A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

Jinoiy uyushmalar jinoiy guruhlarning eng xavfli turi bo‘lib, jinoiy 
maqsadlari yo‘lida guruhiy uyushganlikning ijtimoiy-psixologik mexa-
nizmlaridan – ijtimoiy nazorat vositasining guruhiy normalari, guruh 
ichidagi funksional tabaqalashuv va iyerarxiyadan, rasmiy tuzilmalar 
bilan qo‘shilib ketishdan, korrupsiyaga berilgan davlat, ma’muriy va 
huquqni muhofaza qilish organlarining himoyasidan foydalanadilar. 
Uyushgan jinoyatchilikning tarqalishi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy beqarorligi bilan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksining 29-moddasi 5-qismida «Ikki va undan ortiq uyushgan 
guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun oldindan birlashishi 
jinoiy uyushma deb topiladi»
1
, deb ko‘rsatilgan.   
Uyushgan jinoyatchilikni ajratib turuvchi jihat uning jamiyat 
«tanasiga» – davlatning ma’muriy boshqaruv apparatiga, hokimiyatning 
eng yuqori pog‘onalarigacha kirib olganligidir. Bu esa uning ijtimoiy 
xavfliligini kuchaytiradi, ya’ni davlat boshqaruvining negizlariga zarar 
keltiradi, ommaviy huquqiy ongga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, huquqiy 
davlatning, madaniy iqtisodiy munosabatlarning amal qilish imkoniyatiga 
putur yetkazadi. 
Jinoiy uyushmalar boshliqlari salobatli turmush tarzi kechirib, rasmiy 
elita guruhlari tarkibiga kiradilar. 
Quyidagilarni jinoiy uyushmaning asosiy belgilari deb hisoblash 
mumkin:  
                                         
1
 Qarang: Ўзбекистон Республикасининг  Жиноят кодекси –Т., 2008. –14-б. 
 


 164 
– tarkibida ikki va undan ortiq uyushgan guruhlarning mavjudligi;  
– uyushgan guruhning hamkorlikda jinoiy faoliyat bilan shug‘ul-
lanishi; 
– uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun 
oldindan birlashishi; 
– jinoyatchilik olamida yagona yo‘lboshchining boshqarishi va uning 
atrofida jinoyatchilik dunyosida nom chiqargan «obro‘mand» shaxslar-
ning to‘planishi;  
– umumiy pul fondi («obщak»)ning mavjudligi;  
– uyushmada norasmiy tartib-qoidalarning mavjudligi;  
– «jazo» guruhi yoki «shaxsiy soqchilar»ning mavjudligi;  
– jinoiy faoliyatning maxfiy tarzda tashkil qilinishi;  
– jinoyatlarni sodir qilishda o‘ta uyushqoqlik bilan harakat qilish, 
ya’ni jinoiy rejani puxta tayyorlash, texnika vositalaridan to‘la foydala-
nish, jinoyat izlarini yashirish choralarining ko‘rilishi va boshqalar;  
– «himoya» guruhining tashkil qilinganligi;  
– o‘qotar qurollarning mavjudligi;  
– jinoiy mafkurani targ‘ib qilish;  
– guruh a’zolarining barqaror yo‘sinda birlashganligi;  
– jinoyatchilik dunyosida yakkahokimlik qilishga qaratilgan hara-
katlar.  
Jinoiy uyushmaning qo‘shimcha belgilariga quyidagilar kiradi:  
–  jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadni qonuniylashtirish;  
– ozodlikdan mahrum qilish joylarida uyushmaning «filial»larini 
tashkil qilish va boshqalar.  
Yuqori darajadagi jinoiy uyushmalar o‘z tashkilotining tarmoq otgan 
tuzilishga egaligi bilan ajralib turadi. Ular boshqaruvning murakkab 
iyerarxik tizimiga, barqaror, daromad keltiruvchi mulkka (bank 
hisobvaraqlari, ko‘chmas mulkka), rasmiy himoyaga (ro‘yxatdan o‘tgan 
korxona, jamg‘armalar, do‘konlar, restoranlar, kazinoga) egadirlar. 
Bu guruhlar ba’zan bir necha ming kishidan tashkil topadi, jamoa 
bo‘lib boshqaruvchi markazlarga, katta ijtimoiy guruhlar tipidagi barqaror 
tashkilotga, maxsus rejalashtirish va nazorat, axborot xizmatlariga, 
mintaqalararo aloqalarga, hokimiyatning korrupsiyaga berilgan tuzilma-
lari bilan o‘zaro aloqa ta’minotiga, huquqni muhofaza qilish va sud 
organlariga ega bo‘ladi. 
Ular juda katta ta’sir zonalariga, ko‘plab mintaqaviy va «tarmoq» 
tuzilmalariga ega bo‘ladilar (qimor biznesi, fohishalikni nazorat qilish, 


 165 
jinoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadilar), korrupsiyalashgan 
rasmiy idoralarda ildizlariga ega bo‘ladilar. 
Ushbu guruhlar motivlarining yo‘nalishiga ko‘ra g‘arazli yo‘nalishga 
ega bo‘ladilar. Ularning asosiy maqsadlari – qonunga xilof yo‘l bilan 
katta foyda olish. Zo‘rlik ishlatib amalga oshiriladigan jinoyatlarni ular 
g‘arazli maqsadlariga erishish, kapital to‘plash uchun sodir etadilar. 
Ularning nihoyatda katta daromadlari xorijiy banklardagi hisobvaraqlarda 
turadi, mamlakatdagi va xorijdagi katta ko‘chmas mulkka investitsiya 
qilinadi. 
Jinoiy uyushma jamiyat farovonligiga asosiy xavfdir. U o‘sib 
kelayotgan avlodning ijtimoiylashuviga tahdid soladi, jamiyat negizlari va 
iqtisodiyotiga putur, tadbirkorlik va kredit-bank tizimiga zarar yetkazadi. 
U milliy daromadni stixiyali tarzda jinoiy uyushgan holda qayta 
taqsimlaydi, qonuniy iqtisodiy tuzilmalarga ulkan moddiy zarar yetka-
zadi. 
Jinoiy uyushma jinoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan quyidagi g‘ayriijti-
moiy funksiyalarni shakllantiradi: 
– jinoiy uyushma faoliyatining strategiya va taktikasini ishlab 
chiqish; 
– jinoiy mafkurani targ‘ib qilish va tarqatish; 
– 
xavfsizlikni ta’minlash, «elita»ni qo‘riqlash, uning yuksak 
obro‘siga ko‘maklashish; 
– jinoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan razvedka
– jinoiy yo‘l bilan topilgan boyliklarni legallashtirish; 
– uyushma a’zolarining individual talablari va manfaatlari amalga 
oshishiga ko‘maklashish. 
Jinoiy uyushma asosiy e’tiborini xavfsizlikni ta’minlash, jinoiy 
tashkilotning fosh etilishiga to‘sqinlik qiluvchi sharoitlarni yaratish, 
ijrochilarni qonuniy (legal) himoya vositalari bilan ta’minlashga qaratadi. 
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish