.
Korrupsiyalashgan mansabdor shaxslar jinoiy tashkilotni zarur ma’lu-
motlar hamda kadrlarga oid masalalarni hal qilishda, jinoiy faoliyatning
foydali yo‘nalishlarini aniqlashda va o‘zini himoya qilishni tashkil etishda
haqiqiy yordam bilan ta’minlaydilar;
– o‘z harakatlariga tashqaridan qaraganda qonuniy tus berish
maqsadida mamlakatda amal qilayotgan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy
institutlar va shart-sharoitlardan mohirlik bilan foydalanish;
– qo‘rquv hamda o‘zining qudrati haqida mish-mishlar tarqatish. Bu
jinoiy guruhga ko‘p foyda
keltiradi, mish-mishlar va qo‘rquv guvohlar va
163
jabrlanuvchilarni tushkunlikka tushiradi. Ular jinoyatchilarning jazolashi-
dan qo‘rqadilar va huquqni muhofaza qilish organlarining himoya qila
olishiga ishonmaydilar;
– jinoiy faoliyatni boshqarishning rahbarlarni muayyan qilmishlarni
bevosita tashkil qilish va ularning sodir etilishida ishtirok etish
zarurati-
dan xalos etadigan tuzilmasini tashkil qilish. Bu tariqa ular jinoiy
javobgarlikdan qutulib qoladilar. Jinoiy uyushma boshqa shaxslar yoki
guruhchalarni jinoiy javobgarlikka tortish orqali o‘zini saqlab qoladi,
o‘ziga sodiq odamlarga zarur yordamni ta’minlaydi;
– g‘arazli maqsadlarga erishish hamda muayyan bir soha yoki
qaysidir bir
hududda nazoratni, hokimiyatni qo‘lga olishdan iborat
yetakchi va ustun motivlarga ega bo‘lgan holda turli jinoyatlarni sodir
etish.
Uyushgan jinoyatchilik ijtimoiy institutlar faoliyatining mexanizmi
hisobiga yashovchi jinoiy tuzilma hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: