A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Uyushgan jinoiy guruhga iyerarxik tuzilish, guruhda vazifalarning 
funksional taqsimlanishi, barqaror jinoiy jipslik, qat’iy yagona boshchilik
jinoiy submadaniyatga egalik xosdir. Bunday guruhda jinoiy «hunar» 
puxta rejalashtiriladi, keng tarmoq otgan guruhlararo aloqalar mavjud, 
axborot xizmati, jinoyat izlarini yashirish, niqoblash va yo‘q qilish yo‘lga 
qo‘yilgan. Bunday jinoiy guruh tarkibida barqaror jinoiy-kasbiy 
malakalarga ega bo‘lgan professional jinoyatchilardan iborat birlamchi 
guruh (guruh yadrosi) ajralib turadi. Bunday guruhlar nisbatan mustaqil 
bo‘lib, odatda korrupsiyalashgan aloqalarga ega bo‘lmaydilar. Ular 
doimiy daromad keltiradigan maskanlar va doimiy nazorat qilinadigan 
hududlarga ega bo‘lmaydi. Biroq ularning jinoiy faoliyati yuqori 
darajadagi professionalizmi, guruhiy jipsligi, shafqatsizligi bilan ajralib 
turadi (bandalar, shaykalar). Bular odatda an’anaviy jinoiy guruhlar deb 
ataladi. 
Bunday guruhlarning asosiy qismini «janggarilar» – jismonan 
baquvvat, shafqatsiz va guruh boshlig‘iga sadoqatli odamlar tashkil 
qiladi. Ular muayyan hududni nazorat qiladi (firibgarlik bilan 
shug‘ullanadi, tijorat tuzilmalariga «homiylik» qiladi, o‘lpon yig‘adi va 
dayuslik bilan shug‘ullanadi). 
Uyushgan jinoiy guruhlar ijtimoiy uyushgan birlik sifatida faoliyat 
ko‘rsatadilar, keng miqyosdagi ijtimoiy aloqalarga ega bo‘lgan umumiy 
(yagona) funksional-iyerarxiyalashgan tizimga birlashadilar, katta 
miqdordagi pulga ega bo‘lgan jamg‘armalar tashkil qiladilar, huquqni 
muhofaza qilish organlarini korrupsiyaga tortish orqali o‘z xavfsizligini 
ta’minlaydilar. Ularning jinoiy faoliyati ko‘p hollarda legal (qonuniy) 
tashkilotlarning faoliyati bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Jinoiy sindikatlar 
xayriya ishlarini amalga oshirish, siyosiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali 
o‘zining obro‘sini mustahkamlashga harakat qiladilar. 
Jinoiy guruhni uyushgan deb atash uchun asosiy mezon tariqasida 
quyidagi belgilarni hisobga olish lozim:  
– guruhning barqarorligi;  
– tashkilotchining bo‘lishi;  
– bir necha jinoyat sodir etish maqsadida tuzilganligi;  


 159 
– jinoyatni amalga oshirish rejasi va yo‘l-yo‘rig‘i ishlanganligi;  
– har bir ishtirokchi o‘rtasida vazifalar taqsimlanganligi;  
– texnika bilan ta’minlanganligi;  
– jinoyatni yashirish choralari ko‘rilganligi;  
– umumiy intizomga va jinoiy guruh tashkilotchisining ko‘rsatma-
lariga itoat qilinishi va shu kabilar. 
Uyushgan guruhning yana bir necha qo‘shimcha belgilari mavjud 
bo‘lib, ular fakultativ belgilar deb yuritiladi. Bu belgilarning mavjudligi 
guruhning ijtimoiy xavfliligini oshiradi, ammo ishtirokchilikni shakllarga 
ajratishga ta’sir etmaydi. Bularga quyidagilar kiradi:  
Guruhning texnik vositalar bilan ta’minlanganligi. Sud amaliyoti 
xodimlari ishini yengillashtirish maqsadida bu belgini biz fakultativ 
belgilar qatoriga qo‘shdik. Chunki guruhning jinoiy faoliyat bilan 
shug‘ullanishi uchun texnika kerak bo‘lmasligi mumkin, masalan, 
buyurtma orqali odam o‘ldirish jinoyatini bajaruvchi uyushgan guruhlar-
ning jinoiy faoliyati uchun faqat o‘qotar qurol kerak va ular boshqa 
texnika sotib olmasligi mumkin. Texnika bilan ta’minlanganlik deganda, 
guruhning faoliyat yuritishda texnikadan, masalan, avtotransport vositasi, 
ovoz eshitish, suratga olish, video va boshqa apparatlar, turli ratsiyalar va 
boshqa shunga o‘xshash vositalardan keng foydalanishini tushunish 
kerak.  
Vazifalarning taqsimlanganligi. Bu uyushgan guruhning yana bir 
fakultativ belgisi hisoblanadi. Guruh a’zolari belgilangan vazifalarni 
bajaradi, ammo ayrim hollarda vazifalar aniq belgilanmaydi va guruh 
a’zosi keyingi jinoyatni sodir etishda qaysi vazifani bajarishini bilmaydi
jinoiy faoliyat davomida u bir vazifani bajarishdan ikkinchi vazifani 
bajarishga o‘tkazilishi yoki bevosita jinoyat sodir etish vaqtida vazifasi 
aniq bo‘lishi mumkin. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish