a)
b)
v)
g)
1.7-rasm. Har xil genetik turdagi qum zarralarining mikrorelyefi shakli va
tavsifi: a – eolli, b – allyuvial, v – dengizli, g – dengiz-eolli stallokimyo xususiyati
bilan morfologiyasi o„rtasida juda yaqin bog„lanish mavjud bo„lishi kuzatiladi.
mustahkam va turg„un minerallar ko„proq dumaloq bo„ladi. Ayniqsa gilli
zarralarda minerallarning kristallkimyoviy xususiyati bilan morfologiyasi o„rtasida
juda yaqin bog„lanish mavjud bo„lishi kuzatiladi.
Zarralarning silliqlanish darajasi uning o„lchamiga ko„p jihatdan bog„liq.
O„lchami 0,02 mm dan kichik birlamchi va hamma gilli zarralar qayta ko„chirish
va yotqizish jarayonida og„irligi kam va yuzasida gidrat himoya qiluvchi plyonka
bo„lgani uchun qayta ishlanmaydi. Zarrachaning o„lchami va og„irligi oshgani sari
35
uning dumaloqlashishi ortadi.
Zarralar morfologiyasining o„zgarishi uni transportirovka va yotqizish
jarayonida yaqqol namoyon bo„ladi. Eol qumlarida, masalan, zarralarning
silliqlanishi doimo yaxshi kechadi, delyuvial va elyuvialda – yomon boradi. Suvli
muhitda hosil bo„lgan qumli jinslarning silliqlanish darajasi transportirovka qilish
masofasiga bog„liq va uning ortishi bilan oshadi.
Dispers gruntlarning granulometrik va mikroagregat tarkibi. Hamma
dispers tog„ jinslari bitta yoki ko„pincha bir nechta fraksiyalardan iborat bo„ladi
(1.8-rasm). Dispers jinslarda har xil fraksiyalarning miqdoriy nisbati ularni
granulometrik tarkibi bilan tavsiflanadi. Granulometrik tarkib, u yoki boshqa
birorta jinsda qanday o„lchamli zarra qancha miqdorda bo„lishini ko„rsatadi. U bir
qancha qo„llanmalarda keltirilgan maxsus usullar bilan aniqlanadi. Bunda har bir
fraksiyaning miqdori quritilgan namunaning og„irliga nisbatan foiz hisobida
ifodalanadi.
Jinslarning granulometrik tahlilini bajarishda avvalo undagi birlamchi
zarrachalarning miqdori, ya‟ni ayrim kristallar va tog„ jinslarining donalari
aniqlanadi. Ammo ko„pchilik gruntlarda, ayniqsa nozik disperslarda, birlamchi
zarralar bilan birgalikda bir nechta birlamchi agregatlarning birlashishi
(agregatsiya) natijasida hosil bo„lgan mikroagregat sifatida ikkilamchi deb
ataluvchi zarrachalar bo„ladi. Shuning uchun granulometrik tarkibni aniqlashda,
ikkilamchi zarralarni birlamchi zarralar qatoriga o„tkazish maqsadida jins
namunasini maxsus ishlovdan o„tkazish kerak.
Jinsda birlamchi zarralar bilan ikkilamchi zarralar hisobga olinganda, ya‟ni
uning tabiiy dispersligi aniqlanganda, jinsning ikkilamchi dispersligi to„g„risida
ma‟lumot bo„lishi kerak. Ikkilamchi jinsning tarkibi granulometrik bo„lmasdan
mikroagregat tarkibi bilan tavsiflanadi.
Qumli va yirik donali (unda nozikdispers to„ldiruvchilar bo„lmaganda)
jinslar uchun granulometrik va mikroagregat tarkibi (1.9-rasm) bir biriga yaqin
bo„ladi [5].
36
Do'stlaringiz bilan baham: |