A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev


 Jinoiy guruhlarda yetakchilik (liderlik) va uning



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

8.3. Jinoiy guruhlarda yetakchilik (liderlik) va uning  
psixologik tavsifi 
 
Jinoiy guruhning rivojlanishidagi muayyan bosqichda uning ichki 
tuzilishida yetakchi siymosi paydo bo‘ladi. U odatda guruh tashkilotchisi 
va rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Guruh yetakchisi paydo bo‘lishi 
bilan guruh uyushadi va jipslashib qoladi, uning faoliyati jadallashadi, 
maqsadga qaratilgan xususiyatga ega bo‘ladi va borgan sari ijtimoiy 
xavfli tus ola boshlaydi. Ichki psixologik tuzilish bilan bir vaqtda jinoiy 


 166 
guruhning funksional tuzilishi ham tashkil topadi. Har bir yangi jinoyat 
guruh ishtirokchilarining vazifalarini yanada aniqroq belgilab beradi: 
ayrimlar qilmishni bevosita bajaradi, boshqalar jinoyat obyektini qidirib 
topadi, yana boshqalari o‘g‘irlangan narsalarning o‘tkazilishini ta’min-
laydilar va hokazo. Funksional tuzilish jinoiy guruhning shaxsiy tarkibi, 
sodir etilayotgan jinoyatning turi, tajovuz obyekti va boshqa omillar bilan 
bog‘liq bo‘ladi. 
Yetakchilik qobiliyati va atrofdagilarni boshqarish mahorati yetak-
chining qayg‘udosh bo‘lish subyektiv imkoniyatlarini jiddiy ravishda 
cheklovchi yoki bunga to‘sqinlik qiluvchi hissiy sovuqqonlik bilan 
ta’minlanadi. Ayni vaqtda bu jihat atrofdagilar bilan zarur ijtimoiy-
psixologik masofani saqlab turish, yuzaga kelayotgan vaziyatning barcha 
muhim jihatlarini inobatga olgan holda tahlil qilish hamda shu asosda 
oqilona qaror qabul qilishga imkon beradi. Yetakchilarning ushbu 
guruhlari o‘rtasida raqobat, yashirin dushmanlik mavjud, ammo maqsad-
lar va unga erishish yo‘llari umumiyligi sababli ular hamkorlik qiladilar. 
«Yetakchi» ko‘pincha sudlanmagan, juda aqlli, ma’lumotli, tashkilot-
chilik qobiliyatiga, maslahatchilar sifatida esa «obro‘mandlar» va hatto 
«qonundagi o‘g‘rilar»dan iborat tajribali professional jinoyatchilarga ega 
bo‘ladi
1

Jinoiy guruhlar Yetakchilari qo‘l ostidagilar ustidan ruhiy hoki-
miyatga egadirlar. Uyushgan jinoiy guruhlar yuzaga kelishi va mavjudli-
gining o‘zi ana shu hodisaga asoslanadi. Psixologiyada «hokimiyat» 
tushunchasining shunday ta’rifi mavjud: individ o‘zini o‘rab turgan 
dunyoga ta’sir ko‘rsatib hosil qiladigan har bir samara (effekt) uning 
qobiliyat, kuch, bilimdonlik sifatida tushuniladigan hokimiyati bilan 
bog‘liqdir. Hokimiyatning manbalari – hokimiyatni qo‘llayotgan subyekt 
boshqa birovning tegishli motivlari qondirilishini ta’minlashiga, ushbu 
qondirilishning ushlab turilishi yoki oldi olinishiga yordam beradigan 
vositalardir. Mavjud tasniflardan biriga ko‘ra hokimiyatning oltita 
imkoniyatdagi manbai ajratiladi
2

Jinoiy guruh tashkilotchilari uning a’zolari o‘rtasida yetakchiligini 
saqlab qolish uchun foydalaniladigan hokimiyat manbalarini ko‘rib 
chiqamiz. 
                                         
1
 Qarang: Гуров  А.  Организованная  преступность:  не  миф,  а  реальность.         
– М., 1992. – С. 23.
 
2
 Qarang: Хекхаузен  Х.  Мотивация  и  деятельность. – М., 1986. – С. 354–
362; Политическая психология. – СПб., 1992. – С. 7.
 


 167 
 Mukofotlash  hokimiyati. Uning kuchi guruh talablari hokimiyat 
obyektlari (jinoiy guruh a’zolari)ning umidlarini qanchalik qondirishiga, 
shuningdek yetakchi bunday qondirishni guruh a’zosining o‘zi uchun 
istalgan xatti-harakatiga bog‘lab qo‘yishiga bog‘liq. Aslida jinoiy guruh 
a’zosining g‘arazli motivlari faqat yetakchi qo‘ygan vazifalar benuqson 
bajarilgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Ushbu hokimiyat 
kutiladigan mukofot miqdori bilan birga oshib boradi. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish