A. D. Kayumov gruntshunoslik


-rasm. Dengiz gilli jinslaridagi qum, chang va yaproqsimon gil zarralari



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/147
Sana30.06.2021
Hajmi8,96 Mb.
#105332
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   147
Bog'liq
gruntshunoslik

1.2-rasm. Dengiz gilli jinslaridagi qum, chang va yaproqsimon gil zarralari: 
turbulent mikrostruktura. 
 
Jins  hosil  qiluvchi  gilli  minerallarga  quyidagilar  kiradi:  kaolinit, 
montmorillonit, gidroslyuda. 
Grunt  tarkibida  ko„pincha  organik  (1.3-rasm)  moddalar  ham  uchraydi. 
Cho„kindi  tog„  jinslarida  bir  yerga  yeg„ilgan  shakl  sifatida  (torfyaniklar,  ko„mir 
qatlami, slaneslar) yoki sochilgan holatda bo„ladi.  


25
 
 
 
 
1.3-rasm. Paleogen argillitli mineral zarraning yuzasidagi bakteriyalar. 
 
 
Organik  moddalarga  boy  bo„lgan  gruntlar  platformali  fatsiyalarga  va  tog„ 
oldi egilmalarida rivojlanishi tugayotgan fatsiyalarga xosdir. Ular asosan kam suvli 
qo„ltiqlar, lagunalar, limanlar, qayirlar, botqoqliklar, ko„llarda va boshqalarda keng 
tarqalgan. 
Organik moddalar, ayniqsa uning eng ko„p chirigan (gelifitsirlangan) qismi - 
gumus uchun gidrofillik, yuqori suv sig„imi, yuqori plastiklik, kam suv o„tkazish, 
kuchli siqilish va boshqalar tavsiflidir. 
Grunt  tarkibida  bo„lgan  organik  moddalarning  hamma  turlari,  qachonlardir 
yashagan  organizmlarning  buzilishidan  qolgan  mahsulotlar  qoldig„i  hisoblanadi. 
Ularning bir xillari cho„kindiga uning yig„ilish davrida tushganlar, boshqalari jins 
shakllangandan  so„ng  kirib  kelganlar.  Organik  qoldiqlarning  chirishi  ular 
yotqizilgandan  so„ng  amalda  mikrobiologik  jarayonlarda  ishqorlanishi  hisobiga 
boshlanadi.  Birinchi  galda  organizmlar  bilan  yengil  o„zlashtiriladigan  tirik  va 
o„simlik  to„qimalari,  uglevodlar,  oqsillar,  yog„larning  bir  qismi;  so„ng 
mikrobiologik  va  kimyoviy  chirishga  eng  turg„un  mo„mlar  va  ligninlar  chiriydi. 
Organik  qoldiqlarning  chirishi  va  sintezi  jarayonlari  natijasida  yengil 
gidrolizlashadigan past molekulyar birikmalar, bitumlar va gumin moddalari hosil 
bo„ladi va yeg„ila boshlaydi.  
Organik  moddalarning  zichligi  1,25-1,80  g/sm
3
  dan  oshmaydi,  ularning 
issiqlik sig„imi gillarga nisbatan ikki marotaba ko„pdir. 
Organik moddalarni gruntda tarqalishi bo„yicha uchta guruhga ajratish 


26
 
 
mumkin: sochilgan, lokal va regional. 
Gruntda  sochilgan  organik  moddalar  yuqa  fraksiya,  zarrachalar  yuzasida 
«plyonka» yoki «ko„ylak» holida, umuman olganda grunt qatlamida taxminan bir 
tekis  tarqalgan  bo„ladi.  Tog„  oldi  rivojlanishi  to„xtagan  platformali  fatsiya  va 
fatsiyalarda,  kichik  suv  havzalari  yotqiziqlarida,  laguna,  liman,  stares,  botqoqlik, 
ko„llar va boshqalarda sochilgan organik moddalar keng tarqalgan bo„ladi.  
Lokal tarqalgan organik moddalar ma‟lum fatsiyalar (masalan, qari yotqiziq, 
botqoqlik  va  boshqalar)da  bo„ladi  va  gruntlarda  organizmlarni  bir  yerga  lokal 
yig„adi. Organik moddalarning lokal tarqalishiga – ko„mir qatlamlari, il qatlamlari, 
torflar  misol  bo„ladi.  Organiklarning  lokal  tarqalgan  joylari  –  texnogen  gruntlar 
(ahlatxonalar, suv havzalari cho„kindisi, madaniy qatlamlar) bo„lishi mumkin. 
Organik  moddalarning  regional  tarqalishi  qaysidir  geologik  davrlarda  tirik 
organizmlarning  ko„milishi  yuz  bergan  ma‟lum  regionlarda  bo„ladi.  Misol  uchun 
torfli  gruntlarga  boy  hududlarda  G„arbiy  Sibirning  markaziy  va  shimoliy 
botqoqliklarini  keltirish  mumkin.  Bundan  tashqari  organik  moddalarning  regional 
tarqalishini tropik iqlimli hududlarning hozirgi yotqiziqlarida kuzatiladi. 
David George Priceni  fikricha [2] tuproqlar tarkibida sabzavot va hayvonot 
olamining kam miqdorda bo„lsa ham qoldig„i uchraydi va u tuproqning xossasiga 
kuchli  ta‟sir  qilishi  mumkin.  Masalan  kolloidli  organik  moddaning  gilda  kam 
miqdorda  bo„lishi  uning  plastiklik  chegarasini  oshirib,  siqiluvchan  qilib  qo„yadi. 
Organik moddalar tarkibidagi sementni boshqarishni qiyinlashtiradi.  
Manfiy haroratda gruntdagi bug„li namlik kristallashadi va muzga aylanadi. 
Hosil bo„lgan muz muzlagan gruntning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. 
Muz  –  o„ziga  xos  bo„lgan  mineral  bo„lib,  avval  ko„rib  o„tilgan  mineral  va 
organik  birikmalardan  o„zining  tarkibi,  tuzilishi  va  xossasi  bilan  sezilarli 
farqlanadi.  Odatiy  termodinamik  sharoitda  (harorat  0
o
C  dan  kam  bo„lgan  va 
atmosfera bosimida) muz geksagonal strukturaga ega. Bunday strukturada suvning 
oltita  molekulasi  o„qi  bo„yicha  o„lchami  b=0,9Å  bo„lgan  to„g„ri  geksogonal 
yacheyka  hosil  qiladi.  Suv  molekulasi  ichidagi  kislorod  va  vodorodning  o„zaro 
bog„liqli - 40% ionli va 60% vodorodli bo„ladi. Suv molekulasi ichidagi vodorod-


27
 
 
kislorodning  o„zaro  va  ikki  qo„shni  molekula  orasidagi  masofasi,  mos  ravishda 
1,00 va 1,76Å ga teng. Muz strukturasidagi vodorod bog„liqlikning energiyasi 18,8 
kDj/molni  tashkil  qiladi.  Muzning  zichligi  suv  zichligidan  o„rtacha  9%  kam  va 
0,91  g/sm
3
  (0
o
C  da)  ga  teng.  Muz  kristallari  uchun  aniq  bilinuvchi  plastik 
deformatsiya  xosdir.  Muz  yuqori  dielektrik  o„tkazuvchanlikka  ega  bo„lib,  uning 
qiymati suvga nisbatan 20-30% ko„p bo„ladi. 
 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish